CliffordCliffPu (talaffuzi: Klifford " Cliff " Pu) (1998-yil 3-iyunda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkey hujumchisi. Cliff Pu hozirda Kontinental Xokkey Ligasida (KHL) „Kunlun Red Star“ xokkey klubi bilan oʻynaydi. Cliff Pu „Buffalo Sabres“ xzokkey klubi safiga 2016-yilgi NHL kirish loyihasida 69-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi[1].

Cliff Pu
Cliff Pu - London Knights.jpg
Pu London Knights klubida 2016-yil
Tugʻilgan joyi 3-iyun 1998-yil (1998-06-03) (25 yosh)
Shimoliy York, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 192 lb (87 kg; 13 st 10 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
Kunlun Red Star
Charlotte Checkers
Springfield Thunderbirds
Cleveland Monsters
NHLga kirish drafti 69-oʻrindagi tanlov, 2016
Buffalo Sabres
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Cliff Pu 2009-yilda Xalqaro Silverstick Atom AAA All Star mukofotiga sazovor boʻldi. Kichik yoshdagi xokkeyning soʻnggi yilida Cliff Pu „Toronto Marlboros Minor Midget AAA“ xokkey jamoasida oʻynadi. Cliff Pu oʻz jamoasida ochkolar boʻyicha 4-oʻrinni egallaganidan soʻng 2014-yilgi OHL ustuvor tanlovida eng yaxshi istiqbollardan biri sifatida koʻrildi[2].

Cliff Pu „Oshawa Generals“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi OHL ustuvor tanlovining 1-bosqichda, 16-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi[3]. Cliff Pu „Generals“ xokkey klubi safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi[4]. 2015-yilning 1-yanvarida Cliff Pu, Michael MacCarron va Dakota Mermis evaziga Josh Sterk va 3 ta draft tanlovi bilan birga „London Knights“ xokkey klubiga almashtirildi[5]. „London Knights“ xokkey klubi safida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, Pu 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Keyingi mavsumda Cliff Pu oʻzining umumiy koʻrsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi va klub safida muntazam mavsumda gol urish boʻyicha yetakchilik qildi[6]. 2018-yilning 3-yanvarida „Knights“ klubi Puni „Kingston Frontenacs“ xokkey klubiga almashtirdilar[7].

2016-yilda Cliff Pu 2016-yilgi NHL kirish loyihasida „Buffalo Sabres“ xokkey klubi safiga 69-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan. 2017-yil 23-oktyabrda Cliff Pu „Sabres“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[8].

Cliff Pu hujumchi Jeff Skinner evaziga 2018-yil 2-avgustda „Carolina Hurricanes“ xokkey jamoasiga almashtirildi[9].

Shaxsiy hayoti tahrir

Cliff Pu Shimoliy Yorkda (Ontario) tugʻilgan va Richmond Hillda (Ontario) oʻsgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012—2013 Toronto Marlboros GTMMHL 33 23 24 47 10 16 4 13 17 4
2014—2015 Oshawa Generals OHL 17 2 1 3 2
2014—2015 London Knights OHL 24 2 4 6 2 5 0 0 0 0
2015—2016 London Knights OHL 63 12 19 31 24 18 8 5 13 6
2016—2017 London Knights OHL 63 35 51 86 36 14 2 5 7 8
2017—2018 London Knights OHL 36 16 29 45 22
2017—2018 Kingston Frontenacs OHL 29 13 26 39 6 15 4 13 17 6
2018—2019 Charlotte Checkers AHL 44 1 5 6 10
2018—2019 Florida Everblades ECHL 5 2 3 5 0
2018—2019 Springfield Thunderbirds AHL 9 1 1 2 0
2019—2020 Springfield Thunderbirds AHL 10 0 2 2 4
2019—2020 Greenville Swamp Rabbits ECHL 4 1 5 6 2
2020—2021 Cleveland Monsters AHL 16 3 7 10 6
AHL (jami) 79 5 15 20 20

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2014-yil Canada Black U17 7 5 1 0 1 2
Jami 5 1 0 1 2

Manbalar tahrir

  1. „OHL Network“. www.ontariohockeyleague.com. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  2. „Cliff Pu“. Elite Prospects. Elite Prospects. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  3. „OHL Network“. www.ontariohockeyleague.com. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  4. „London Knights“ (inglizcha). londonknights.com. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  5. „Knights Trade McCarron and Mermis to Oshawa | (CFPL AM) AM 980“. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  6. „London Knights“ (inglizcha). londonknights.com. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2016-yil.
  7. „London Knights trade Cliff Pu to Kingston Frontenacs“ (inglizcha). lfpress.ca (3-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2018-yil.
  8. „Sabres sign Pu to entry-level contract“. NHL.com (23-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  9. Williams. „Canes Deal Skinner to Sabres for Picks, Prospect“. NHL.com (2-avgust 2018-yil). Qaraldi: 2-avgust 2018-yil.