Soat (oʻlchov birligi)

(Coatdan yoʻnaltirildi)

Soat — 1) xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt oʻlchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oraligʻi (qarang Vaqt); 2) vaqtni oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Odamlar vaqtni oʻlchash bilan qadimdan shugʻullanib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakati va boshqa hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni oʻlchashda foydalanganlar. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi — sutka, Yerning Quyosh atrofida aylanishi — yil vaqtni oʻlchashda asosiy mezon boʻladi. Yunon astronomi K. Ptolemey (mil. av. 2-asr) sutkani soat, minut va sekundlarga boʻlgan (qarang Kalendar). Vaqtni juda aniq oʻlchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar oʻtkazilgan. Dastlab, quyosh soati, keyinchalik eye soati, oʻrta asrlarga kelib, qum soati paydo boʻldi. 15-asr 1-yarmida Ulugʻbek Samarqandsa bal. 50 m li quyosh soati yasagan (hozir saqlanmagan). Qum soati fotografiya, tibbiyot va boshqa sohalarda hozir ham ishlatiladi. Ilgari Oʻrta Osiyoda ham quyosh, suv va qum S.idan foydalanilgan.

Mexanik S.lar haqidagi maʼlumotlar yunon qoʻlyozmalarida (mil. av. 6-asr) uchraydi. 936-yil monax Gerbert, keyinchalik pop Silvestr II zangli mexanik soat yasashgan. G. Galiley 1640-yil S.da mayatnik ishlatishni taklif qilgan (lekin mayatnikli S.ni oʻzi yaratishga ulgurmagan, oʻgʻli Visensio 1649-yil yasagan). Golland olimi X. Gyuygens ham 1657-yilda mayatnikli soat yasadi va mayatnik tebranishining matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Dastlabki choʻntak S. 16-asrda ixtiro qilindi. X. Gyuygens choʻntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi S.ning asosiy mexanizmini) kiritdi va S.ning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P. Kulibin 18-asrdatovuqtuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik S. yasadi. U har chorak soatda zang uradi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404-yil Moskvada Blagoveshchensk sobori yakiniga oʻrnatilgan. Uni vizantiyalik monax Lazar Serbii yasagan.

19-asrda qoʻl S. paydo boʻldi; bunday S. choʻntak Sdan farq qilmaydi; ularda qoʻshimcha qismlar, mas, kalendar koʻrsatkichi, sekundomer, oʻz-oʻzidan burash mexanizmi va boshqa boʻlishi mumkin. Dastlabki elektr S. Rossiyada 1840-yil yasaldi. 20-asrda elektrmexanik, elektronkvars, molekulyar, atom S.lari yaratildi. Toshkentda 1947-yil kurilgan Toshkent kuranti minorasiga 4 siferblatli zangli elektr S. oʻrnatilgan.

Vazifasiga koʻra, S.ni shartli ravishda maishiy va maxsus xillarga boʻlish mumkin. Maishiy S.lar: ayollar va erkaklar qoʻl soati, choʻntak S, qoʻngʻiroqli S. (budilnik), stol S, osma S, polga qoʻyiladigan S. Maxsus S.lar: shaxmat S, sekundomer, xronoskop va boshqa Energiya manbaiga kura, atom, kvars, mexanik, molekulyar va elektr; tebranish tizimi boʻyicha mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga boʻlinadi.

Mexanik S.ning asosiy mexanizmlari: dvigatel (prujina), uzatuvchi mexanizm (angrenaj), yurgizish (boʻshatish) mexanizmi, rostlagich, prujinani burash, mil (strelka)ni toʻgʻrilash va mil mexanizmi. Dvigatelining energiyasi tishli uzatmalar orqali rostlagichga keladi. Rostlagich tebranishlarni soʻndirmay turadi. Mayatnik va balansir bir tekis tebranish hosil qiladi (yurgizish mexanizmi va tishli uzatmalar orqali millarni aylantiradi). S.ning barcha qismlari yuqori sifatli poʻlatdan yasaladi, yokug toshlar S.da podshipnik vazifasini bajaradi. S.ning koʻplari 16—17 toshli, baʼzilari 23, 29 toshli boʻladi. S. maxsus moylar bilan moylanadi (yana qarang Atom soati, Kvars soati).

Manbalar

tahrir