Darvozashahar, qalʼa, saroy, qoʻrgʻon, hovli va b.ning kirish joyiga oʻrnatiladigan katta eshik, qopqa. Qadimda Oʻrta Osiyo shaharlarining atrofi qalʼaband mudofaa devorlari bilan oʻralgan boʻlib, bir nechtadan D.lari (mas, Toshkentning 12 ta, Buxoroning 11 ta, Xivaning 10 ta D.si.) boʻlgan. D.lar odatda archa, kayragʻoch daraxtlari yogʻochidan yasalib, usti temir hoshiya bilan qoplangan, turli zulfinlari badiiy naqshlar bilan bezatilgan. D.larning yuqori qismi koʻpincha panjarali boʻlgan.[1]

Darvoza

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil