Constance Zimmer

amerikalik aktrisa

Constance Alice Zimmer (1970-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va rejissor. U „Entourage“ (2005—2011) teleserialida Dana Gordon va „Boston Legal“ (2006—2007) teleserialidagi Claire Simms rolini ijro etganligi orqasidan mashhurlikka erishgan. U koʻplab teleseriallarda, xususan, Love Bites (2011) va House of Cards (2013—2018)larda ham koʻrinish bergan.

Constance Zimmer
Tavalludi
Constance Alice Zimmer

11-oktyabr 1970-yil (1970-10-11) (53 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Steve Johnson
(turm. 1999; ajr. 2001)

Russ Lamoureux (turm. 2010)
Bolalari 1 nafar

Yoshligi va taʼlim olishi tahrir

Zimmer Washington shtatining Seattle shahrida sobiq Sharqiy Prussiyadan kelgan nemis migrantlar oilasida tugʻilgan. U nemis tilida ravon gapiradi va 2015-yilda bergan intervyusida ota-onasi bolaligida u bilan ingliz tilida gaplashgan boʻlsa-da, u har yoz olti haftasini Germaniyada, faqat nemis tilida gaplashadigan buvisi bilan oʻtkazganini yodga oladi[1]. Zimmer oʻrta maktab oʻquvchisi sifatida sanʼatga koʻngli tushgandan soʻng oʻzining aktrisalik karyerasini yaratishga qaror qiladi[2]. Oʻrta maktabni tugatgach, u Pasadenadagi Amerika Dramatik Sanʼat Akademiyasiga qabul qilinadi[3].

Faoliyati tahrir

Zimmerning sahnadagi faoliyatini Los Angelesdagi Catholic School Girls spektaklidagi mukofotga sazovor boʻlgan obrazi bilan ifodalashadi. Ushbu roli uchun Zimmer „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Dramalogni qoʻlga kiritgan[4]. Bir nechta milliy reklama roliklarida[3], ayniqsa Duracell uchun rol oʻynaganidan soʻng, u Ellen, Seinfeld, The X-Files, Gideon's Crossing va The King of Queens[3] kabi shoularda mehmon sifatida ishtirok eta boshlaydi. U shuningdek, "The Wayans Bros.", "Hyperion Bay „ va “The Trouble With Normal" filmlarida ham rol oʻynagan. Xuddi shu davrda u „Warm Blooded Killers“ (1999), „Spin Cycle“ (2000) va „Home Room“ (2002) kabi bir nechta mustaqil filmlarda rol ijro etgan[3].

Oxir-oqibat Zimmer oʻzining birinchi teleseriali, NBC komediyasi Good Morning, Miami“da dangasa ofis yordamchisi Penny Barrington rolini gavdalantiradi. Serial bekor qilingandan soʻng, u ikkinchi mavsumni CBS dramasi Joan of Arcadiada bosh qahramonning opasi Lilly Waters rolida oʻtkazadi. Shuningdek, NYPD Blue va Jake in Progressning bir qancha epizodlarida mehmon rolni ijro etadi.

2005-yilda u rejissor Tiffani Thiessen tomonidan suratga olingan „Just Pray“ (2005) qisqa metrajli filmida rol ijro etadi<ref„Biography“. Constance Zimmer official website. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil. „Biography“. Constance Zimmer official website. Archived from the original on 2012-07-30. Retrieved 2013-09-29.</ref>. Ushbu qisqa metajli kartina Tribeca kinofestivaliga qabul qilinadi.

2015-yilda u ABC telekanalida uzatilgan superqahramonlar seriali Agents of S.H.I.E.L.Dning uchinchi mavsumida Rosalind Price rolini ijro etadi. U 2017-yildan beri ABC telekanalining Match Game dasturidada yarim muntazam ravishda hay’at aʼzosi boʻlib kelgan. 

