Kilikiya — Kichik Osiyo (hoz. Markaziy Turkiyaning jan.)dagi qad. viloyat. Kilikiya nomi dastlab ossuriy yozuvlarida uchraydi. Mil.av. 2-ming yilliklarda Kilikiya Xett podsholigi tarkibida edi. Mil. av. 12—6-asrlarda Kilikiya hududida bir nechta mustaqil davlatlar boʻlgan. Mil. av. 6-asr da Kilikiya Ahomaniylar davlati tarkibiga kirgan. Mil.av. 333-yilda uni Aleksandr bosib olgan. 297—190-yillarda Kilikiya Salavkiylar hukmronligi ostiga oʻtgan. Mil.av. 103-yilda Rim imperiyasi tomonidan istilo qilingan. Oʻrta asrlarda Kilikiya Vizantiya, arablar va saljuqiylar oʻrtasidagi kurash nishoni boʻlgan. 1080—1375-yillarda Kilikiya arman podsholigi tarkibida. 1515-yilda Kilikiya usmonli turklar tomonidan bosib olingan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil