Kunlun Red Star
Kunlun Red Star – 2016—2017-yilgi mavsumdan oldin Kontinental xokkey liga (KHL) safiga qoʻshilgan Xitoy xokkey klubi[1][2][3].
Tarixi
tahrir2016-yilning mart oyida „Kunlun Red Star“ va KHL vakillari Xitoyda joylashgan jamoani Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga kiritish niyatida bayonnoma imzoladilar. Bayonnomani Rossiya xokkey federatsiyasi vakili Vladislav Tretiak, Kontinental xokkey ligasi (KHL) raisi Gennady Timchenko va „Kunlun Red Star“ xokkey klubi boshqaruv vakillari imzolashdi. Aprel oyi oʻrtalarida IIHF prezidenti Rene Fasel Xitoy klubining Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga qoʻshilish niyati haqida oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi va bu Xitoyga xokkeyni yuqori darajaga olib chiqishga yordam berishiga umid bildirishini aytdi.
„Kunlun Red Star“ xokkey klubi KHLga qoʻshilish uchun 2016-yilning 30-apreligacha shartnomadagi iqtisodiy shartlarini bajarishi kerak edi[4]. Roman Rotenbergning soʻzlariga koʻra, „Kunlun Red Star“ klubi oʻz majburiyatlarini bajarish uchun ariza bergan, ammo 2016-yilning iyunigacha qabul qilinishi kerak boʻlgan jamoa haqidagi yakuniy qaror uchun bir qator rasmiyatchiliklar mavjud edi[5]. May oyi boshida KHL prezidenti Dmitry Chernyshenko „Kunlun Red Star“ xokkey klubining ligaga qoʻshilishi haqida: „Klub shartnoma boʻyicha barcha hujjatlarni, klub tuzilishini, moliyani taqdim etdi va ularda ligaga kirishga ruxsat bor.“ – dedi.
2016-yilning 25-iyunida KHL direktorlar kengashi „Kunlun Red Star“ xokkey klubining arizasini rasman qabul qilgani va ular KHLning 2016—2017-yilgi mavsumida ishtirok etishlari haqida eʼlon qildi[6]. Pekinda boʻlib oʻtgan eʼlon qilish tadbirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning xitoylik hamkasbi Xi Jingping ishtirok etdi[7].
„Kunlun Red Star“ xokkey klubining uy oʻyinlari Pekindagi LeSports markazida va Shanxaydagi Sports pavilionida oʻtkazilishi belgilandi[8]. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining barcha oʻyinchilar oʻyin oldidan Xitoy Xalq Respublikasining davlat madhiyasi boʻlgan „March of the Volunteers“ (tarjimasi: „Koʻngillilar marshi“) ni aytishlari shart hisoblanadi. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining koʻpgina xitoylik oʻyinchilar Xitoy Xalq ozodlik armiyasining ofitserlaridir[9].
Keyinchalik, „Kunlun Red Star“ xokkey klubiga Ilya Kovalchukning jamoaga xokkeychi sifatida qoʻshilishi va Mike Keenan birinchi bosh murabbiy boʻlishi haqida mish-mishlar tarqaldi[10], ammo ikkala xabar ham yolgʻonligi e;lon qilindi. Shundan soʻng, „Kunlun Red Star“ xokkey klubining birinchi bosh murabbiyi Vladimir Yurzinov etib tayoinlandi[11].
