Cigarettes After Sex – 2008-yilda Greg Gonzalez tomonidan El Pasoda tashkil etilgan AQSh dream pop guruhi. Guruh oʻzining mayin, romantik va tushga oʻxshash musiqiy uslubi, romantika va sevgi mavzulariga asoslangan qoʻshiq matnlari, shuningdek, „androgin“ deb taʼriflangan Gonzalezning ovozi bilan tanilgan[7]. Cigarettes After Sex ambient pop janrida ijod qiluvchi guruh sifatida tanilgan boʻlsa-da, shoegaze, slowcore va indie rock janrlarida ham ijod qiladi.

Cigarettes After Sex
„Cigarettes After Sex“ a'zosi Greg Gonsales 2017-yil iyul oyida Positivus Festivalda qilgan chiqishi
„Cigarettes After Sex“ a'zosi Greg Gonsales 2017-yil iyul oyida Positivus Festivalda qilgan chiqishi
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi El Paso, Texas, AQSh
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 2008 — hozirgi kungacha
Janr
Leybl
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Greg Leah
  • Steven Herrada
  • Emily Davis
  • Phillip Tubbs
Vebsayt cigarettesaftersex.com

Guruhning birinchi kengaytirilgan albomi „I.“ deb nomlangan va 2012-yilda chiqarilgan. Albomdagi „Nothing's Gonna Hurt You Baby“ qoʻshigʻi mashhur boʻlgan. 2015-yilda chiqarilgan „Affection“ singli keng omma tomonidan ijobiy qabul qilinadi. Guruh 2017-yilda „Cigarettes After Sex“ deb nomlangan oʻzining ilk studiyaviy albomini chiqaradi. 2019-yilda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi „Cry“ chiqarilgan. Cigarettes After Sex guruhining uchinchi albomi „X’s“ 2024-yil 12-iyulda chiqarilgan.

Tarixi

tahrir

Cigarettes After Sex guruhi Greg Gonzalez tomonidan 2008-yilda Texasning El Paso shahrida tuzilgan[8][9][7]. Gonzalez birinchi „I.“ nomli kengaytirilgan albomini oʻzi oʻqigan Texas El Paso universitetidagi zinapoyalarda yozib olgan va bu jarayonni „tasodifan, tajriba uchun“ deb atagan[7].

Greg Gonzalezning soʻzlariga koʻra, u bir muddat doʻstlik munosabatida boʻlgan va doʻsti bilan uchrashuvlaridan keyin sigaret chekishgan. Bir kechada esa guruh nomi uning hayoliga kelgan[10]. Harper's Bazaar India jurnalisti Mitali Shah bu nomni „oʻta jozibali“ deb hisoblaydi[11], Ambient Light Blogdagi Sarah Kidd esa „unutib boʻlmas nom“ deb taʼriflagan.

Greg Gonzalez Brooklynga koʻchib oʻtgach, 2015-yilda guruhning „Affection“ singli va REO Speedwagonning „Keep On Loving You“ qoʻshigʻining kaver versiyasini chiqargan[12][13].

YouTubedagi musiqiy tavsiyalar sababli Cigarettes After Sex guruhining mashhurligi oshib boradi. Bu esa Yevropa, Osiyo va Amerika Qoʻshma Shtatlarida jonli konsertlar tashkil etilishga sabab boʻlgan. Guruhning oʻz nomi bilan atalgan debyut studiyaviy albomi 2017-yil 9-iyunida chiqarilgan[14][7][15]. Keyinchalik „Nothing's Gonna Hurt You Baby“ qoʻshigʻi bir qator mashhur teleseriallarning epizodlarida, shu jumladan, „The Handmaid's Tale“ seriali birinchi mavsumining 7-qismida[16], „The Sinner“ serialining 7-qismida[17], „Wanderlust“ning birinchi mavsumining 1-qismida[18], „Shameless“ seriali sakkizinchi mavsumining 9-qismida[19] hamda „Elite“ seriali oltinchi mavsumining 8-qismida ishlatilgan[20]. 2021-yil yanvar oyiga kelib, bu qoʻshiq YouTubeda taxminan 102 million marta koʻrilgan[21].

