Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi (xalq orasida Team Kanada nomi bilan tanilgan) (fransuzcha: Équipe Canada) Kanada sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiluvchi xokkey jamoasidir. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasini Xalqaro Xokkey Federatsiyasi aʼzosi Kanada xokkeyi tashkiloti nazorat qiladi. 1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining xalqaro vakolatlari Kanadadagi katta havaskor klub jamoalari tomonidan amalga oshirildi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1963-yilda David Bauer tomonidan Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasining bir qismi sifatida tashkil etilgan[1]. "Team Kanada" nomi birinchi marta 1972-yilgi Sammit seriyasi oʻyinlari uchun ishlatilgan (Bu nom oʻshandan beri Kanada milliy erkaklar va ayollar terma jamoalariga murojaat qilish uchun tez-tez ishlatiladi).
Kanada xokkey boʻyicha xalqaro oʻyinlarda yetakchi milliy terma jamoa hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1972-yilda Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga qarshi Sammitlar seriyasida gʻalaba qozongan edi. 1976-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi toʻrtta Kanada kubogini qoʻlga kiritgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi jami xokkey boʻyicha ikki marta Jahon kubogi, toʻqqizta Olimpiada oltin medali va 27 marta xokkey boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Kanada xokkey boʻyicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli milliy terma jamoalardan biri hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi Rossiya, AQSh, Shvetsiya, Finlandiya va Chexiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan bir qatorda eng kuchli erkaklar xokkey davlatlarining norasmiy guruhi boʻlgan „Katta oltilik“ tarkibiga kiradi[2].
Tarixi
tahrirXokkey Kanadaning milliy qishki sport turi hisoblanadi[3] va kanadaliklar oʻyinga juda ishtiyoqlidir. Kanada birinchi marta xalqaro miqyosda 1910-yilgi Yevropa chempionatida Oxford universitetining xokkey jamoasi „Oxford Canadians“ klubi sifatida ishtirok etdi. Bu xokkey klubi 1912-yilgi Jahon chempionatida yana Kanada sharafni himoya qilishdi.
1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi vakili boʻlgan katta havaskor klub jamoalari odatda Allan kubogi chempioni boʻlishgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi vakolati doirasida xokkey boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan soʻnggi havaskor klub jamoasi (1961-yilda) „Trail Smoke Eaters“ xokkey klubi edi. Kanada sharafini qaysi jamoa vakil sifatida himoya qilishini tanlash mas’uliyati Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi (CAHA) kotib-menejeriga tegishli edi. Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi kotib-menejeri 1947-yildan 1960-yilgacha George Dudley va 1960-yildan 1963-yilgacha Gordon Juckeslar boʻlishgan[4].
1963-yilgi Jahon chempionatidan soʻng David Bauer doimiy muassasa sifatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga asos solgan. Yangi doimiy terma jamoa birinchi boʻlib xokkey boʻyicha 1964-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi uchun bu oʻyinlardagi asosiy maqsad hisobni oshirish oʻrniga kuchsiz davlatlarga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozonish edi[5]. Jahon chempionati yakunida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi Chexoslovakiya va Shvetsiya terma jamoalaridan keyin bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1954-yilda xalqaro musobaqalarga qoʻshilishidan oldin Kanada terma jamoasi xalqaro xokkey boʻyicha ustunlik qilib, Olimpiada oʻyinlarida yettita oltindan oltitasini va Jahon chempionatida 10 oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 50 yil davomida Qishki Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kirita olmadi va 1962-yildan 1993-yilgacha birorta ham xokkey boʻyicha jahon chempionatlarida gʻalaba qozona olmadi. Bu qisman Kanadaning eng yaxshi professional xokkeychilari Milliy xokkey ligasi klublari bilan majburiyatlari boʻlganligi sababli ushbu tadbirlarda qatnasha olmagani uchun deb izohlandi.
Kanada 1970-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1977-yilda IIHF prezidenti Sabetzki va Kanada va Qoʻshma Shtatlardagi professional xokkeyning yuqori mansabdor shaxslari oʻrtasidagi bir qator muzokaralardan soʻng IIHFga qaytdi. Bu muzokaralar natijasida, professional xokkeychilarga Jahon chempionatida qatnashish uchun ruxsat beriladigan boʻldi. Yana muzokaralarda, Stanley kubogi pley-off bosqichidan chiqarib yuborilgan NHL jamoalari orasidan koʻproq oʻyinchilar mavjudligini taʼminlash uchun turnir yil oxirida rejalashtirilgan boʻldi. Buning evaziga Shimoliy Amerika hududida Kanada, AQSh va Yevropaning eng kuchli toʻrtta terma jamoalari, jumladan, professionallar ishtirokida „Kanada kubogi“ uchun musobaqa har toʻrt yilda oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.
