Colin Fraser (talaffuzi: Kolin Freyzer) (1985-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Colin Fraser Milliy xokkey ligasida „Chicago Blackhawks“, „Edmonton Oilers“, "Los Angeles Kings' va „St. Louis Blues“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.

Colin Fraser
Fraser Los Angeles Kings klubida 2012-yil
Tugʻilgan joyi 28-yanvar 1985-yil (1985-01-28) (39 yosh)
Sicamous, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 193 lb (88 kg; 13 st 11 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Chicago Blackhawks
Edmonton Oilers
Los Angeles Kings
St. Louis Blues
Thomas Sabo Ice Tigers
NHLga kirish drafti 69-oʻrindagi tanlov, 2003
Philadelphia Flyers
Jamoalardagi faoliyat 2005—2015

Oʻyin faoliyati tahrir

Colin Fraser Sicamous shahrida tugʻilgan, ammo Britaniya Kolumbiyasining Surrey shahrida oʻsgan. Colin Fraser toʻrt yil davomida „Red Deer Rebels“ xokkey klubi bilan Gʻarbiy xokkey ligasida (WHL) asosiy oʻyinchi sifatida faoliyat olib borgan[1]. Shundan soʻng, Colin Fraser 2003-yilgi NHL kirish loyihasidaPhiladelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 69-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Colin Fraser 2004-yil 19-fevralda James Vandermeer bilan birga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga sotildi.

2004—2005-yillarda professionalga aylangan Colin Fraser Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Norfolk Admirals“ xokkey klubi safida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Shundan keyin, Colin Fraser 2006—2007-yillarda „Blackhawks“ xokkey klubi bilan NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

2009—2010-yilgi mavsumda Colin Fraser „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. 2010-yil 24-iyun kuni Colin Fraserning „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilishi eʼlon qilindi[2].

2014-yil 5-sentyabrda „St. Louis Blues“ xokkey jamoasi Colin Fraser bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[3]. Colin Fraser klubninig oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatanashganidan soʻng, klubning AHL boʻlimi boʻlgan „Chicago Wolves“ xokkey klubi safiga tayinlandi. 2014-yilning 31-dekabrida Colin Fraser „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga chaqirib olindi.

2015-yil 16-iyun kuni Colin Fraser faoliyatini Yevropada davom ettirish uchun Germaniya klubi, Deutsche Eishockey LiganingThomas Sabo Ice Tigers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4]. 2015-yil 18-noyabrda Colin Fraser shaxsiy sabablarga koʻra professional xokkeyni darhol tark etishini eʼlon qildi[5].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Colin Fraser 2005-yilda Grand Forksda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi. Colin Fraser musobaqada oltita oʻyinda besh ochko toʻpladi va Kanadaga finalda Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2000—2001 Port Coquitlam Buckaroos PIJHL 38 16 24 40 90 8 2 2 4 21
2001—2002 Red Deer Rebels WHL 67 11 31 42 126 23 2 1 3 39
2002—2003 Red Deer Rebels WHL 69 15 37 52 192 22 7 6 13 40
2003—2004 Red Deer Rebels WHL 70 24 29 53 174 19 5 9 14 24
2004—2005 Red Deer Rebels WHL 63 24 43 67 148 7 2 5 7 8
2004—2005 Norfolk Admirals AHL 3 0 0 0 20 6 1 0 1 2
2005—2006 Norfolk Admirals AHL 73 12 13 25 145 4 0 0 0 7
2006—2007 Norfolk Admirals AHL 67 12 24 36 158 6 1 0 1 21
2006—2007 Chicago Blackhawks NHL 1 0 0 0 2
2007—2008 Rockford IceHogs AHL 75 17 24 41 165 12 1 2 3 28
2007—2008 Chicago Blackhawks NHL 5 0 0 0 7
2008—2009 Chicago Blackhawks NHL 81 6 11 17 55 2 0 0 0 2
2009—2010 Chicago Blackhawks NHL 70 7 12 19 44 3 0 0 0 0
2010—2011 Edmonton Oilers NHL 67 3 2 5 60
2011—2012 Los Angeles Kings NHL 67 2 6 8 67 18 1 1 2 4
2012—2013 Los Angeles Kings NHL 34 2 5 7 25 16 0 2 2 10
2013—2014 Los Angeles Kings NHL 33 0 2 2 30
2013—2014 Manchester Monarchs AHL 10 3 3 6 4
2014—2015 Chicago Wolves AHL 59 9 8 17 67 5 1 0 1 4
2014—2015 St. Louis Blues NHL 1 0 0 0 0
2015—2016 Thomas Sabo Ice Tigers DEL 17 0 5 5 69
AHL jami 289 53 72 125 559 33 4 2 6 62
NHL jami 359 20 38 58 290 39 1 3 4 16

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2002-yil Kanada U17   6 1 0 1 6
2002-yil Kanada U18   5 2 1 3 4
2005-yil Kanada WJC   6 1 4 5 2
Jami 17 4 5 9 12

Manbalar tahrir

  1. „From Vipers to Hawks, they're still together“. Vancouver Sun (2009-yil 7-fevral). 2009-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Oilers land Colin Fraser“. The Globe and Mail.
  3. Yerdon. „Blues sign Colin Fraser — one-year two-way deal“. Pro Hockey Talk. NBC Sports (2014-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 5-sentyabr.
  4. „Two time Stanley Cup winner Fraser is coming to Nurnberg“ (German). Thomas Sabo Ice Tigers (2015-yil 16-iyun). 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  5. „Colin Fraser ends his hockey career“ (German). Thomas Sabo Ice Tigers (2015-yil 18-noyabr). 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.