Adana
Adana – Turkiyaning janubiy qismidagi shahar, Sayhon daryosi boʻyida joylashgan. Adana viloyatning maʼmuriy markazi. Aholisi 916 ming kishini tashkil qiladi (1990). Adanada yirik savdo, sanoat markazi, temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni mavjud. Universitet, toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash sanoati, oziq-ovqat sanoati, yogʻochsozlik, sement korxonalari, yirik tegirmon va qushxonalar bor. Mamlakatning eng muhim qishloq xoʻjaligi (paxtachilik) rayonlaridan birining markazi[1].
Adana | |
---|---|
Shahar | |
37°0′9.43″N 35°18′48.46″E / 37.0026194°N 35.3134611°E | |
Mamlakat | Turkiya |
Tumanlar | Yüreğir |
Hukumat | |
• Mer | Zeydan Karalar |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 6000-yil |
Maydon | 13,844 km2 (5,345 kv mi) |
Iqlim turi | O‘rta Yer dengizi iqlimi |
Rasmiy til(lar)i | turkcha |
Aholisi (2024) |
2,274,106 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2, yozda UTC+3 |
Telefon kodi | (+90) 322 |
Pochta indeks(lar)i | 01xxx |
Avtomobil kodi | 01 |
|
Adana Turkiyaning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Bu yerda yoshi ming yillar bilan oʻlchanadigan koʻplab diqqatga sazovor joylar mavjud. Adana Turkiyaning asosiy shaharlaridan ancha uzoqda – Istanbuldan 900 km va Anqaradan 470 km uzoqlikda joylashgan. Dengiz Adanadan 50 km uzoqlikda, ammo Seyhan daryosi shahardan oqib oʻtadi.
Adana bir vaqtlar klassik dunyoning eng muhim mintaqalaridan biri boʻlgan Kilikiyaning markazida joylashgan[2]. Olti million aholi istiqomat qiladigan Kilikiya, keng va unumdor Çukurova tekisligi tufayli, muhim qishloq xoʻjaligi hududiga aylangan.
XXI asrda Adana mintaqaviy savdo, sogʻliqni saqlash hamda davlat va xususiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha markazga aylangan.
Eng yaqin aeroport – Çukurova xalqaro aeroporti.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Mark, Joshua J.. "Cilicia Campestris". World History Encyclopedia. https://www.worldhistory.org/Cilicia_Campestris/.<!--->
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |