Chung-Ang universiteti
Chung-Ang universiteti (CAU) — Janubiy Koreyaning Seul shahridagi xususiy tadqiqot universitetidir . Universitet ikkita kampusga ega: Seulning Dongjak tumanida joylashgan asosiy kampus va Anseong provinsiyasida joylashgan qo‘shimcha kampus. 1916–yilda cherkov tomonidan boshqariladigan bolalar bogʻchasi sifatida tashkil etilgan CAU 1922-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun maktabga aylantirildi[1] va 1953–yilga kelib universitet maqomiga ega boʻldi[2]. Universitet 2018-yilda oʻzining yuz yillik yubileyini nisholladi. Chung-Ang universitetining ramzi - moviy ajdahodir. Bu CAUning muqaddasligi, hokimiyati, erkinligi va abadiy farovonligini ifodalaydi[3].
koreyscha: 경희대학교 | |
Shiori | Haqiqatda yasha,adolat uchun yasha |
---|---|
Turi | xususiy |
Asos solingan sanasi | 1918 |
Prezidenti | Yoon Suk-yeol |
Rektori | Sang-Gue Park |
Fakultetlar | 2,055 ta |
Talabalari | 21,847 |
Bakalavriat | 14,506 |
Magistratura | 7,341 |
Kampusi | Seoul va Anseong |
Veb-sayti |
cau.ac.kr neweng.cau.ac.kr |
Tarixi
tahrirChung-Ang universiteti 1918–yil aprel oyida Insa-dong, Jongno-gu, Seulda joylashgan Chung-Ang cherkoviga qoʻshimcha sifatida Chung-Ang bolalar bogʻchasini tashkil etish bilan boshlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida Koreya–Yaponiya munosabatlari yomonlashadi.Yapon kuchlarining bosimi ostida maktab yangi talabalarni qabul qila olmadi va 1944- yilda vaqtincha yopildi.Yaponiya magʻlubiyatga uchragab,Koreya ozod boʻlgach, 1945-yil 28-sentyabrda Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabining eshiklarini qayta ochdi va maktab shiori „Haqiqatda yasha, adolat uchun yasha“ deb belgilandi. Oʻsha yilning 1-oktyabrida Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabi Chung-Ang ayollar kasbiy maktabi nomi ostida qayta tashkil etildi.
Fakultetlar
tahrirMavjud fakultetga asoslangan tizim 2014- yilda funksional vitse-prezidentlik tizimiga almashtiriladi va har bir kollej dekan tomonidan boshqariladi. 2014-yil holatiga koʻra universitet tarkibida 12 ta kollej va 49 ta kafedra mavjud.
Reytingi
tahrirChung-Ang universiteti ( CAU ) 2020-yil Times Higher Education (THE) universitetlar reytingida ijtimoiy fanlar toifasida uchinchi va Koreya universitetlari orasida taʼlim boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi. JoongAng jurnali tomonidan 2019-yilgi Koreya universitetlari reytingiga ko'ra, CAU kino, drama va teatrshunoslik sohalarida birinchi oʻrinni egalladi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Chung-Ang as a Professional Education Institution Andoza:Pipe Chung-Ang University“. Neweng.cau.ac.kr. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- ↑ „Chung-Ang as a University Andoza:Pipe Chung-Ang University“. Neweng.cau.ac.kr. 2013-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- ↑ „상징 | 대학상징 | 대학소개 - 중앙대학교“.
- ↑ Overall ranking:2013年大學評估中, POSTECH時隔五年再次問鼎 (Chinese), Korea Joongang Daily Chinese version, 2017-10-07.
- ↑ Best film school in Korea (Wayback Machine saytida 2014-03-21 sanasida arxivlangan) (Chinese), Chung-Ang University official website.