1983-yilda Kanada xokkeyi „Mukammallik dasturi“ ni boshladi. Dasturning maqsadi har toʻrt yilda bir marta qishki Olimpiada oʻyinlariga jamoa tayyorlash edi. Ushbu dasturdagi yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi butun dunyoda milliy va klub jamoalariga qarshi toʻliq mavsum oʻynadi. 1986-yilda Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi professional sportchilarning 1988-yildan boshlab Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishiga ruxsat berish uchun ovoz berdi[6]. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga NHL tajribasiga ega boʻlgan faxriy mutaxassislar va baʼzi hollarda shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarda qatnashgan hozirgi NHLchilar qoʻshildi. Ushbu dastur 1998-yilda toʻxtatildi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 33 yil davomida oltin medalni qoʻlga kiritmaganidan keyin 1994-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻshandan beri Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1997, 2003, 2004, 2007, 2015, 2016 va 2021-yillarda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 2002-yilda Salt Lake Cityda 50 yil ichida birinchi Olimpiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi. Undan soʻng, 2010-yildagi Vankuverda oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi finalda AQSh terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[7]. 2012-yilda Finlandiya va Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ryan Murrey xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Kanada vakili bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan birinchi oʻyinchi bo‘ldi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 2014-yilgi Sochida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining tinimsiz hujumkor bosimi va boʻgʻuvchi himoyasi 2014-yilgi shakllantirilgan terma jamoani Kanada terma jamoasida yigʻilgan eng yaxshi, eng mukammal jamoa sifatida maqtovga sazovor boʻlishiga olib keldi[8].
Bosh direktor Jim Nill, bosh murabbiy Todd McLellan va kapitan Sidney Crosbyning Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga tufayli Kanada 2015-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yil reglamentdagi 10 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining har bir ishtirokchisi 1 million Shveysariya franki bonus mukofotiga sazovor boʻldi[9]. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi aʼzolari musobaqada 10 ta oʻyinda 66 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari uchligiga kirdi: Jason Spezza, Jordan Eberle va Taylor Hall. Bu g‘alaba Kanadaning 2010-yildan beri birinchi marta IIHF jahon reytingida birinchi o‘ringa qaytishini taʼminladi[10].
1920-yildan 1963-yilgacha Kanada milliy xokkey terma jamoasini ifodalovchi jamoalar roʻyxati
tahrirTadbir | Jamoa | Joy | |
---|---|---|---|
1920-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari | Winnipeg Falcons | Vinnipeg, Manitoba | |
1924-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari | Toronto Granites | Toronto, Ontario | |
1928-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari | University of Toronto | Toronto, Ontario | |
1930-yilgi Jahon chempionati | Toronto CCMs | Toronto, Ontario | |
1931-yilgi Jahon chempionati | University of Manitoba | Vinnipeg, Manitoba | |
1932-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari | Winnipeg Hockey Club | Vinnipeg, Manitoba | |
1933-yilgi Jahon chempionati | Toronto National Sea Fleas | Toronto, Ontario | |
1934-yilgi Jahon chempionati | Saskatoon Quakers | Saskatun, Saskachevan | |
1935-yilgi Jahon chempionati | Winnipeg Monarchs | Vinnipeg, Manitoba | |
1936-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari | Port Arthur Bearcats | Port Artur, Ontario | |
1937-yilgi Jahon chempionati |
|
Kimberley, Britaniya Kolumbiyasi | |
1938-yilgi Jahon chempionati | Sudbury Wolves | Sadberi, Ontario | |
1939-yilgi Jahon chempionati | Trail Smoke Eaters | Trail, Britaniya Kolumbiyasi | |
Jahon chempionati 1940-yildan 1946-yilgacha Ikkinchi jahon urushi davrida oʻtkazilmagan. | |||
1947-yilgi Jahon chempionati | Ishtirok etmadi | ||
1948-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari | Ottawa RCAF Flyers | Ottava, Ontario | |
1949-yilgi Jahon chempionati | Sudbury Wolves | Sadberi, Ontario | |
1950-yilgi Jahon chempionati | Edmonton Mercurys | Edmonton, Alberta | |
1951-yilgi Jahon chempionati | Lethbridge Maple Leafs | Lethbridge, Alberta | |
1952-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari | Edmonton Mercurys | Edmonton, Alberta | |
1953-yilgi Jahon chempionati | Ishtirok etmadi | ||
1954-yilgi Jahon chempionati | East York Lyndhursts | Sharqiy York, Ontario | |
1955-yilgi Jahon chempionati | Penticton Vees | Penticton, Britaniya Kolumbiyasi | |
1956-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlari | Kitchener-Waterloo Dutchmen | Kitchener — Waterloo, Ontario | |
1957-yilgi Jahon chempionati | Ishtirok etmadi | ||
1958-yilgi Jahon chempionati | Whitby Dunlops | Whitby, Ontario | |
1959-yilgi Jahon chempionati | Belleville McFarlands | Belleville, Ontario | |
1960-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlari | Kitchener-Waterloo Dutchmen | Kitchener- Waterloo, Ontario | |
1961-yilgi Jahon chempionati | Trail Smoke Eaters | Trail, Britaniya Kolumbiyasi | |
1962-yilgi Jahon chempionati | Galt Terriers | Galt, Ontario | |
1963-yilgi Jahon chempionati | Trail Smoke Eaters | Trail, Britaniya Kolumbiyasi |
Olimpiada oʻyinlari
tahrir1920-1968-yillardagi xokkey boʻyicha barcha Olimpiada oʻyinlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan[11].
Oʻyinlar | Vakil jamoalar | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Durang | Murabbiy | Bosh murabbiy | Sardor | Oʻrin | Ref. |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1920 Antwerp | Winnipeg Falcons | 3 | 3 | 0 | 0 | Gordon Sigurjonsson | H. A. Axford | Frank Fredrickson | 1-oʻrin | [12] |
1924 Chamonix | Toronto Granites | 5 | 5 | 0 | 0 | Frank Rankin | William Hewitt | Dunc Munro | 1-oʻrin | [13] |
1928 St. Moritz | University of Toronto Grads | 3 | 3 | 0 | 0 | Conn Smythe | William Hewitt | John Porter | 1-oʻrin | [14] |
1932 Lake Placid | Winnipeg Hockey Club | 6 | 5 | 0 | 1 | Jack Hughes | Lou Marsh | William Cockburn | 1-oʻrin | [15] |
1936 Garmisch-Partenkirchen | Port Arthur Bearcats | 8 | 7 | 1 | 0 | Al Pudas | Malcolm Cochrane | Herman Murray | 2-oʻrin | [16] |
1948 St. Moritz | Ottawa RCAF Flyers | 8 | 7 | 0 | 1 | Frank Boucher | Sandy Watson | George Mara | 1-oʻrin | [17] |
1952 Oslo | Edmonton Mercurys | 8 | 7 | 0 | 1 | Lou Holmes | Jim Christianson | Billy Dawe | 1-oʻrin | [18] |
1956 Cortina d’Ampezzo | Kitchener-Waterloo Dutchmen | 8 | 6 | 2 | 0 | Bobby Bauer | Ernie Goman | Jack McKenzie | 3-oʻrin | [19] |
1960 Squaw Valley | Kitchener-Waterloo Dutchmen | 7 | 6 | 1 | 0 | Bobby Bauer | Ernie Goman | Harry Sinden | 2-oʻrin | [20] |
1964 Innsbruck | Milliy terma jamoa | 7 | 5 | 2 | 0 | David Bauer | Bob Hindmarch | Hank Akervall | 4-oʻrin | [21] |
1968 Grenoble | Milliy terma jamoa | 7 | 5 | 2 | 0 | Jackie McLeod | David Bauer | Marshall Johnston | 3-oʻrin | [22] |
1972 Sapporo | Ishtirok etmadi | |||||||||
1976 Innsbruck | ||||||||||
1980 Lake Placid | Milliy terma jamoa | 6 | 3 | 3 | 0 | Clare Drake | Rick Noonan | Randy Gregg | 6-oʻrin | [23] |
1984 Sarajevo | Milliy terma jamoa | 7 | 4 | 3 | 0 | Dave King | Dave King | Dave Tippett | 4-oʻrin | [24] |
1988 Calgary | Milliy terma jamoa | 8 | 5 | 2 | 1 | Dave King | Dave King | Trent Yawney | 4-oʻrin | [25] |
1992 Albertville | Milliy terma jamoa | 8 | 6 | 2 | 0 | Dave King | Dave King | Brad Schlegel | 2-oʻrin | [26] |
1994 Lillehammer | Milliy terma jamoa | 8 | 5 | 2 | 1 | Tom Renney | George Kingston | Fabian Joseph | 2-oʻrin | [27] |
1998 Nagano | 6 | 4 | 2 | 0 | Marc Crawford | Bobby Clarke | Eric Lindros | 4-oʻrin | [28] | |
2002 Salt Lake City | 6 | 4 | 1 | 1 | Pat Quinn | Wayne Gretzky | Mario Lemieux | 1-oʻrin | ||
2006 Turin | 6 | 3 | 3 | 0 | Pat Quinn | Wayne Gretzky | Joe Sakic | 7-oʻrin | ||
2010 Vankuver | 7 | 6 | 1 | — | Mike Babcock | Steve Yzerman | Scott Niedermayer | 1-oʻrin | [29] | |
2014 Sochi | 6 | 6 | 0 | — | Mike Babcock | Steve Yzerman | Sidney Crosby | 1-oʻrin | ||
2018 Pyeongchang | Milliy terma jamoa | 6 | 4 | 2 | — | Willie Desjardins | Sean Burke | Chris Kelly | 3-oʻrin | |
2022 Pekin | Milliy terma jamoa | 5 | 3 | 2 | — | Claude Julien | Shane Doan | Eric Staal | 6-oʻrin |
Jahon chempionatlari
tahrir1920-yildan 1968-yilgacha boʻlgan barcha xokkey boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiada turnirlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan[11]. Jahon chempionatlari 1940-yildan 1946-yilgacha, ikkinchi jahon urushi paytida va 1980, 1984 yoki 1988-yillardagi qishki Olimpiada yillarida vaqtida oʻtkazilmagan[11]. 2020-yilgi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan[30].
Yil | Joy | Natija |
---|---|---|
1920 | Antverpen, Belgiya | Oltin |
1924 | Chamonix, Fransiya | Oltin |
1928 | St. Moritz, Shvetsiya | Oltin |
1930 | Chamonix, Fransiya / Berlin, Germaniya / Vena, Avstriya | Oltin |
1931 | Krinitsa, Polsha | Oltin |
1932 | Lake Placid, New York, AQSH | Oltin |
1933 | Praga, Chexoslovakiya | Kumush |
1934 | Milan, Italiya | Oltin |
1935 | Davos, Shvetsiya | Oltin |
1936 | Garmisch-Partenkirchen, Germaniya | Kumush |
1937 | London, Birlashgan Qirollik | Oltin |
1938 | Prague, Chexoslovakiya | Oltin |
1939 | Zürich / Basel, Shvetsiya | Oltin |
Jahon chempionati 1940-yildan 1946-yilgacha Ikkinchi jahon urushi davrida oʻtkazilmagan. | ||
Ishtirok etmadi | ||
1948 | St. Moritz, Shvetsiya | Oltin |
1949 | Stokgolm,Shvetsiya | Kumush |
1950 | London, Birlashgan Qirollik | Oltin |
1951 | Paris, Fransiya | Oltin |
1952 | Oslo, Norvegiya | Oltin |
Ishtirok etmadi | ||
1954 | Stokgolm,Shvetsiya | Kumush |
1955 | Krefeld / Dortmund / Cologne, Germaniya | Oltin |
1956 | Cortina d’Ampezzo, Italiya | Bronza |
Ishtirok etmadi | ||
1958 | Oslo, Norvegiya | Oltin |
1959 | Praga/ Bratislava, Chexoslovakiya | Oltin |
1960 | Squaw Valley, California, AQSH | Kumush |
1961 | Geneva / Lausanne, Shvetsiya | Oltin |
1962 | Colorado Springs / Denver, Colorado, AQSH | Kumush |
1963 | Stokgolm,Shvetsiya | 4-oʻrin |
1964 | Innsbruck, Avstriya | 4-oʻrin |
1965 | Tampere, Finlandiya | 4-oʻrin |
1966 | Ljubljana, Yugoslavia | Bronza |
1967 | Venna, Avstriya | Bronza |
1968 | Grenoble, Fransiya | Bronza |
1969 | Stokgolm,Shvetsiya | 4-oʻrin |
Ishtirok etmadi | ||
1977 | Vena, Avstriya | 4-oʻrin |
1978 | Praga, Chexoslovakiya | Bronza |
1979 | Moskva, Sovet Ittifoqi | 4-oʻrin |
1981 | Gothenburg / Stokgolm,Shvetsiya | 4-oʻrin |
1982 | Helsinki / Tampere, Finlandiya | Bronza |
1983 | Düsseldorf / Dortmund / Munich, Germaniya | Bronza |
1985 | Praga, Chexoslovakiya | Kumush |
1986 | Moskva, Sovet Ittifoqi | Bronza |
1987 | Vena, Avstriya | 4-oʻrin |
1989 | Stokgolm / Södertälje,Shvetsiya | Kumush |
1990 | Bern / Fribourg, Shvetsiya | 4-oʻrin |
1991 | Turku / Helsinki / Tampere, Finlandiya | Kumush |
1992 | Praga/ Bratislava, Chexoslovakiya | 8-oʻrin |
1993 | Dortmund / Munich, Germaniya | 4-oʻrin |
1994 | Bolzano / Canazei / Milan, Italiya | Oltin |
1995 | Stokgolm / Gävle,Shvetsiya | Bronza |
1996 | Vena, Avstriya | Kumush |
1997 | Helsinki / Turku / Tampere, Finlandiya | Oltin |
1998 | Zürich / Basel, Shvetsiya | 6-oʻrin |
1999 | Oslo / Lillehammer / Hamar, Norvegiya | 4-oʻrin |
2000 | Sankt-Peterburg, Rossiya | 4-oʻrin |
2001 | Cologne / Hanover / Nuremberg, Germaniya | 5-oʻrin |
2002 | Gothenburg / Karlstad / Jönköping,Shvetsiya | 6-oʻrin |
2003 | Helsinki / Tampere / Turku, Finlandiya | Oltin |
2004 | Praga/ Ostrava, Chexiya | Oltin |
2005 | Innsbruck / Vena, Avstriya | Kumush |
2006 | Riga,Latviya | 4-oʻrin |
2007 | Moskva/ Mytishchi, Rossiya | Oltin |
2008 | Quebec City / Halifax, Kanada | Kumush |
2009 | Bern / Kloten, Shvetsiya | Kumush |
2010 | Cologne / Mannheim / Gelsenkirchen, Germaniya | 7-oʻrin |
2011 | Bratislava / Košice, Slovakiya | 5-oʻrin |
2012 | Helsinki, Finlandiya / Stokgolm,Shvetsiya | 5-oʻrin |
2013 | Stokgolm,Shvetsiya / Helsinki, Finlandiya | 5-oʻrin |
2014 | Minsk,Belarussiya | 5-oʻrin |
2015 | Praga/ Ostrava, Chexiya | Oltin |
2016 | Moskva/ Sankt-Peterburg, Rossiya | Oltin |
2017 | Cologne, Germaniya / Paris, Fransiya | Kumush |
2018 | Copenhagen / Herning, Daniya | 4-oʻrin |
2019 | Bratislava / Košice, Slovakiya | Kumush |
2021 | Riga,Latviya | Oltin |
2022 | Tampere / Helsinki, Finlandiya | Kumush |
Kanada kubogi / Xokkey boʻyicha Jahon kubogi
tahrir- 1976-yil- Chempion
- 1981-yil- Ikkinchi oʻrin
- 1984-yil- Chempion
- 1987-yil- Chempion
- 1991-yil- Chempion
- 1996-yil- Ikkinchi oʻrin
- 2004-yil- Chempion
- 2016-yil- Chempion
Sammit seriyasi
tahrir- 1972-yil- Gʻolib
- 1974-yil- Ikkinchi oʻrin
Spengler kubogi
tahrirSpengler kubogida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi har yili Vaillant Arenada turnirga mezbonlik qiladigan HC Davos kabi Yevropa klublari jamoalariga qarshi kurashadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi dastlab ushbu tadbirda doimiy milliy terma jamoa oʻyinchilari ishtirokida qatnashgan, ammo keyinchalik odatda Yevropa ligalarida yoki Amerika Xokkey Ligasida oʻynaydigan kanadaliklardan iborat yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan ishtirok eta boshlagan. 2019-yilda Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi oʻzining 16-Spengler kubogini qoʻlga kiritdi.
Natijalar | Yillar |
---|---|
Gʻolib | 1984, 1986, 1987, 1992, 1995, 1996, 1997, 1998, 2002, 2003, 2007, 2012, 2015, 2016 , 20 |
Ikkinchi o‘rin | 1985, 1988, 1990, 2000, 2001, 2005, 2006, 2008, 2010, 2018 |
Uchinchi oʻrin | 1989, 1991, 1994, 1999, 2004, 2009 |
Jamoa
tahrirJoriy roʻyxat
tahrir2022 IIHF jahon chempionati uchun roʻyxat[31].
Bosh murabbiy: Claude Julien[32]
Raq | Pozitsiyasi | Ismi | Boʻyi | Ogʻitligi | Tugʻilgan sanasi va yoshi | Jamoa |
---|---|---|---|---|---|---|
2 | Himoyachi | Zach Whitecloud | 1.88 m (6 ft 2 in) | 95 kg (209 lb) | 28-noyabr 1996-yil | Vegas Golden Knights |
5 | Himoyachi | Nick Holden | 1.93 m (6 ft 4 in) | 97 kg (214 lb) | 15-may 1987-yil | Ottawa Senators |
6 | Himoyachi | Travis Sanheim | 1.93 m (6 ft 4 in) | 91 kg (201 lb) | 29-mart 1996-yil | Philadelphia Flyers |
10 | Hujumchi | Nicolas Roy | 1.93 m (6 ft 4 in) | 92 kg (203 lb) | 5-fevral 1997-yil | Vegas Golden Knights |
13 | Hujumchi | Mathew Barzal | 1.85 m (6 ft 1 in) | 85 kg (187 lb) | 26-may 1997-yil | New York Islanders |
16 | Hujumchi | Morgan Geekie | 1.91 m (6 ft 3 in) | 87 kg (192 lb) | 20-iyul 1998-yil | Seattle Kraken |
17 | Hujumchi | Adam Lowry | 1.95 m (6 ft 5 in) | 97 kg (214 lb) | 29-mart 1993-yil | Winnipeg Jets |
18 | Hujumchi | Dawson Mercer | 1.83 m (6 ft 0 in) | 82 kg (181 lb) | 27-oktyabr 2001-yil | New Jersey Devils |
19 | Hujumchi | Drake Batherson | 1.88 m (6 ft 2 in) | 85 kg (187 lb) | 27-aprel 1998-yil | Ottawa Senators |
22 | Hujumchi | Eric O'Dell | 1.85 m (6 ft 1 in) | 91 kg (201 lb) | 21-iyun 1990-yil | Dynamo Moscow |
24 | Hujumchi | Dylan Cozens | 1.91 m (6 ft 3 in) | 85 kg (187 lb) | 9-fevral 2001-yil | Buffalo Sabres |
28 | Himoyachi | Damon Severson | 1.88 m (6 ft 2 in) | 93 kg (205 lb) | 7-avgust 1994-yil | New Jersey Devils |
33 | Himoyachi | Ryan Graves | 1.95 m (6 ft 5 in) | 100 kg (220 lb) | 21-may 1995-yil | New Jersey Devils |
34 | Hujumchi | Cole Sillinger | 1.83 m (6 ft 0 in) | 85 kg (187 lb) | 16-may 2003-yil | Columbus Blue Jackets |
36 | Darvozabon | Logan Thompson | 1.91 m (6 ft 3 in) | 82 kg (181 lb) | 25-fevral 1997-yil | Vegas Golden Knights |
44 | Hujumchi | Max Comtois | 1.89 m (6 ft 2 in) | 98 kg (216 lb) | 8-yanvar 1999-yil | Anaheim Ducks |
60 | Darvozabon | Chris Driedger | 1.93 m (6 ft 4 in) | 94 kg (207 lb) | 18-may 1994-yil | Seattle Kraken |
61 | Himoyachi | Dysin Mayo | 1.88 m (6 ft 2 in) | 88 kg (194 lb) | 17-avgust 1996-yil | Arizona Coyotes |
72 | Himoyachi | Thomas Chabot — C | 1.88 m (6 ft 2 in) | 89 kg (196 lb) | 30-yanvar 1997-yil | Ottawa Senators |
73 | Hujumchi | Noah Gregor | 1.90 m (6 ft 3 in) | 86 kg (190 lb) | 28-iyul 1998-yil | San Jose Sharks |
77 | Hujumchi | Josh Anderson — A | 1.88 m (6 ft 2 in) | 91 kg (201 lb) | 7-may 1994-yil | Montreal Canadiens |
80 | Hujumchi | Pierre-Luc Dubois — A | 1.91 m (6 ft 3 in) | 94 kg (207 lb) | 24-iyun 1998-yil | Winnipeg Jets |
90 | Darvozabon | Matt Tomkins | 1.92 m (6 ft 4 in) | 92 kg (203 lb) | 19-iyun 1994-yil | Frölunda HC |
93 | Hujumchi | Kent Johnson | 1.85 m (6 ft 1 in) | 76 kg (168 lb) | 18-oktyabr 2002-yil | Columbus Blue Jackets |
Murabbiylar
tahrirXokkey boʻyicha Kanada erkaklar milliy terma jamoasi murabbiylari roʻyxati.