Muntazam mavsum natijalari
tahrirMavsum | Oʻyin | Gʻalaba | Qoʻshimcha taymdagi gʻalaba | Qoʻshimcha taymdagi magʻlubiyat | Magʻlubiyat | Ochko | Gollar | Safardagi gollar | Final | Eng yaxshi toʻpurar | Pley-off |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2016—2017 | 60 | 24 | 4 | 3 | 29 | 83 | 139 | 144 | 5-oʻrin, Chernyshev | Chad Rau (40 ball) | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Magnitogorsk Metallurg) |
2017—2018 | 56 | 15 | 4 | 8 | 29 | 61 | 103 | 146 | 7-oʻrin, Chernishev | Gilbert Brule (35 ball) | Saralashdan oʻta olmadi |
2018—2019 | 62 | 19 | 1 | 11 | 31 | 51 | 142 | 190 | 5-oʻrin, Chernishev | Brandon Yip (36 ball) | Saralashdan oʻta olmadi |
2019—2020 | 62 | 20 | 6 | 8 | 28 | 60 | 139 | 158 | 5-oʻrin, Chernishev | Brandon Yip (31 ball) | Saralashdan oʻta olmadi |
2020—2021 | 60 | 11 | 2 | 8 | 39 | 34 | 139 | 213 | 6-oʻrin, Chernishev | Ethan Werek (32 ball) | Saralashdan oʻta olmadi |
2021—2022 | 48 | 7 | 2 | 7 | 32 | 25 | 101 | 198 | 6-oʻrin, Kharlamov | Spenser Fu (33 ball) | Saralashdan oʻta olmadi |
Oʻyinchilar
tahrirJoriy roʻyxat
tahrir2022-yil 14-iyun holatiga koʻra[12];
Raqam | Millat | Oʻyinchi | Pozitsiya | Yosh | Klub safiga qabul qilingan | Oʻyinchining tugʻilgan joyi |
---|---|---|---|---|---|---|
7 | Jake Chelios | Himoyachi | 31 | 2019 | Chicago, Illinois, Qoʻshma Shtatlar | |
6 | Zimeng Chen | Himoyachi | 25 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
22 | Parker Foo | Qanot hujumchisi | 24 | 2020 | Edmonton, Alberta, Kanada | |
2 | Jason Fram | Himoyachi | 27 | 2019 | Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
17 | Jianing Guo | Hujumchi | 22 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
33 | Pengfei Han | Darvozabon | 31 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
4 | Colin Joe | Himoyachi | 34 | 2021 | Edmonton, Alberta, Kanada | |
47 | Cory Kane | Yarim himoyachi | 32 | 2017 | Irvine, California, Qoʻshma Shtatlar | |
20 | Luke Lockhart | Yarim himoyachi | 30 | 2017 | Burnaby, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
1 | Paris O'Brien | Darvozabon | 22 | 2021 | Coquitlam, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
60 | Denis Osipov | Himoyachi | 35 | 2021 | Moskva, Rossiya | |
13 | Alex Riche | Yarim himoyachi | 26 | 2019 | Oakville, Ontario, Kanada | |
98 | Ying Rudi | Yarim himoyachi | 24 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
77 | Ty Schultz | Himoyachi | 25 | 2021 | Westminster, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
45 | Jeremy Smith | Darvozabon | 33 | 2019 | Dearborn, Michigan, Qoʻshma Shtatlar | |
5 | Ryan Sproul (muqobil sardor) | Himoyachi | 29 | 2019 | Mississauga, Ontario, Kanada | |
61 | Ethan Werek | Yarim himoyachi | 30 | 2019 | Markham, Ontario, Kanada | |
91 | Tyler Wong | Qanot hujumchisi | 26 | 2019 | Airdrie, Alberta, Kanada | |
29 | Xudong Xiang | Hujumchi | 27 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
88 | Juncheng Yan | Hujumchi | 22 | 2021 | Toronto, Ontario, Kanada | |
86 | Ruinan Yan | Himoyachi | 21 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
18 | Brandon Yip (sardor) | Qanot hujumchisi | 37 | 2021 | Maple Ridge, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
93 | Zach Yuen | Himoyachi | 29 | 2021 | Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | |
94 | Cheng Zhang | Hujumchi | 27 | 2021 | Pekin, Xitoy | |
56 | Zesen Zhang | Hujumchi | 25 | 2021 | Pekin, Xitoy |
Manbalar
tahrir- ↑ „KHL and RIHF sign a Protocol of Intention with a Chinese Club“. khl.ru. Kontinental Hockey League (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
- ↑ „It's Official! Kunlun Red Star joins the KHL“. Kontinental Hockey League (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ Pinchevsky, Tal. „China, Meet Hockey. Russia, Meet a Huge Untapped Market.“. The New York Times (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ „KHL and RIHF sign a Protocol of Intention with a Chinese Club“. khl.ru. Kontinental Hockey League (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
- ↑ „Ķīnas klubs iesniedz oficiālu pieteikumu dalībai KHL“ (lv). sportacentrs.com (2016-yil 1-may).
- ↑ „It's Official! Kunlun Red Star joins the KHL“. Kontinental Hockey League (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ Pinchevsky, Tal. „China, Meet Hockey. Russia, Meet a Huge Untapped Market.“. The New York Times (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ „Nya KHL-laget kommer spela flera matcher i Shanghai“ (sv) (2016-yil 15-avgust). Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
- ↑ Pinchevsky, Tal. „China, Meet Hockey. Russia, Meet a Huge Untapped Market.“. The New York Times (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ Lerner. „Russian Hockey Comes to China“. The Diplomat (2016-yil 13-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „It's Official! Kunlun Red Star joins the KHL“. en.KHL.ru. Kontinental Hockey League (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Kunlun Red Star Roster“. en.khl.ru. 2022-06-14.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Rasmiy sayti (ruscha)
- Rasmiy sayti (xitoycha)