Coffea canephora (sin. Coffea robusta, odatda robusta kofesi sifatida tanilgan) — Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabiridan kelib chiqqan qahva turi. Rubiaceae oilasiga mansub gulli oʻsimlik. Koʻpchilikka Coffea robusta nomi bilan tanilgan boʻlsa-da, oʻsimlik ilmiy jihatdan Coffea canephora deb ataladi, uning ikkita asosiy navi robusta va nganda mavjud[1].

Pishgan rezavorlar
Gullar

Coffea robusta dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan kofening 43 % ni tashkil qiladi, qolgan qismi esa Coffea arabica ni tashkil qiladi. C. arabica va C. robustaʼdan olingan qahva donalarining tarkibi oʻrtasida bir nechta farqlar mavjud[2][3]. C. robusta loviyalari C. arabica loviyalariga nisbatan past kislotalilik, koʻproq achchiqlikka ega.

Tavsif

tahrir
 
Robusta kofe gullari

Robusta — Roʻyandoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Coffea robusta nomi keng tarqalgan boʻlsa-da, ilmiy tilda Coffea canephora sifatida yuritiladi. Coffea canephoraning ikkita asosiy navi bor, C. robusta va C.nganda[4]. Oʻsimlik tartibsiz gullaydi, rezavorlar pishishi uchun taxminan 10-11 oy vaqt ketadi. Loviyalar oval shaklida boʻladi.

Robusta oʻsimligi arabicanikiga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega, tarkibida koʻproq kofein (arabica 1,5 % ga nisbatan 2,7 %)[5] va kamroq shakar (3-7 %) mavjyd (arabica navida 6-9 % shakar mavjud)[6]. Zararkunandalar va kasalliklarga nisbatan chidamliligi sababli,[7] robusta koʻp miqdordagi gerbitsid va pestitsidga muhtoj emas.

Mahalliy tarqalish

tahrir

C. canephora tabiiy holatda Gʻarbiy va Markaziy Afrikada, Liberiya Tanzaniyagacha va janubdan Angolaga qadar oʻsadi. U 1897-yilgacha,[8] Coffea arabica qahva turi s8fatida tan olinmagan[9][10]. Shuningdek, u Borneo, Fransiya Polineziyasi, Kosta-Rika, Nikaragua, Yamayka va Kichik Antil orollarida ham oʻstiriladi[11]. 1927-yilda Timorda robusta va arabica oʻrtasidagi gibrid topildi. Keyinchalik bu shtamm zangga chidamli navlarni yaratish uchun ishlatildi[12].

Oʻstirish va foydalanish

tahrir
 
Qovurilmagan („yashil“ deb ataladigan) robusta fasollari
 
Indoneziyaning Kalibaru shahrida qahva donalarini anʼanaviy quritish

Coffea canephora oʻsimligi loviyalaridan tayyorlangan qahva past kislotalilik va yuqori achchiqlikka ega.

Robusta oʻzining kelib chiqishi Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabir janubiga borib taqaladi[13]. Uni parvarish qilish oson, hosildorligi yuqori, kofein miqdori va antioksidantlar coffea arabicanikiga nisbatan ikki barobar koʻproq[14]. Kasalliklarga kamroq moyil[15]. Bu jahonda ishlab chiqarilgan kofening 43 % ni tashkil qiladi[16].

U asosan Vetnamda oʻstiriladi, u yerda fransuz mustamlakachilari bu yerga oʻsimlikni 19-asrning oxirida olib kelganlar[17]. Soʻnggi yillarda asosan robusta ishlab chiqaradigan Vetnam dunyodagi eng yirik robusta kofe eksportchisiga aylandi, bu umumiy ishlab chiqarishning 40 % dan ortigʻini tashkil qiladi[18]. U Braziliya (dunyo ishlab chiqarishining 25 %), Indoneziya (13 %), Hindiston (5 %) va Ugandani (5 %) ortda qoldiradi[18]. Braziliya hali ham dunyodagi eng yirik qahva ishlab chiqaruvchisi boʻlib, dunyodagi kofening uchdan bir qismini ishlab chiqaradi,[18] ammo Braziliyada asosa C.arabica ishlab chiqariladi.

Robustaga gʻamxoʻrlik qilish osonroq va C. arabicaga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega boʻlgani uchun uni oʻstirish arzonroqqa tushadi[19]. Qovurilgan robusta loviyalari oʻziga xos kuchli tuproq taʼmiga ega, lekin odatda pirazin yuqoru miqdori tufayli undan tayyorlangan qahva arabikadan koʻra achchiqroqdir[20][21]. Odamlar arabika loviyalari koʻproq kislotalilik va boyroq lazzat bilan yumshoqroq taʼmga ega ekanligiga ishonishganligi sababli, uni robustadan ustun hisoblashadu, qattiqroq robusta loviyalaridan asosan past navli qahvalar tayyorlanadi[19]. Yaxshi sifatli robusta loviyalari anʼanaviy italyan espressolari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, robusta diuretik, antioksidant, antipiretik va spazmolik astmani engillashtiradigan vosita sifatida ishlatiladi[22][23].

Manbalar

tahrir
  1. J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. 
  2. R Urgert and M B Katan (1 November 1996). "The cholesterol-raising factor from coffee beans.". Journal of the Royal Society of Medicine 89 (11): 618–623. doi:10.1177/014107689608901107. PMID 9135590. PMC 1295997. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1295997. 
  3. Gaia Vince (16 November 2005). "Decaffeinated coffee may be harmful to heart". New Scientist. https://www.newscientist.com/article/dn8328-decaffeinated-coffee-may-be-harmful-to-heart/. 
  4. J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. 
  5. Mark Nesbitt. The Cultural History of Plants. Taylor & Francis, 2005 — 176–177-bet. ISBN 978-0-203-02090-6. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. 
  6. „Understanding the Difference: Arabica vs Robusta“. The Coffee Barrister (2016-yil 31-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
  7. Benoit Daviron. The Coffee Paradox: Global Markets, Commodity Trade and the Elusive Promise of Development. Zed Books, 2005 — 51-bet. ISBN 978-1-84277-457-1. 
  8. Adolf, Engler; Germany), Königlicher Botanischer Garten (Berlin; Germany), Königliches Botanisches Museum (Berlin (1895–1918) (en). Notizblatt des Königl. Botanischen Gartens und Museums zu Berlin. bd.1 (1895–1897). In Commission bei Wilhelm Engelmann. https://www.biodiversitylibrary.org/page/28795724#page/279/mode/1up. 
  9. von, Linné, Carl; Lars, Salvius (1753) (en). Caroli Linnaei ... Species plantarum. 1. Impensis Laurentii Salvii. https://www.biodiversitylibrary.org/page/358191#page/184/mode/1up. 
  10. Mark Nesbitt. The Cultural History of Plants. Taylor & Francis, 2005 — 176–177-bet. ISBN 978-0-203-02090-6. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. 
  11. „World Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew“ (en-GB). apps.kew.org. 2011-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
  12. Penarredonda. „The disease that could change how we drink coffee“. BBC: In depth, Food (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
  13. J. Dagoon. Agriculture & Fishery Technology Iv. Rex Bookstore, Inc., 2005 — 58-bet. ISBN 9789712342233. Qaraldi: 2011-yil 22-iyul. J. Dagoon (2005).
  14. Vignoli, J. A.; Bassoli, D. G.; Benassi, M. T. (2011). "Antioxidant activity, polyphenols, caffeine and melanoidins in soluble coffee: The influence of processing conditions and raw material". Food Chemistry 124 (3): 863–868. doi:10.1016/j.foodchem.2010.07.008. 
  15. Penarredonda. „The disease that could change how we drink coffee“. BBC: In depth, Food (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
  16. „Coffee: World Markets and Trade“. United States Department of Agriculture – Foreign Agricultural Service (2019-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  17. A. Rami Horowitz. Insect pest management: field and protected crops. Springer, 2004 — 41-bet. ISBN 978-3-540-20755-9. Qaraldi: 2011-yil 23-avgust. 
  18. 18,0 18,1 18,2 „Coffee: World Markets and Trade“. United States Department of Agriculture – Foreign Agricultural Service (2019-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  19. 19,0 19,1 Miyanari, Walter. Aloha Coffee Island. Savant Books & Publications, 2008 — 7-bet. ISBN 978-0-615-18348-0. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr. 
  20. Andrew J. Taylor, Robert Linforth. Food Flavour Technology. John Wiley and Sons, 2010 — 68-bet. ISBN 978-1-4443-1778-7. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr. 
  21. Wintgens, Jean Nicolas. Coffee: Growing, Processing, Sustainable Production: A Guidebook for Growers. Wiley-VCH, 2009 — 799-bet. ISBN 978-3-527-32286-2. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  22. Reynolds. „Robusta's Rehab“. CoffeeGeek. Coffee Geek (2006-yil 1-fevral). 2007-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.
  23. Robertson, Carol. The Little Book of Coffee Law. American Bar Association, 2010 — 52-bet. ISBN 978-1-60442-985-5. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.