Chumchuqlar (Passer) — toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziqlanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda TapKalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Ch. — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Ch.ga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.

Chumchuqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar