Chorsu bozori masjidi — Qarshi masjidi. Qarshi registoni va Chorsuning shimoliy hamda Abdullaxon madrasasining gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlgan. Masjid Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon davrida 1875—1876 yillarda bunyod etilgan. Rossiya imperiyasining bir guruh rasmiy davlat vakillari 1879-yili may oyida Qarshi tashrif buyuradi. Ulardan biri janob „I. M.“ uni: „Ikki-uch yil oldin qurilgan yangigina va juda ozoda masjid“, deb taʼriflagan. Masjidni boy savdogar pishiq gʻishtdan bunyod ettirgan. Chorsu bozori masjidi Qarshining mashhur masjidlaridan biri boʻlgan[1]. Ramazon oylarida masjidda Qur’on xatm qilingan. Masjid vaqf hujjatlari bilan bogʻliq qator maʼlumotlar saqlanib qolingan. Asosan hujjatlarda vaqf mulklaridan olingan daromad toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtilgan. Masjid uchun Razmoz qishlogʻida 33 tanob yer vaqf qilingan. Undan yiliga oʻrtacha 30 pud bugʻdoy hosili va 250 pud arpa olingan. Masjid haqida XIX asrning soʻnggi choragiga oid baʼzi hujjatlarda ham maʼlumotlar saqlanib qolgan. Hozir masjid saqlanib qolmagan. Masjid Qilichboy madrasasining roʻpara tarafida, Registonga yurilganda sal yuqoriroqda joylashgan boʻlgan. Madrasa Koʻhna Chorsu masjidi deb ham nomlangan. Chorsu bozori masjidi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Inshoot hozirgi kunda saqlanib masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid Chorsu bozori atrofida boʻlganligi sababli ham Chorsu bozori masjidi deb atalgan. Masjid shoʻrolar inqilobi yillarida buzilib ketgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204-bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639-bet.