Shaxsiy hayoti tahrir

Zimmer ikki marta turmushga chiqqan. Birinchisi, 1990-yillarning oxirida The Puttermans ishtirokidagi Duracell reklamalarida ishlaganda tanishgan maxsus effektlar rassomi Steve Johnsondir[5].

2008-yil 5-yanvarda Zimmer qizi Collette Zoeni dunyoga keltiradi (uning otasi direktor Russ Lamurdir)[6]. 2010-yil 20-iyunda Zimmer va Lamurning unashtirilgani eʼlon qilinadi[7]. Ular oʻsha yilning oktabr oyida turmush qurishadi[8].

Zimmer xayriya uchun koʻplab mashhur imtiyozlarda qatnashgan. U qoʻllab-quvvatlaydiganlar orasida Make-A-Wish jamg'armasi, Tabiiy resurslarni himoya qilish kengashi va Heifer International kabi tashkilotlar mavjud[3].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1998 Senseless Zestfully Clean Woman
1999 Warm Blooded Killers Vicky Portenza
2000 Spin Cycle Echo
2001 Farewell, My Love Kyle
2002 Home Room Assistant Kelly
2005 Just Pray Corley James Qisqa metrajli film
2006 Damaged Goods Angel Qisqa metrajli film
2007 The Hammer Nicole
2008 Chaos Theory Peg the Teacher
AmericanEast The Director
2011 Demoted Elizabeth Holland
2012 The Babymakers Mona
2015 Entourage Dana Gordon
Results Mandy
Run the Tide Lola
2018 Burger Boss Mother (voice) Qisqa metrajli film
2019 Wonder Woman: Bloodlines Veronica Cale (voice)

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1993 The Day My Parents Ran Away Girl in line TV Film
1994 Babylon 5 Young woman patient Epizod: „The Quality of Mercy“
1997 Quicksilver Highway Female patient Film
Ellen Riot Girl Epizod: „Just Coffee?“
Unhappily Ever After LaVerne Epizod: „Tiffany, the Home Wrecker“
1998 Seinfeld Waitress #2 Epizod: „The Wizard“
Jenny Kaleigh Epizod: „A Girl’s Gotta Come through in a Clutch“
Diagnosis: Murder Lisa Blake Epizod: „An Education in Murder“
Beverly Hills, 90210 Millie Epizod: „Reunion“
The Wayans Bros. Vanessa 2ta epizod
Felicity Girl Epizod: „The Last Stand“
The King of Queens Jenny Epizod: „Fixer Upper“
1998-1999 Hyperion Bay Unknown 2ta epizod
1999 Chicago Hope Dana Epizod: „A Goy and His Dog“
2000 The X-Files Phoebe Epizod: „First Person Shooter“
Rude Awakening Sandi Epizod: „Star 80 Proof“
Beyond Belief: Fact or Fiction Mary Epizod: „The Find“
Providence Megan 2ta epizod
2000-2001 The Trouble with Normal Kristen 4ta epizod
2001 Gideonʼs Crossing Jessica Kagen Epizod: „Dr. Cherry Must Be Stopped“
FreakyLinks Tori Spangler Epizod: „Subject: The Stone Room“
The Fighting Fitzgeralds Beth 5ta epizod
Philly Pamela Tommasino Epizod: „Blown Away“
2002 My Guide to Becoming a Rock Star Siobahn! Ross 3ta epizod
2002-2004 Good Morning, Miami Penelope „Penny“ Barnes Barrington 40ta epizod
2003 Mystery Woman Cassie Tilman / Cassie Thomas (in end credits) Film
2004 NYPD Blue Zoe Prentiss Epizod: „Dress for Success“
2004-2005 Joan of Arcadia Sister Lilly Watters 11ta epizod
2005 Jake in Progress Greta Epizod: „Henry Porter and the Coitus Interruptus“
2005-2006 Out of Practice Naomi 2ta epizod
2006 In Justice Brianna 13ta epizod
2006-2007 Boston Legal Claire Simms 23ta epizod
2007 Notes from the Underbelly Kelly Epizod: „Oleander“
2009 Pushing Daisies Coco Juniper Epizod: „Window Dressed to Kill“
Cupid Hallie Butler Epizod: „The Great Right Hope“
The New Adventures of Old Christine Amy Hunter 2ta episodes
2005-2011 Entourage Dana Gordon 21ta episodes
2011 Love Bites Colleen Rouscher 7ta episodes
Royal Pains Dr. Abby Burton Epizod: „A Little Art, A Little Science“
2013 Grey's Anatomy Dr. Alana Cahill 5ta episodes
The Newsroom Taylor Warren 5ta episodes
2013-2014,

