Chukurova Universiteti (CU) Adana shahrida joylashgan davlat universitetidir. Universitet 20 ming gektar maydonda qurilgan. Shuningdek universitet talaba va xodimlarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy uslubda qurilgan va jihozlangan. Meryem Tuncel 2020-yil 14-avgustdan boshlab universitet rektori lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Chukurova Universiteti
Shiori Chukurova; Tinchlik, ishonch, muvaffaqiyat.
Asos solingan 1972-yil 12-aprel
Oʻquv yurti turi Davlat Universiteti
Rektori Prof. Dr. Meryem Tuncel[1]
Talabalari 54.737 (2020-yil holatiga ko'ra)
Fakultetlar 17 ta Fakultet
1 ta Davlat Konservatoriyasi
12 ta Kasb-hunar maktabi
3 ta Institut
25 ta Tadqiqot Markazi
Manzili Sarıçam, Adana, Turkiya
Vebsayti www.cu.edu.tr

Umumiy ma'lumot tahrir

Chukurova Universitetida 16 ta fakultet, 1 ta davlat konservatoriyasi, 13 ta kasb-hunar maktabi, 3 ta institut va 25 ta tadqiqot markazlari mavjud.

2012-yil holatiga koʻra Chukurova Universitetida 1900 nafar ilmiy hodim 45000 nafar talabaga ta’lim bergan. Universitetda professor-oʻqituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun zarur boʻlgan milliy va xalqaro nashrlarni oʻz ichiga olgan Chukurova Universiteti markaziy kutubxonasi mavjud.

Tarix tahrir

Universitetning poydevor qoʻyish marosimi 1971-yilning 5-yanvarida Bosh vazir Sulaymon Demirel va MHP rahbari Alparslan Turkesh ishtirokida boʻlib oʻtdi[3]. Dastlab universitet 2 ta fakultet bilan faoliytini boshlagan. 1992-yilga kelib Chukurova universitetida 6 ta fakultet, 11 ta kollej, 3 ta institut, 1 ta davlat konservatoriyasi va 22 ta tadqiqot markazi bor edi. 2009-yilda Jeyhan muhandislik fakulteti, 2012-yilda Farmatsevtika, Kozan biznes boshqaruvi va Jeyhan veterinariya fakultetlari tashkil etilgan.

Akademik birliklar tahrir

Fakultetlar

  • Jeyhan muhandislik fakulteti
  • Jeyhan veterinariya fakulteti
  • Stomatologiya fakulteti
  • Farmatsevtika fakulteti
  • Ta'lim fakulteti
  • San'at va fanlar fakulteti
  • Iqtisodiyot va ma'muriy fanlar
  • fakulteti
  • Ilohiyot fakulteti
  • Tasviriy san'at fakulteti
  • Huquq fakulteti
  • Kozan biznes boshqaruvi fakulteti
  • Muhandislik va arxitektura fakulteti
  • Sog'liqni saqlash fanlari fakulteti
  • Baliqchilik fakulteti
  • Tibbiyot fakulteti
  • Qishloq xoʻjaligi fakulteti

Institutlar

  • Fan va texnologiya instituti
  • Ijtimoiy fanlar instituti
  • Sogʻliqni saqlash fanlari instituti

Kasb-hunar maktablari

  • Adana kasb-hunar maktabi
  • Jeyhan kasb-hunar maktabi
  • Karaisali kasb-hunar maktabi
  • Kozan kasb-hunar maktabi
  • Pozanti kasb-hunar maktabi
  • Sogʻliqni saqlash xizmatlari kasb-hunar maktabi
  • Yumurtalik kasb-hunar maktabi
  • Texnika fanlari kasb-hunar maktabi
  • Tufanbeyli kasb-hunar bilim yurti
  • Feke kasb-hunar maktabi
  • Imogʻlu kasb-hunar maktabi
  • Aladag kasb-hunar maktabi

Balcali kampusi tahrir

Chukurova universitetining asosiy kampusi Balcali kampusidir. Kampusning nomi universitet tashkil etilishidan avval kampus hududida boʻlgan Balcali qishlogʻi nomida olingan. Kampusda boshqaruv va ta'lim boʻlinmalaridan tashqari laboratoriyalar, Balcali kasalxonasi, markaziy kutubxona , sport inshootlari, Fevzi Chakmak Talabalar yotoqxonasi, 5-yanvar talabalar yotoqxonasi, Chukurova talabalar yotoqxonasi, Toroslar talabalar yotoqxonasi, Adana talabalar yotoqxonasi va Mahmut Sami Ramazanogʻlu yotoqxonasi kabi yotoqxonalar mavjud.

Havolalar tahrir

Rasmi sayt

Manbalar tahrir

  1. Andoza:Haber kaynağı
  2. „Rektör - Çukurova Üniversitesi“ (Turk tilida). www.cu.edu.tr. 12-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  3. Millat Gazetasi Arxivi, 1971-yil 6-yanvardagi soni