Chris Hughes (talaffuzi: Kris Hyuz; 1983-yil 26-noyabrda tugʻilgan[2]) — amerikalik tadbirkor eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri boʻlgan Facebook ning asoschilaridan biri.

Chris Hughes
Tavalludi 26-noyabr 1983[1]
Fuqaroligi AQSh

Massachusetts shtatining Endover shahridagi Fillips Akademiyasi bitiruvchisi[3]. Harvard universitetida tahsil olgan. 2006-yilda tarix va adabiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan[4].

2004-yilda hali talaba boʻlgan Chris Hughes Mark Zuckerberg, Dustin Moskovitz va Eduardo Saverin bilan birgalikda keyinchalik dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebookka asos solishadi. Ammo 2007-yilda Hughes Barack Obamaning saylovoldi kompaniyasida ishtirok etish uchun loyihani tark etishga qaror qiladi. AQShda prezidentlik saylovlari paytida Chris Hughes Barack Obamaning veb-saytini ishlab chiqish va uning ijtimoiy-axborot kompaniyasini boshqarish bilan shugʻullangan[5].

2009-yilda saylovlar tugagandan soʻng u General Catalyst venchur investitsiya kompaniyasida faoliyat olib boradi[6][7].

U dunyoni oʻzgartirish uchun ish olib borayotgan shaxslar va tashkilotlar oʻrtasida biznes aloqalarni oʻrnatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish istagi ustuvor gʻoya hisoblangan Jumo startapiga asos solgan[8][9].

Chris Hughes oʻzining besoqolbozligini yashirmaydi[10]. 2011-yil yanvar oyida Nyu-Yorkda[11] nikoh tengligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan ziyofatda Chris va uning jufti Sean Eldridge unashtirilganliklarini eʼlon qilishgan va 2012-yil 30-iyunda ular turmush qurishgan[12][13].

Ijtimoiy tarmoq (2010) filmida Chris Hughes obrazini Patrick Mapel gavdalantirgan[14] .

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. „Chris Hughes profile“. CrunchBase. 2012-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-yanvar.
  3. McGirt, Ellen. {{{заглавие}}}.
  4. „Founder Bios“ (en). Facebook. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  5. „My Barack Obama“ (deadlink). Obama for America. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
  6. Schonfeld, Erick.. „After Facebook And The Obama Campaign, Chris Hughes Takes a Post At General Catalyst“. TechCrunch (2009-yil 17-mart). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  7. „Facebook Co-Founder Joins Venture Capital Firm“. Private Equity Hub (2009-yil 17-mart). 2011-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-avgust.
  8. McGirt, Ellen.. „Facebook Chris Hughes Jumo.com“ (2010-yil 18-mart).
  9. Wortham, Jenna.. „A Facebook Founder Begins a Social Network Focused on Charities“. The New York Times (2010-yil 30-noyabr).
  10. Kim, Ryan James.. Out on Facebook (2005-yil 25-oktyabr), s. 44.
  11. „A Place at the State Dinner Table“. The Advocate (2009-yil 24-noyabr). 2012-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-avgust.
  12. „Один из основателей сети Facebook помолвлен со своим возлюбленным“ (deadlink). 2011-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyun.
  13. „Forty Under 40“ (deadlink). The Advocate (май 2011). 2011-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-noyabr.
  14. Sparks, Hannah. „How Chris Hughes and Facebook co-founders were cast in 'Social Network'“ (en). New York Post (2019-yil 9-may).

Havolalar tahrir