- Olimpiada
- Gordon Sigurjonsson, 1920
- Frank Rankin, 1924
- Conn Smythe, 1928
- Jack Hughes, 1932
- Al Pudas, 1936
- Sgt. Frank Boucher, 1948
- Louis Holmes, 1952
- Bobby Bauer, 1956, 1960
- Father David Bauer, 1964
- Jackie McLeod, 1968
- Clare Drake, 1980
- Dave King, 1984, 1988, 1992
- Tom Renney, 1994
- Marc Crawford, 1998
- Pat Quinn, 2002, 2006
- Mike Babcock, 2010, 2014
- Willie Desjardins, 2018
- Claude Julien, 2022
- Sammit seriyasi, Kanada kubogi, Jahon kubogi
- Harry Sinden, 1972 Sammit seriyasi
- Bill Harris, 1974 Sammit seriyasi
- Scotty Bowman, 1976, 1981 Kanada kubogi
- Glen Sather, 1984 Kanada kubogi, 1996 Jahon kubogi
- Mike Keenan, 1987, 1991 Kanada kubogi
- Pat Quinn, 2004 Jahon kubogi
- Mike Babcock, 2016 Jahon kubogi
- Jahon chempionlari
- Les Allen, 1930
- Blake Wilson, 1931
- Harold Ballard, 1933
- Johnny Walker, 1934
- Scotty Oliver, 1935
- John Achtzener, 1937
- Max Silverman, 1938, 1949
- Elmer Piper, 1939
- Jimmy Graham, 1950
- Dick Gray, 1951
- Greg Currie, 1954
- Grant Warwick, 1955
- Sid Smith, 1958
- Ike Hildebrand, 1959
- Bobby Kromm, 1961, 1963
- Lloyd Roubell, 1962
- Gord Simpson, 1965
- Jackie McLeod, 1966, 1967, 1969
- Johnny Wilson, 1977
- Harry Howell, 1978
- Marshall Johnston, 1979
- Don Cherry, 1981
- Red Berenson, 1982
- Dave King, 1983, 1987, 1989, 1990, 1991, 1992
- Doug Carpenter, 1985
- Pat Quinn, 1986
- Mike Keenan, 1993
- George Kingston, 1994
- Tom Renney, 1995, 1996, 2000
- Andy Murray, 1997, 1998, 2003, 2007
- Mike Johnston, 1999
- Wayne Fleming, 2001, 2002
- Mike Babcock, 2004
- Marc Habscheid, 2005, 2006
- Ken Hitchcock, 2008, 2011
- Lindy Ruff, 2009, 2013
- Craig MacTavish, 2010
- Brent Sutter, 2012
- Dave Tippett, 2014
- Todd McLellan, 2015
- Bill Peters, 2016, 2018
- Jon Cooper, 2017
- Alain Vigneault, 2019
- Gerard Gallant, 2021
- Claude Julien, 2022
Kiyim evolyutsiyasi
tahrir-
1994-yilgi Olimpiada oʻyinlari liboslari
-
1998-yilgi Olimpiya formalari, keyinchalik 1998—2001-yillarda IIHF turnirlarida ishlatilgan
-
2008—2014, 2016 IIHF formalari
-
2014-yilgi Olimpiada liboslari
-
IIHF formalari 2014, 2016
-
Centennial IIHF formalari 2015-yil
-
WCH 2016-yil liboslari
-
2017-yildan hozirgacha boʻlgan IIHF formalari
-
2018-yilgi Olimpiada oʻyinlari liboslari
-
IIHF formalari 2018-yil
-
IIHF formalari 2021-yil
-
2022-yilgi Olimpiada oʻyinlari liboslari
-
IIHF formalari 2022-yil
Formalar
tahrir-
1928-yilgi Olimpiada liboslari
-
1936-yilgi olimpiada formalari
-
1964—1969 yilgi Olimpiada va IIHF formalari
-
1980-yilgi Olimpiada liboslari
-
2002—2006-yilgi Olimpiada oʻyinlarining muqobil formalari
-
2007-yilgi IIHF formalari
-
2010-yilgi IIHF muqobil formalari
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Hockey Canada
