Jake Chelios (talaffuzi: Jeyk Cheliyos) (1991-yil 8-martda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. Jake Chelios hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda[1]. Jake Chelios Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan. U 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Xitoy sharafini himoya qilgan[2].

Jake Chelios
Chelios Charlotte Checkers klubida 2015-yil
Tugʻilgan joyi 8-mart 1991-yil (1991-03-08) (33 yosh)
Chicago, Illinois, AQSH
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
KHL
Sobiq jamoalar
Kunlun Red Star
Detroit Red Wings
Milliy jamoa  Xitoy
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Dastlab, Jake Chelios xokkeychilik faoliyatini „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safida boshladi. Keyinchalik, Jake Chelios Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Chicago Steel“ xokkey klubi bilan faoliyatini oʻsmirlar davom ettirdi. uNDAN SOʻNG, Jake Chelios Big Ten konferensiyasida Michigan shtat universiteti xokkey jamoasi bilan kollegial xokkey oʻynashga qaror qildi.

Jake Chelios 2013—2014-yillardagi mavsumida AHL vakili „Chicago Wolves“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi[3].

Jake Chelios 2015—2016-yilgi mavsumda „Charlotte Checkers“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. Jake Chelios klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 31 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Undan soʻng, Jake Chelios 2016-yil 22-aprelda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan NHLdagi birinchi shartnomasini imzoladi[4]. U 2017-yil 27-iyun kuni „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan yana yangi shartnoma imzoladi[5].

2018-yilning 1-iyulida u „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[6]. Jake Chelios 2019-yil 1-iyulda „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu voqeadan soʻng, Jake Chelios „Red Wings“ klubi tarixidagi oltinchi ota-oʻgʻil xokkeychilar juftligi boʻldi (Sid va Gerry Abel, Adam va Andy Brown, Bill va Peter Dineen, Gordie va Mark Howe va Jimmy Peters Sr. va Jimmy Peters Jr.)[7].

Jake Chelios erkin agent sifatida 2019-yil 23-may kuni Xitoyning "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozilik berib, xorijdagi faoliyatini boshladi[8][9].

Shaxsiy hayoti tahrir

Chelios xokkeychi Chris Cheliosning oʻgʻlidir[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 Little Caesars 18U AAA T1EHL 46 14 28 42 32
2009—2010 Chicago Steel USHL 52 12 22 34 45
2010—2011 Michigan State University CCHA 37 8 6 14 34
2011—2012 Michigan State University CCHA 39 2 7 9 44
2012—2013 Michigan State University CCHA 42 5 5 10 79
2013—2014 Michigan State University B1G 36 2 19 21 38
2013—2014 Toledo Walleye ECHL 7 1 1 2 2
2013—2014 Chicago Wolves AHL 4 0 1 1 4
2014—2015 Chicago Wolves AHL 41 1 14 15 32
2014—2015 Kalamazoo Wings ECHL 8 1 2 3 2 4 1 1 2 2
2015—2016 Charlotte Checkers AHL 73 7 24 31 44
2016—2017 Charlotte Checkers AHL 76 4 28 32 54 5 0 1 1 6
2017—2018 Charlotte Checkers AHL 41 4 10 14 41
2018—2019 Grand Rapids Griffins AHL 61 1 14 15 28 4 0 0 0 7
2018—2019 Detroit Red Wings NHL 5 0 0 0 2
2019—2020 Kunlun Red Star KHL 48 2 11 13 32
2020—2021 Kunlun Red Star KHL 43 2 7 9 52
2021—2022 Kunlun Red Star KHL 38 3 6 9 40
AHL jami 296 17 91 108 203 9 0 1 1 13
NHL jami 5 0 0 0 2
KHL jami 129 7 24 31 124

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2022 Xitoy OG 12 4 0 2 2 2
2022 Xitoy WC D2A 27 4 2 6 8 2
Jami 8 2 8 10 4

Manbalar tahrir