2016, 2018
House of Cards Janine Skorsky 19ta episodes
2014 Hot in Cleveland Lilly Epizod: „Stayinʼ Alive“
2015-2017 Transformers: Robots in Disguise Strongarm, Filch (voices)
2015-2018 UnREAL Quinn King
2015 Complications Dr. Laster 2ta episodes
Agents of S.H.I.E.L.D. Rosalind Price 8ta episodes
2016 Maron Lindsey Epizod: „Step 1“
Better Things Herself Epizod: „Sam/Pilot“
BoJack Horseman Skinny Gina/Lindsey 3ta episodes
2017 Angie Tribeca Detective Goldstein Episode: „Hey, I’m Solvinʼ Here!“
2017-2018 Match Game Panelist 6ta epizod
2018 RuPaul’s Drag Race: All Stars Herself Epizod: „The Bitchelor“
Mom Professor Stevens Epizod: „Ambulance chasers and a Babbling Brook“
2018-2019 A Million Little Things Jeri Huntington 3ta epizod
2019-2020 Shameless Claudia Nicolo 5ta epizod
2020 Condor Robin Larkin 6ta epizod
2021 Good Trouble Kathleen Gale 6ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Yil Mukofot Kategoriya Nominatsion film Natija
2008 14th Screen Actors Guild Awards Outstanding Performance by an Ensemble in a Drama Series (shared with the others) Nominatsiya
2016 6th Critics' Choice Television Awards Best Supporting Actress in a Drama Series Gʻolib
5th BTVA Voice Acting Awards Best Vocal Ensemble in a New Television Series (shared with the others) Gʻolib
20th OFTA Television Awards Best Supporting Actress in a Drama Series Nominatsiya
14th Gold Derby Awards Best Drama Supporting Actress Nominatsiya
68th Primetime Emmy Awards Outstanding Supporting Actress in a Drama Series Nominatsiya
7th Critics' Choice Television Awards Best Supporting Actress in a Drama Series Nominatsiya
2017 6th BTVA Voice Acting Awards Best Vocal Ensemble in a Television Series (shared with the others) Nominatsiya

Manbalar tahrir

  1. Maron. „Episode 609 - Constance Zimmer“. WTF with Marc Maron (8-iyun 2015-yil). Qaraldi: 6-iyul 2015-yil. (subscription required)
  2. „Biography“. Constance Zimmer official website. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Biography“. Constance Zimmer official website. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil. „Biography“. Constance Zimmer official website. Archived from the original on 2012-07-30. Retrieved 2013-09-29.
  4. „Biography“. Constance Zimmer official website. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil. „Biography“. Constance Zimmer official website. Archived from the original on 2012-07-30. Retrieved 2013-09-29.
  5. Maron. „Episode 609 - Constance Zimmer“. WTF with Marc Maron (8-iyun 2015-yil). Qaraldi: 6-iyul 2015-yil. Maron, Marc (2015-06-08). „Episode 609 — Constance Zimmer“. WTF with Marc Maron. Retrieved 2015-07-06. (subscription required)
  6. People staff. Entourage's Constance Zimmer welcomes baby girl“. People (17-yanvar 2008-yil). 2008-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  7. Eng. Entourage star Constance Zimmer engaged“. TV Guide (20-iyun 2010-yil). 2010-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  8. Jordan. „Constance Zimmer of Entourage gets married“. People (12-oktabr 2010-yil). 2010-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.

Havolalar tahrir