Gelsenkirchen
Gelzenkirxen - Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 294 mingdan ziyod kishi (1990 yillar oʻrtasi). Emsher daryosi va ReynXerne kanali boʻyidagi yirik port. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Rur havzasining eng yirik sanoat markazlaridan biri. Gelsenkirchenda toshkoʻmir qazib chiqarish, kokskimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, oynasozlik, neftdan mahsulotlar olish, toʻqimachilik korxonalari ham bor. Gelsenkirchenda Germaniya konchilik sanoatining boshqarmasi joylashgan. Gigiyena instituti bor. Shahar Rur toshkoʻmir havzasining rivojlanishi munosabati bilan 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Birinchi shaxta 1858 yilda qurilgan[1].
Gelsenkirchen | |
---|---|
Shahar | |
51°31′0″N 7°6′0″E / 51.51667°N 7.10000°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Yer | Shimoliy Reyn-Vestfaliya |
Административный округ | Мюнстер |
Hukumat | |
Frank Baranowski | |
Ilk eslatilishi | 1003 год |
Maydon | 10,484 km2 (4,048 kv mi) |
Balandlik НУМ | 25—95 m |
Aholisi (2010) |
257 981 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 0209 |
Pochta indeks(lar)i | 45801-45899 |
|
Gelsenkirchen Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Myunster tumani tarkibiga kiradi. Maydoni — 104,84 km2. 257 981 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi
tahrirHududi
tahrirGelsenkirchenning hududi 104,94[2][3] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 48 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — Federal Statistical Office.