Eduardo Saverin — (inglizcha: Eduardo Saverin; 1982-yil 5-martda Braziliyadagi San-Paulu shaharchasida tugʻilgan). U Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biridir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u 2011-yil 4-yanvar hisobi boʻyicha kompaniyaning aksiyalaridan 4 % ulushga ega. Hozirgi vaqtda Singapur shahrida istiqomat qilmoqda, fuqaroligi esa Braziliyada[1][2][3].

Eduardo Saverin
Eduardo Saverin
Tavalludi 19-mart 1982-yil (1982-03-19) (42 yosh)
Fuqaroligi Braziliya bayrogʻi Braziliya

Biografiyasi tahrir

Eduardo Saverin San-Pauluda (Braziliya) yahudiylar oilasida tugʻilib[4][5], Mayyamida (Florida) ulgʻaydi. Oʻrta taʼlimni Mayyamidagi Gulliver maktabida oldi va Garvard universitetida oʻqishini davom ettirdi. U 2006-yili unversitetni Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bitirdi[6][7].

Eduardo Mark Zuckerberg bilan birinchi bosqich talabasi boʻlgan paytda tanishdi. Ikkinchi bosqichda ular oʻzlarining ilk namunalarini yani — The Facebookni yaratdilar[8]. 2004-yili Eduardo Nyu-Yorkga amaliyot oʻtashga ketadi. Mark esa oʻzining ishlari bilan qoladi. Bu orada Zuckerberg Sean Parker va Peter Thiel bilan tanishadi, ular Facebookka oʻz investiyalarini kiritishadi.

2013-yilning 10-martida Eduardo Saverin Forbes jurnalining "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatda u 2.2 milliard dollar sarmoya bilan 5-oʻrinni egallaydi[8].

Hayoti tasvirlarda tahrir

2010-yilda yaratilgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida Saverinning Mark Zuckerberg bilan aloqalaridan tortib, to Saverin va Tsukerberg raqobatigacha tasvirlangan. Saverin rolini aktyor Andrew Harfield ijro etgan.

Manbalar tahrir

  1. Facebook revalued after investment, 2011-09-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-25
  2. Kucera, Danielle; Harper, Christine; Drucker, Jesse. „Facebook Co-Founder May Gain Choosing Singapore Over U.S.“. Bloomberg News (2012-yil 12-may). Qaraldi: 2012-yil 14-may. „Saverin still does hold Brazilian citizenship, Goodman said.“.
  3. „Saverin 'has no plans to become Sʼpore citizenʼ“. Today (2012-yil 17-may). 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-may.
  4. „The Social Network“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
  5. Zuckerberg: jovem, bilionário e… trapaceiro?, 2014-01-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-25
  6. Эдуардо Саверин (Eduardo Saverin). Facebook. Краткая биография[sayt ishlamaydi]
  7. «Страница Эдуардо Саверина на Forbes», Forbes.com
  8. 8,0 8,1 Топ-10 самых молодых миллиардеров по версии Forbes

Havolalar tahrir