Krinitsa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krinitsa — Polshadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, NoviSonch togʻlaridan jan.-sharqda, 600 m balandlikda. Iqlimi moʻʼtadil nam, qishi yumshoq quyoshli (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°) va yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°), yiliga 800 mm yogʻin yogʻadi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balchiq bilan davolanadi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab kurort sifatida rivojlangan. Dam olish, turizm va togʻ changʻi sporti markazi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |