Corradino qamoqxonasi (Maltacha: Faċilità Korrettiva taʼ Kordin), Corradino axloq tuzatish muassasasi deb ham atalgan — Maltaning Paola shahrida joylashgan qamoqxona. Bu Maltaning eng katta va asosiy axloq tuzatish muassasasi. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun turli boʻlimlari mavjud. Qamoqxona nomi XIII-asrda Malta arxipelagida hukmronlik qilgan Sitsiliya qiroli Svabiyalik Konradin nomi bilan atalgan Korradino tepaligidan olingan.

Corradino qamoqxonasi
Umumiy maʼlumot
Shahar Paola
Mamlakat Malta
Koordinatalar 35°52′26″N 14°30′22″E / 35.87389°N 14.50611°E / 35.87389; 14.50611
Qurilishi boshlangan 1842-yil
Egasi Malta hukumati
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi W. Lamb Arrowsmith
Muhandis Royal Engineers

Tarixi

tahrir
 
Londondagi Pentonvil qamoqxonasi, 1842-yilda Corradino qamoqxonasi xuddi shunday usulda qurilgan. 

Corradino qamoqxonasi Britaniya mustamlakachilari tomonidan 1842-yildan boshlab Londondagi Pentonvil qamoqxonasi namunasi boʻyicha V. Lemb Arrowsmit rejasi asosida qurilgan. 4 binodan iborat boʻlib 200 ta mahbus sigʻgan.

1942-yil 28-noyabrda irredentist Karmelo Borg Pisani davlatga xiyonat qilgani va oliy hazratlari hukumatiga qarshi fitna uyushtirgani uchun qamoqxonada osib qatl etilgan. Bu, shuningdek, Maltada amalga oshirilgan 18 qatlning oxirgisi edi. 

Sharoiti va mahbuslar

tahrir

1995-yilda qamoqxona ichidagi yashash sharoitlarini yaxshilash uchun „Mid-Dlam gad-Dawl“ („Zulmatdan yorugʻlik“) mahbuslar uyushmasi tashkil etilgan. 1999-yilda balogʻatga yetmaganlar binosi 36 kameradan iborat edi[1]. 2005-yildan beri qamoqxonada 2010-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan yagona Maltalik qotil Silvio Mangion joylashgan edi. 2006-yil 28-yanvarda qamoqxonaga Gozoning yangi episkopi Mario Grex tashrif buyurdi. 2011-yilda mavjud 444 oʻrinda 593 nafar mahbus bor edi va ular quyidagicha taqsimlandi:[2] allaqachon sudlangan 384 mahbus (jumladan 24 nafari ayol), 209 nafar mahkum sud jarayonini kutyotganlar (shundan 15 nafari ayol) va 34 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar (16-22 yosh atrofi).

2011-yilda balogʻatga yetmagan mahbuslar ulushi (6,1%) Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda eng yuqori koʻrsatkichni tashkil etdi[3]. 2014-yilda qamoqxonada 205 kishi ishlagan, ulardan 8 nafari Malta politsiyachisi[4] boʻlgan. 2013-yilda qamaqxonada 576 mahbus bor edi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir