Clara Katharina Pollaczek (talaffuzi: Klara Katerina Pollachek; qizlik familiyasi Loeb (Löb); 1875 — 1951) — avstriyalik yozuvchi, baʼzi asarlarini Bob va Bob Beol taxallusi ostida imzolagan[1].

Clara Katharina Pollaczek
Tavalludi
Clara Löb

15-yanvar 1875-yil
Vafoti 22-iyul 1951-yil(1951-07-22)
(76 yoshda)
Döbling, Vena, Avstriya
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi Otto Pollaczek
Bolalari Henrich, Karl
Otasi Louis Loeb
Onasi Regina Loeb

Pollaczek adabiyotda Arthur Schnitzler bilan boʻlgan munosabatlari orqali ham tanilgan[2].

Biografiyasi

tahrir

Pollaczek 1875-yil 15-yanvarda Venada yahudiy bankir Luis Loeb (1843-1928) oilasida tugʻilgan, oilada ikki ukasi Alfred, Otto va singlisi Anna bilan birga oʻsgan. Dastlab uyida boshlangʻich taʼlim oladi va yozni koʻpincha butun oilasi bilan Bad Ischlda oʻtkazgan[3][4].

Iqtidorli va bilimli Pollaczek 19 yoshidan erkaklar nomi ostida yoza boshlagan. 1897-yil aprelda birinchi asari „Mimi. Schattenbilder aus einem Mädchenleben“ Neue Dutsche Rundschau nomli adabiyot jurnalida nashr qilingan. 1898-yil 10-mayda Stadtempel ibodatxonasida Pragada tugʻilgan va eng yirik charm ulgurji sotuvchining merosxoʻri boʻlgan Otto Pollaczekga turmushga chiqqan. 1899-yilda ularning birinchi oʻgʻli Hermann Erich, 1902-yilda esa ikkinchi oʻgʻli Carl Friedrich tugʻilgan. Oila Vena shahrida, Blumauergasse koʻchasidagi oʻz uyida yashashgani. Clara Pollaczek bu nikohidan baxtli boʻlmgan, ikkinchi homiladorligida eri unga xiyonat qilib, jazmani bilan sayohatga ketib qoladi. 1907-yilda erining kompaniyasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va 1908-yil 17-aprelda Otto Pollaczek oʻz joniga qasd qiladi. Hech qanday daromadsiz va ozgina pul bilan qolgan Clara ota-onasi bilan yashash uchun uyini tark etadi.

Birinchi jahon urushidan keyin oilaning moddiy ahvoli yomonlashgan. Clara zargarlik buyumlarini sotishga va ota-onasining uyini tark etishga majbur boʻlgan (kyinroq uy 1928-yilda sotiladi). Venaning oʻn sakkizinchi okrugidagi kichkina kvartiraga koʻchib oʻtishdan oldin Clara bir muddat mehmonxonada yashaydi. Oilasini boqish uchun Clara 1924-yilda tarjimon boʻlib ishlagan holda yozuvchilikka qaytadi. 1920-yildan 1930-yilgacha Clara nufuzli kunlik Neue Freie Presse gazetasida qisqa hikoyalar, romanlar va sheʼrlarini nashr etadi; bir qancha romanlar yozib, koʻplab oʻquvchilarga ega boʻladi.

 
Claraning qabri

Anshlyusdan keyin Clara antisemitizm taʼqibiga uchraydi. Otto Pollaczek bilan turmush qurishi natijasida olingan Chexoslovakiya pasporti uning omon qolishiga yordam bergan. Avstriya bosib olinganidan ikki yil oʻtgach, Clara Pragaga koʻchib oʻtadi va bu yerda Germaniya shu mamlakatni bosib olguncha yashaydi. Soʻngra Clara Shveytsariyadagi doʻstlari bilan yashash uchun shu mamlakatga koʻchib keladi va shu yerda qarindoshlarining moliyaviy yordami bilan Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha qolgan. 1945-yilda Clara oilasi bilan Angliyada yashagan oʻgʻli Carlning yoniga keladi. Ukasi Otto Loeb 1948-yilda Claraning Venaga qaytishini tashkil qildiradi.

Qaytib kelganidan keyin Clara kasal boʻlib qoladi va endi adabiy faoliyatini davom ettira olmaydi. Clara bilan birga ishlagan koʻplab hamkasblari 1938-yilgacha vafot etgan yoki mamlakatni takr etishgandi. Clara 1951-yil 22-iyulda Vena shahrida vafot etdi va shaharning boshqa faxriy fuqarolari qatorida dinlararo Sieveringer Friedhof qabristoniga dafn qilingan[5].

Oilasi

tahrir

Shifokor boʻlib ishlagan kenja oʻgʻli Carl Pollaczek 1938-yilda Gestapo tomonidan hibsga olingan. Ozodlikka chiqqandan keyin rafiqasi va qizi bilan Shveytsariyaga, u yerdan esa Buyuk Britaniyaga qochib ketgan. 1982-yilda chop etilgan „Two halves of a Life“ nomli avtobiografiyasida Carl Ikkinchi jahon urushi davridagi oilasi va onasining hayotini tasvirlab bergan[6] . Katta oʻgʻli Hermann 1931-yilda Gamburg orqali Argentinaga ketgan. Singlisi Anna ham yozuvchilik bilan shugʻullangan, ammo unchalik muvaffaqiyat qozonmagan. Anna Terezin konslagerida vafot etgan. Claraning ukasi Otto advokat boʻlgan va Venada yashagan. Birinchi jahon urushi davridagi harbiy xizmati tufayli natsizm yillarida omon qoladi. Otto „yahudiylar uchun yuridik maslahatchi“ sifatida huquqiy ishlar bilan shugʻullangan. Boshqa ukasi Alfred rassom va Hagenbund uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1939-yilda Londonda yashagan, 1945-yilda monastirda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Clara Katharina Pollaczek“. 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  2. Christa Bittermann-Wille. „Clara Katharina Pollaczek ... Biographie“. Frauen in Bewegung: 1848-1938. Österreichische Nationalbibliothek, Wien. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  3. Stephan Kurz. „Im Schatten Schnitzlers - Leben und Werk von Clara Katharina Pollaczek“. Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
  4. "A. ist manchmal wie ein kleines Kind.« Clara Katharina Pollaczek und Arthur Schnitzler gehen ins Kin", 2012. 
  5. „Clara Pollaczek“. 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  6. K.F. M. (Kary Frederick Michael) Pole: Two Halves Of A Life. The autobiography of a Viennese doctor who escaped from Nazi-occupied Austria and built up a new life and medical career in England, Meresborough Books, Gillingham 1982