Chop Suey!
„Chop Suey!“ (tarjimasi „chap-choy“) — AQShda tuzilgan „System of a Down“ xevi-metal guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Toxicity“ nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Tarona 2001-yilning avgustida singl oʻlaroq chiqarilgan. „Chop Suey!“ qoʻshigʻi „System of a Down“ repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, guruhning „tashrif qogʻozi“ oʻlaroq koʻriladi.
„Chop Suey!“ | ||||
---|---|---|---|---|
System of a Down singli | ||||
„Toxicity“ albomidan | ||||
B tomon | „Johnny“ | |||
Qachon chiqarilgan | 13-avgust 2001-yil[1] | |||
Yozib olingan | fevral 2001 – mart 2001 | |||
Studiya | Cello Studios, Gollivud, Kaliforniya, AQSh | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 3:30 | |||
Leybl | ||||
Matn muallif(lar)i | ||||
Prodyuser(lar) |
| |||
System of a Down singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Chop Suey!“ YouTubeda |
Qoʻshiq uchun guruh 2002-yil „Eng yaxshi metal ijro“ (inglizcha: Best Metal Performance) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan. „Loudwire“ nashri tuzgan „XXI asrning eng yaxshi xard-rok qoʻshiqlari“ roʻyxatida „Chop Suey!“ qoʻshigʻi birinchi oʻrinni egallagan. „Loudwire“ jurnali ham, „Kerrang!“ jurnali ham taronani „System of a Down“ guruhi ijro etgan eng yaxshi qoʻshiq deb topgan[5][6].
Qoʻshiq mualliflaridan biri hamda guruh aʼzosi Daron Malakian qoʻshiq odamlar qanday oʻlishiga qarab boshqalar ularga turli munosabatda boʻlishi haqida ekanligini aytgan[7]. Qoʻshiqdagi ayrim misralarni qoʻshiq hammualifi va guruh solisti Serj Tankian ashulaga prodyuserlik qilgan Rick Rubin kutubxonasidagi kitoblardan olgan[8].
„Chop Suey!“ qoʻshigʻi dastlab „Suicide“ (tarjimasi „suitsid“) deb nomlangan, ammo „Columbia Records“ guruhni qoʻshiq nomini oʻzgartirishga majburlagan[9][10]. Qoʻshiqqa xitoycha taom — chap-choy (inglizcha: chop suey) nomi berilishi soʻz oʻyinidir: „suey“ soʻzi „suicide“ soʻzi bilan tenglashtirilgan bo'lib, bu soʻzning yarmi „kesib tashlangan“ (inglizcha: chopped)[10]. Ammo guruh aʼzolari qoʻshiq nomi majburan oʻzgartirilmaganini, balki oʻzlari mustaqil ravishda oʻzgartirishganini aytishgan[10]. Albomga kiritilgan versiyada qoʻshiq boshida barabanchi John Dolmayan sanar ekan, Tankian „Suicide“ ashulasini ijro etyapmiz, deb aytganini eshitish mumkin.
Qoʻshiq uchun taniqli rejissyor Marcos Siega klip suratga olgan. Unda guruh aʼzolari koʻp sonli muxlislar oldida ijro etayotganini tasvirlangan. Kadrlarning birida Tankian chap-choy isteʼmol qilayotganini koʻrish mumkin. Bu qoʻshiq nomiga yagona ishoratdir. Klip YouTubeda bir milliard martadan koʻp koʻrilgan ilk metal janridagi klipdir.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Wiederhorn, Jonn „System Of A Down's Schizophrenia Aggravated On Toxicity“. MTV (13-avgust 2001-yil). — „The first single from Toxicity is "Chop Suey", which starts with a guitar strum and a tribal beat and segues to a serrated stop-start punk verse before drifting into an ethereal chorus colored by a bouzouki, a Greek stringed instrument.“. Qaraldi: 15-aprel 2015-yil.
- ↑ Evans, James „Crashing the Party“ (17-aprel 2013-yil). — „Not so long ago, I was frequenting an exclusive South Leamington cocktail bar. Compelled by housemates proffering a certain glowing green beverage, I was giving a passionate rendition of System of a Down’s alternative metal anthem, ‘Chop Suey’.“. 6-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „100 Best Albums of the 2000s“ (18-iyul 2011-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2017-yil.
- ↑ Chesler, Josh. „10 Nu-metal Songs That Actually Don't Suck“. Phoenix New Times (18-may 2015-yil). Qaraldi: 13-mart 2016-yil.
- ↑ Kaufman, Spencer „10 Best System of a Down Songs“. Loudwire (21-avgust 2012-yil). Qaraldi: 10-aprel 2022-yil.
- ↑ Law, Sam „The 20 greatest System Of A Down songs – ranked“. Kerrang (6-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 10-aprel 2022-yil.
- ↑ Rampton, Mike „A Deep Dive into System of a Down's Chop Suey! Video“. Kerrang! (1-iyun 2019-yil). 21-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-oktabr 2020-yil.
- ↑ Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „System of a Down: Reuniting the Band, “Protect the Land,” and Armenia | Apple Music“. YouTube.
- ↑ Kory Grow. „Rick Rubin: My Life in 21 Songs“. Rolling Stone (11-fevral 2016-yil). Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „System of a Down's Shavo Odadjian - Wikipedia: Fact or Fiction?“. YouTube.