2017-yil 11-iyulda guruh Rossiyadagi oʻzining ilk konsertini Moskvada joylashgan „Sixteen Tons“ klubida oʻtkazadi[22]. Shundan soʻng guruh Sankt-Peterburgda ham chiqish qilgan. Roppa-rosa bir yildan keyin guruh yana Moskvada („Известия Hall“ maydonida) chiqish qiladi, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi Stereoleto festivalining bosh ijrochisiga aylanadi[23]. Bundan tashqari, guruh Kiyevda ham oʻzining ilk konsertini bergan[24]. Keyingi yili guruh yana Rossiyaning ikki shahrida chiqish qiladi.

2018-yilda guruhning birinchi albomidan joy olgan „K.“ qoʻshigʻi „Killing Eve“ serialining birinchi mavsumi 2-qismida yangraydi.

2019-yilning avgustida guruh „Heavenly“ singli bilan birga, Cry nomli ikkinchi studiyaviy albomini chiqarishini maʼlum qilgan. Albom esa 2019-yil 25-oktyabrda chiqarilgan.

Guruh 2020-yilda „You’re All I Want“ singlini chiqargan. Ikki yil oʻtib, 2022-yil noyabr oyida „Pistol“ nomli yana bir singlni chiqaradi[25].

2023-yil iyul oyida guruh „Bubblegum“ va „Stop Waiting“ nomli ikkita singlini chiqargan[26]. 2023-yil dekabr oyida esa guruh Radioheadning „Motion Picture Soundtrack“ qoʻshigʻining kaver versiyasini chiqarilgan[27].

2024-yil 28-fevralda guruh oʻzining uchinchi studiya albomi „X’s“ chiqarishini eʼlon qilgan[28]. Shu kuni ular albomni qoʻllab-quvvatlash uchun 2024 va 2025-yillar davomida oʻtkaziladigan „X’s“ dunyo boʻylab konsert turlarini ham eʼlon qilishadi va albomning ilk singli boʻlgan „Tejano Blue“ni chiqarishadi. Gonzalez bu qoʻshiq oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridagi yillaridan ilhomlangani haqida aytib oʻtgan[29]. 2024-yil 16-aprelda albomni yanada ko'proq targʻib qilish maqsadida albomning ikkinchi singli „Dark Vacay“ chiqariladi[30]. 2024-yil 4-iyunda esa „Baby Blue Movie“ uchinchi singl sifatida taqdim etiladi[31]. „X’s“ albomi 2024-yil 12-iyulda chiqarildi va ijobiy baholarga sazovor boʻldi[32][33].

Uslubi

tahrir

Noisey nashri uchun yozilgan maqolada Vice jurnalisti Christina Cacouris „Cigarettes After Sex“ guruhini „Sodda, tumanli va romantik, ammo Gonsalesning androgin ovozi ostida yanada mayin taʼsiri seziladi“ hamda „shirin va hissiy“ deb taʼriflagan[7]. „Guruhning nomi bildiradiganidek, u yotoqda yotishni eslatadi, ammo uning muhit musiqasi sifatlari raqsga tushadigan musiqa boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi“[7]. Gonsales oʻzining sevimli qoʻshiqchisi sifatida Françoise Hardy va ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan odam sifatida Miles Devisni tilga oladi[7]. Sound of Boston jurnali bilan suhbatda u „Affection“ va LPdagi musiqaning ohangi va tovushiga L'Avventura va The Double Life of Veronique (oʻzbekcha: Veronikaning ikki tomonlama hayoti) kabi filmlar taʼsir qilganini taʼkidlagan[34]. Guruh, shuningdek, Cowboy Junkiesning „The Trinity Session“ albomi, Julee Cruise va Cocteau Twinsni oʻz ijodiga katta taʼsir koʻrsatganlar sifatida keltiradi[9][35]. Eardrums Music musiqiy blogi guruhni „ohista, tush koʻrayotgandek va goʻzal, mayin vokallar va juda yaxshi soʻzlar bilan“ deb tasvirlaydi va uni Mazzy Star bilan taqqoslaydi[35]. Swell Tone musiqiy blogi mualliflari Cigarettes After Sexni „melanxolik, ohista pop yaratadigan guruh, qoʻshiqlari esa har qanday tinglovchini mayin chayqatib, karaxt holatga tushiradi“ deb fikr bildirgan[36].

Independentmusicnews.com sayti uchun yozilgan „Affection“ albomiga sharhida, muallif Jae Pyl quyidagi xulosani beradi: „Cigarettes After Sexning tovushida shunchalik yaqinlik borki, uni yuragingizning tubiga qoʻymaslikning iloji yoʻq“[13].

Aʼzolari

tahrir

2008-yilda tashkil topganidan beri, guruh Greg Gonzalez boshchiligida bir qancha turli aʼzolar va hamkorlarni oʻz ichiga olgan[12]:

Hozirgi aʼzolar

tahrir
  • Greg Gonzalez – asoschi, bosh vokal, elektr gitara, akustik gitara
  • Randall Miller – bas gitara
  • Jacob Tomsky – barabanlar

Sobiq aʼzolar

tahrir
  • Phillip Tubbs – klaviatura, elektr gitara
  • Greg Leah – barabanlar
  • Steve Herrada – klaviatura
  • Emily Davis – akustik gitara

Diskografiyasi

tahrir

Studiyaviy albomlari

tahrir
Studiyaviy albomlari roʻyxati (tanlangan chartlardagi oʻrinlari bilan)
Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrin Sertifikatlar
US
[37]
AUS
[38]
AUT
[39]
BEL
[40]
FRA
[41]
GER
[42]
NLD
[43]
POR
[44]
SWI
[45]
UK
[46]
Cigarettes After Sex 144 81 18 5 42 38 53 21 21 27
Cry
  • Chiqarilgan sana: 25-oktyabr 2019-yil[51]
  • Leybl: Partisan
  • Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish, striming
152 61 26 8 27 29 37 1 19 36
X’s

Mini albomlari

tahrir
Mini albomlari roʻyxati (tanlangan chartlardagi oʻrinlari bilan)
Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrin
UK
Sales

[52]
I.
  • Chiqarilgan sana: 21-iyul 2012-yil[53]
  • Leybl: Oʻzi chiqarilgan
  • Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish
2

Singllari

tahrir
Nomi Yil Chartlardagi eng yuqori oʻrin Sertifikatlar Albom
US
Bub.

[54]
BEL
[40]
CAN
[55]
FRA
[56]
GRE
[57]
LTU
[58]
POR
[44]
SWE
Heat.

[59]
UK
Indie

[60]
WW
[61]
„Affection“[62] 2015  –  –  –  –  –  –  –  –  – Albomga kiritilmagan
„K.“[63] 2016  – [upper-alpha 1]  –  –  –  –  –  –  – Cigarettes After Sex
„Apocalypse“[64] 2017 16 85 83 87 31 27 185 20 25 156
„Each Time You Fall in Love“[67]  –  –  –  –  –  –  –  –  –
„Sweet“[68]  –  –  –  –  –  –  –  –  –
„Crush“[69] 2018  – 86  –  –  –  –  –  –  – Albomga kiritilmagan
„Neon Moon“[70]  – [upper-alpha 2]  –  –  –  –  –  –  –
„Heavenly“[71] 2019  – 64  – 57  –  –  –  –  – Cry
„Falling in Love“[72]  – [upper-alpha 3]  –  –  –  –  –  –  –
„You’re All I Want“[73] 2020  – [upper-alpha 4]  –  –  –  –  –  –  – Albomga kiritilmagan
„Pistol“[74] 2022  –  –  –  –  –  –  –  –  –
„Bubblegum“[75] 2023  –  –  –  –  –  –  –  –  –
„Motion Picture Soundtrack“[76]  –  –  –  –  –  –  –  –  –
„Tejano Blue“[77] 2024  –  –  –  –  –  –  –  –  – X’s
„Dark Vacay“[78] 2024
„Baby Blue Movie“[79] 2024
"—" bu hududdagi chartlarda qatnashmaganlik yoki chiqarilmagan relizni bildiradi.

Boshqa qoʻshiqlari

tahrir
Nomi Yil Sertifikatlar Albom
„Nothingʻs Gonna Hurt You Baby“ 2012 I.
„Sunsetz“ 2017 Cigarettes After Sex
„Cry“ 2019 Cry

Demolari

tahrir
  • I Can See You (2009)
  • Cigarettes After Sex (Romans 13:9) (2011)

Qaydlar

tahrir
  1. "K." qoʼshigʼi Ultratop 50 Singles chartida ro'yxatdan o'tmagan, lekin Ultratip chartida "extra tip" sifatida ko'rsatilgan[40].
  2. "Neon Moon" qoʼshigʼi Ultratop 50 Singles chartida ro'yxatdan o'tmagan, lekin Ultratip chartida "extra tip" sifatida ko'rsatilgan[40].
  3. "Falling in Love" qoʼshigʼi Ultratop 50 Singles chartida ro'yxatdan o'tmagan, lekin Ultratip chartida "extra tip" sifatida ko'rsatilgan[40].
  4. "You're All I Want" qoʼshigʼi Ultratop 50 Singles chartida ro'yxatdan o'tmagan, lekin Ultratip chartida "extra tip" sifatida ko'rsatilgan[40].

Manbalar

tahrir
  1. Cook, Cameron „Cigarettes After Sex: Cigarettes After Sex“. Pitchfork (2017-yil 8-iyun). Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  2. „Cigarettes After Sex: Cry“. Pitchfork. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  3. BrushedRed. „New Cigarettes After Sex Album“. Sputnikmusic (2017-yil 21-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  4. Lathan, Ryan „Cigarettes After Sex: Cigarettes After Sex“. PopMatters (2017-yil 21-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-iyul.
  5. Hadi, Eddino Abdul „The slow burn of Cigarettes After Sex's debut album“. The Straits Times (2017-yil 14-iyun). Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  6. „Cry“. undertheradarmag.com. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „The Diehard Romanticism of Cigarettes After Sex | NOISEY“. NOISEY (2016-yil 17-fevral). Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
  8. Simpson, Dave „Cigarettes After Sex review – breathtaking ambient-pop enigmas“. The Guardian (2017-yil 19-aprel). Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 „Cigarettes After Sex - Tickets - The Echo - Los Angeles, California - April 27th, 2016“. The Echo and Echoplex. 2017-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-aprel.
  10. „"Our songs talk about sex and love", Vogue.fr interviews Cigarettes After Sex“ (2017-yil 7-noyabr).
  11. „Greg Gonzalez, lead singer, speaks to Bazaar India about the origin of the band and much more“.
  12. 12,0 12,1 „Records“. Cigarettes After Sex. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
  13. 13,0 13,1 „Review / Cigarettes After Sex / Affection“. Independent Music News. 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-aprel.
  14. „Cigarettes After Sex“. Cigarettes After Sex.
  15. „Cigarettes After Sex - 10 New Artists You Need to Know: January 2016“. Rolling Stone. Qaraldi: 2016-04-14.
  16. „Sountrack The Handmaid's Tale“ (en). Tunefind. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  17. Hanh Nguyen, Hanh Nguyen. „‘The Sinner’ Soundtrack: Listen to the Killer Playlist for USA’s Addictive Murder Mystery“ (en). IndieWire (2017-yil 7-sentyabr). 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  18. „Music from Wanderlust S1E01“ (en). Tunefind. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  19. „Soundtrack Shameless“ (en). Tunefind. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  20. „Music from Élite S6E08“. Tunefind. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  21. raiders545. „Cigarettes After Sex - Nothing's Gonna Hurt You Baby“ (2012-yil 27-dekabr). 2019-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  22. „Cigarettes After Sex (USA) в клубе «16 Тонн»“. Клуб «16 Тонн». 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  23. „Грег Гонзалез: «Я хотел, чтобы Cigarettes After Sex звучала как фотографии Ман Рэя»“ (ru). www.buro247.ru. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  24. „Cigarettes After Sex не вредят вашему здоровью“ (ru). Comma (2018-yil 21-may). 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  25. DeVille, Chris „Cigarettes After Sex Share New Song 'Pistol': Listen“ (en). Stereogum (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  26. Breihan, Tom „Cigarettes After Sex – "Bubblegum" & "Stop Waiting"“ (en). Stereogum (2023-yil 18-iyul). Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  27. Rettig, James „Cigarettes After Sex Cover Radiohead's "Motion Picture Soundtrack": Listen“ (en). Stereogum (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  28. Grimes, Navier „Cigarettes After Sex Announce World Arena Tour + New LP, Share "Tejano Blue" Single“ (en-US). Live Nation Entertainment (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  29. DeVille, Chris „Cigarettes After Sex Announce New Album 'X's': Hear "Tejano Blue"“ (en). Stereogum (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  30. Rettig, James „Cigarettes After Sex – "Dark Vacay"“ (en). Stereogum (2024-yil 16-aprel). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  31. Kelly, Tyler Damara (June 4, 2024). „Cigarettes After Sex unveils new single, "Baby Blue Movie". The Line of Best Fit (inglizcha). Qaraldi: July 14, 2024.
  32. 32,0 32,1 DeVille, Chris „Cigarettes After Sex Announce New Album 'X's': Hear "Tejano Blue"“ (en). Stereogum (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  33. Saulog, Gabriel (July 12, 2024). „Cigarettes After Sex Aren't Over X's On New Album – Listen“. Billboard Philippines (inglizcha). Qaraldi: July 14, 2024.
  34. Bedian, Knar „Interview: Cigarettes After Sex“. Sound of Boston (2017-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  35. 35,0 35,1 „New Music: Cigarettes After Sex – "Affection"“. Eardrumsmusic.com. 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
  36. „Tune: Cigarettes After Sex – "Affection"“. Swell Tone. Qaraldi: 2016-yil 14-aprel.
  37. Peak chart positions in the United States:
  38. Peak chart positions in Australia:
  39. „Cigarettes After Sex chart history“. AustrianCharts.at. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  40. 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 40,5 „Discografie Cigarettes After Sex“ (Dutch). ultratop.be. Hung Medien. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  41. „Discographie Cigarettes After Sex“ (French). lescharts.com. Hung Medien. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  42. „Discographie von Cigarettes After Sex“ (de). GfK Entertainment. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  43. „Discografie Cigarettes After Sex“. dutchcharts.nl. Hung Medien. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  44. 44,0 44,1 „Discography Cigarettes After Sex“. portuguesecharts.com. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  45. „Cigarettes After Sex Hitparade“. Hit Parade. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  46. „Cigarettes After Sex full Official Chart History“. Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  47. „Cigarettes After Sex by Cigarettes After Sex on Apple Music“. Apple Music. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  48. 48,0 48,1 48,2 „Gold & Platinum - RIAA“. Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  49. 49,0 49,1 49,2 49,3 49,4 49,5 49,6 „British certifications – Cigarettes After Sex“ (en). British Phonographic Industry. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel. Type Cigarettes After Sex in the "Search BPI Awards" field and then press Enter.
  50. 50,0 50,1 50,2 , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „French certifications – Cigarettes After Sex“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique. andoza:certification cite/archivedateda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  51. „Cigarettes After Sex by Cigarettes After Sex“. Apple Music. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  52. „Official Physical Singles Chart Top 100 - 10 February 2017 - 16 February 2017“. Official Charts Company. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  53. „I - EP by Cigarettes After Sex on Apple Music“. Apple Music. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
  54. „Bubbling Under Hot 100: Week of October 15, 2022“. Billboard. Qaraldi: October 11, 2022.
  55. „Canadian Hot 100: Week of October 22, 2022“. Billboard. Qaraldi: June 9, 2023.
  56. Peaks on the Greek singles chart:
  57. „2022 41-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.
  58. „Veckolista Heatseeker, vecka 41, 2022“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  59. Peak chart positions on UK Independent Singles chart:
  60. „Billboard Global 200: Week of March 16, 2024“. Billboard. Qaraldi: March 12, 2024.
  61. „Affection – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  62. „K. – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  63. „Apocalypse – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  64. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Portuguese certifications – Apocalypse“ (pt). Associação Fonográfica Portuguesa. andoza:certification cite/archivedateda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  65. „IFPI Charts Digital Singles Chart (International) Week 3 2023“. IFPI Greece. 2023-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  66. „Each Time You Fall In Love – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  67. „Sweet – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  68. „Crush – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  69. „Neon Moon – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  70. „Heavenly (2019) | Cigarettes After Sex“. 7digital. 2020-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  71. „Falling In Love (2019) | Cigarettes After Sex“. 7digital. 2020-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  72. „You're All I Want – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  73. „Pistol – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  74. „Bubblegum – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  75. „Motion Picture Soundtrack – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  76. „Tejano Blue – Single by Cigarettes After Sex“. Apple Music. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  77. Dark Vacay by Cigarettes After Sex on Apple Music (ingliz (Britaniya)), qaraldi: 2024-04-16
  78. Baby Blue Movie (inglizcha), 2024-06-04, qaraldi: 2024-06-04