CoronaVac — bu Xitoyning Sinovac biofarmatsevtika kompaniyasi[1] tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina. Vaksina bu COVID-19ga qarshi kimyoviy inaktivatsiyalantirilgan butun virusli vaksina.

JSST vaksinani favqulodda holatlarda foydalanish uchun 2021-yil 1-iyunda tasdiqladi[2].

Vaksina 2020-yil oʻrtalaridan boshlab III bosqich klinik sinovlaridan oʻtgan[3][4].

19-oktabr kuni Braziliyada oʻtkazilgan III bosqich tadqiqotining dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, CoronaVac COVID-19 dan xavfsiz himoya vositasi ekan[5]. 10-noyabr kuni, bitta koʻngilli oʻz joniga qasd qilganidan soʻng (oʻz joniga qasd qilish vaksina sinovi bilan bogʻliq emas edi), Braziliya III bosqich sinovlarini qisqa muddatga toʻxtatib, ularni 11-noyabrda davom ettirdi[6].

3-dekabrga kelib, Braziliyaga bir million dozadan ortiq CoronaVac yetkazildi[7].

2020-yil 6-dekabrda Indoneziya CoronaVac ning 1,2 million dozalik birinchi partiyasini oldi[8].

13-dekabr kuni Braziliyadagi Butantan instituti III bosqich sinovlarida tasdiqlangan COVID-19 holatlari soni 170 taga yetganini, dastlabki tahlil uchun zarur boʻlgan 151 ta holatdan oshib ketganini va vaksinani toʻliq tasdiqlash uchun hujjatlar 23-dekabrgacha Braziliya sogʻliqni kuzatish Milliy agentligiga (ANVISA) va Xitoyning Tibbiy mahsulotlar milliy boshqarmasiga taqdim qilinishini eʼlon qildi[9].

Umumiy himoya JSST tomonidan aytib oʻtilgan boshqa yettita vaksinadan pastroq (51%) ekanligi daʼvo qilinadi, sinovlar esa Sinovac tomonidan ishlab chiqarilayotgan CoronaVac jiddiy kasallik va oʻlimning oldini olishda 100% samarali ekanligini koʻrsatadi. Ammo Chilida 2,5 million kishi ishtirok etgan tadqiqotning dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, KoronaVak COVID-19ning oldini olishda 67% va kasallikdan oʻlishning oldini olishda 80% samarali ekan[10].

Vengriyada turli xil vaksinalar bilan emlangan 3,5 million kishi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, CoronaVac infeksiyaga qarshi 68,7%ga va oʻlimga qarshi 87,8%ga samarali[11].

Manbalar

tahrir
  1. „Indonesia Starts CoronaVac Phase 3 Clinical Trials“. Jakarta Globe. 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  2. „ВОЗ допустила вакцину компании «Синовак» к применению для профилактики COVID-19 в условиях чрезвычайной ситуации и выпустила временные рекомендации о принципах ее использования“. Всемирная организация здравоохранения (2021-yil 1-iyun). 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
  3. „Clinical Trial of Efficacy and Safety of Sinovac's Adsorbed COVID-19 (Inactivated) Vaccine in Healthcare Professionals — Full Text View — ClinicalTrials.gov“ (en). clinicaltrials.gov. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  4. „registry_trial_detail // Indonesia Registry Center“. ina-registry.org. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  5. „Tests show China’s Sinovac vaccine is safe, Brazil research centre says“ (en). South China Morning Post (2020-yil 20-oktyabr). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  6. „China’s CoronaVac Trial Resumes in Brazil After ʻAdverse Event’“. Bloomberg.com (2020-yil 11-noyabr). 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  7. Staff, Reuters. „Brazil gets Chinese COVID-19 vaccine doses, Senate OK's British vaccine funding“. Reuters (2020-yil 3-dekabr). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  8. „Indonesia receives first COVID-19 vaccine from China's Sinovac“ (en). CNA. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  9. „Doria prepara estudo completo e registro chinês para pressionar Anvisa a aprovar Coronavac“ (pt-BR). Folha de S.Paulo (2020-yil 14-dekabr). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  10. „WHO approval of Chinese CoronaVac COVID vaccine will be crucial to curbing pandemic“ (2021-yil 4-iyun). 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  11. Zoltán Vokó, Zoltán Kiss, György Surján, Orsolya Surján, Zsófia Barcza. Nationwide effectiveness of five SARS-CoV-2 vaccines in Hungary — The HUN-VE study(ingl.) // Clinical Microbiology and Infection. — 2021. — 25 November. — ISSN 1198-743X. — DOI:10.1016/j.cmi.2021.11.011. Архивировано 29 noyabr 2021 года.

Havolalar

tahrir