Chuchxe gʻoyasi

Kim Ir Sen (1912-1994) tomonidan ishlab chiqilgan KXDR va koreys xalqining milliy gʻoyasi va mafkurasi — „Chuchxeʼ“ deb ataladi. Bu gʻoyaga koʻra Kim Ir Sen „Millat quyoshi“, „qudratli respublika marshali“, „insonyatning hurligi ustuni“, „XX asrning buyuk qahramoni“ „asr dohiysi“ deb ulugʻlanishi kerak. Bu gʻoyaning asosini esa „Oʻz kuchumizga tayanib, boshqa birovdan yordam olmasdan koreys diyorini jannatga va baxtli mamlakatga aylantiramiz“ maqsadi tashkil etadi.[1]

Mamlakatda dehqonlar va ishchilarni erkin xarakati taqiqlanib, odamlar ish va yashash joyini rahbaryatning ruxsatisiz oʻzgartirishi mumkin emas. Har bir odam koʻksiga Kim Ir Sen portereti chekilgan nishon taqib yurishi shart. „Kelajagi baxtli mamlakat“da tuzimga nisbatan muxolifatda boʻlish u yoqda tursin, behosdan aytib yuborilgan ozgina norozilik yoki „buyuk yurtparvar dohiy“ porteretini yoki koʻkrak nishonini ehtiyotsizlik bilan yerga tushirib yuborganlik uchun ham qamoqqa hukum qilinadi. Barcha tovarlar va non maxsus kartochkalar bilan beriladi. Xalq doimo qoʻrquv va ochlikda yashaydi. Ammo, „chuchxe“ning qoidalariga koʻra: "Inson uchun eng muhim narsa moddiy boylik emas, eng muhim va aziz narsa bu — „mamlakat quyoshi“ boʻlgan dohiy va uning oʻlmas gʻoya va mafkurasi — Chuchxe".

Manbalar

tahrir
  1. Chuchxe g'oyasi-Abdulatif Adhamov, 2014-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-11-25