- ↑ „NHL announces World Cup of Hockey for 2016“ (2015-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
- ↑ „National Sports of Canada Act“ (en). laws-lois.justice.gc.ca. Government of Canada (1994-yil 12-may). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
- ↑ Young, Scott. 100 Years of Dropping the Puck. Toronto, Ontario: McClelland & Stewart Inc., 1989 — 218-bet. ISBN 0-7710-9093-5.
- ↑ Oliver, Greg (2017), p. 120
- ↑ Monsebraaten, Laurie. Players in NHL are now eligible in the Olympics. Toronto Star (1986-yil 15-oktyabr).
- ↑ „Canada win thrilling final gold of Winter Olympics“. BBC Sport (2010-yil 28-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-mart.
- ↑ „Sochi hockey squad one of the greatest Canada has ever iced“. Toronto Sun (2014-yil 23-fevral). Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
- ↑ „Will Canada hit jackpot?“. IIHF. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
- ↑ „Canada wins first hockey worlds gold since 2007“. ESPN (2015-yil 17-may). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Hockey Canada-IIHF World Menʼs championship
- ↑ Podnieks 1997, ss. 1–10
- ↑ Podnieks 1997, ss. 11–22
- ↑ Podnieks 1997, ss. 23–32
- ↑ Podnieks 1997, ss. 33–40
- ↑ Podnieks 1997, ss. 41–52
- ↑ Podnieks 1997, ss. 53–66
- ↑ Podnieks 1997, ss. 67–78
- ↑ Podnieks 1997, ss. 79–88
- ↑ Podnieks 1997, ss. 89–100
- ↑ Podnieks 1997, ss. 101–112
- ↑ Podnieks 1997, ss. 113–124
- ↑ Podnieks 1997, ss. 137–146
- ↑ Podnieks 1997, ss. 147–158
- ↑ Podnieks 1997, ss. 159–172
- ↑ Podnieks 1997, ss. 173–182
- ↑ Podnieks 1997, ss. 183–194
- ↑ Wallechinsky 2002, s. 31
- ↑ Elliott, Helene. „Canada defeats U.S., 3–2, to win gold medal in men's hockey“. Los Angeles Times (2010-yil 28-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-mart.
- ↑ Steiss. „2020 IIHF Ice Hockey World Championship cancelled“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
- ↑ „24 players selected to represent Canada at 2022 IIHF World Championship“. Hockey Canada (2022-yil 9-may).
- ↑ „Team Roster Canada“. iihf.com (2021-yil 15-may).
Adabiyotlar
tahrir- Oliver, Greg. Father Bauer and the Great Experiment: The Genesis of Canadian Olympic Hockey. Toronto, Ontario: ECW Press, 2017. ISBN 978-1-77041-249-1.
- McKinley, Michael. It's Our Game: Celebrating 100 Years Of Hockey Canada. Toronto, Ontario: Viking Press, 2014. ISBN 978-0-670-06817-3.
- Podnieks, Andrew. Canada's Olympic Hockey Teams: The Complete History, 1920–1998. Toronto: Doubleday Canada, 1997. ISBN 0-385-25688-4.
- Wallechinsky, David. The Complete Book of the Winter Olympics, 2002, New York: The Overlook Press, 2002. ISBN 1-58567-185-1.
- Meltzer, Bill NHL.com article on 2007 IIHF World Championship Oltin medal . Retrieved 2008-03-25.