Choriboy madrasasi — Qarshi madrasasi. Choriboy madrasasi Qarshining eng mashhur madrasalaridan biri hisoblanadi. Madrasa toʻgʻrisida XIX asrning soʻnggi choragiga oid ikkita hujjatda gap boradi. Qozi mulla Baqo xoja sudur oliy hukmdorga shunday murojaat qiladi: „Sohibim, bu bandayi ojiz hazrati oliy va janob hukmdorimizning muborak boshiga tasadduk, boʻlsin. Hoji Choriboy madrasasi mudarrisi mulla Jalol xoja hazratimning oliy marhamati va mehribonligi tufayli, Qarshi viloyatidagi Mir Bekkibiy madrasasi mudarrisligiga va muftiligiga sarafroz etildi. Uning oʻrni boʻsh qoldi. Agar janob hukmdorimizning oliy marhamati va mehribonligi ila Yusuf sayyod madrasasi mudarrisi hoji mulla Kamoliddin Mir Bekkibiy madrasasiga mudarris va mufti etib sarafroz etilgan mulla Jalol xojaning oʻrniga tayinlansa, janobi oliyni duo qilgay. Hoji Choriboy madrasasi maoshi yigirma besh mann gʻalladir[1]. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Hoji Choriboy madrasasi ham inqilobda omon qolganlar qatorida edi. 1923— 1924-yillardagi maʼlumotlarga qaraganda, vaqf yerlaridan yiliga 40 botmon gʻalla hosil olingan. 1925-yilda qizillar sarbozxonasiga aylantirilgan. Qizil askarlarning asosini ruslar tashkil etgan. Baʼzi kishilar hoji Choriboy madrasasi Abdullaxon madrasasining shimoli-gʻarbiy tomonida joylashgan deb taxmin qilishadi[2]. Madrasa Qoʻqondagi koʻhna inshootlardan biri hisoblanadi.

Madrasa
Choriboy madrasasi

Choriboy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan

Meʼmorchiligi

tahrir

Choriboy madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204-bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639-bet.