Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz tilida gaplashadigan dunyoda eng qadimiy universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet.

Oxford universiteti
Asl nomi inglizcha: University of Oxford)
Shiori lotincha: Dominus illuminatio mea
Asos solingan 1096 dan oldin

Koordinatalari: 51°45′18.000000000009″N 1°15′18″W / 51.75500000000000256°N 1.25500°W / 51.75500000000000256; -1.25500 G O

1096-yili Oksford shahrida tashkil etilgan. Universitetda turli davrlarda John Wycliffe, Thomas More, John Locke, Robert Boyle dars bergan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, matematika, biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiya, antropologiya, geografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan institut va laboratoriyalari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi 1602-yil tashkil etilgan.

Oksford universitetitda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.

Unversitet fakultetlardan, 39 ta kollejdan hamda 5 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.

Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167-yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249-yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.

Oksford kartasi, 1605 – yil Universitetga qabul: Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi Sababi ular o'rtasidagi raqobatdir.

Universitet tuzilishi tahrir

Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan. Bo’linmalar: - Qadimgi tarix; - Filiologiya, lingvistika va fonetika; - Qo’lyozmalar va rassomchilik san’ati; - Ingliz tili va adabiyoti; - O’rta asr va zamonaviy tillar; - Musiqa; - Teologiya; - San’atlar tarixi; - Tibbiyot tarixi; - Antropologiya; - Biokimyo; - Arxeologiya; - Geografiya; - Botanika; - Zoologiya; - Matematika; >br> - Statistika; - Kimyo; - Geologiya; - Muhandislik fani; - Fizika; - Anesteziya; - Kardiologik tibbiyot; - Klinik laboratoriya fani; - Klinik tibbiyot; - Klinik farmokalogiya; - Genetika; - Oftalmologiya; - Pediatriya; - Psixiatriya; - Jarrohlik; - Tajribaviy psixologiya; - Odam anatomiyasi va genetikasi; - Patologiya; - Fiziologiya; - Afrika; - Braziliya; - Zamonaviy Xitoy; - Yaponiya; - Rossiya va Sharqiy Yevropa; - Janubiy Osiyo; - Iqtisodiyot; - Huquq; - Menejment; - Siyosat va xalqaro aloqalar; - Qo’shimcha ta’lim; Oksford faqatgina Universitetgina emas, balki dunyo bo’yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan joy hamdir. Universitet 100dan ortiq kutubxonalar, muzeylar va o’z nashriyotiga ega. 300dan ortiq to’garaklar mavjud. Bulardan tashqari sportga ham kata e’tibor beriladi.