Cristian Leonel Ramírez Zambrano (talaffuzi: Kristian Leonel Ramires Zambrano; 1994-yil 12-avgustda Ekvadorning Santo-Domingo shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, „Krasnodar“ futbol klubi va Ekvador terma jamoasi himoyachisi. 2021-yil iyun oyida u Rossiya fuqaroligini olgan[1].

Cristian Ramírez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cristian Leonel Ramírez Zambrano
Tavallud sanasi 12-avgust 1994-yil (1994-08-12) (29 yosh)
Tavallud joyi Santo Domingo, Ekvador
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Krasnodar
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2009 CSCyD Brasilia
2009—2011 ndependiente DV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Independiente DV 52 (0)
2013—2015 Fortuna Düsseldorf 16 (0)
2014—2015 → Nürnberg (ijara) 7 (0)
2015 → Ferencváros (ijara) 13 (0)
2015—2016 Ferencváros 42 (4)
2017— Krasnodar 124 (2)
Milliy terma jamoa
2011 Ekvador U17 13 (0)
2013 Ekvador U20 7 (0)
2013— Ekvador 21 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 24-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Cristian Ramírez „Independiente del Valle“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 28-aprelda „El Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ekvador A seriyasida debyut qilgan[2]. Yosh boʻlishiga qaramay, Cristian Ramírez darhol asosiy tarkibdan joy olgan[3]. 2012-yilda Cristian Ramírezga „Borussia Dortmund“ futbol klubi va Angliyaning „Tottenham“ futbol klubi qiziqish bildirishgan[4].

2013-yilda u „Fortuna Düsseldorf“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[5]. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qilgan. 22-iyul kuni „Energia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[6].

Cristian Ramírez 2014-yilning yozida „Nürnberg“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 3-avgust kuni „Erzgebirge“ futbol klubiga qarshi bahsda Cristian Ramírez yangi klubi safida debyut qilgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yilda Cristian Ramírez Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etgan[8][9][10]. Turnirda u Boliviya, Peru, Kolumbiya, Paragvay, Braziliya va ikki marta Argentina va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[11][12][13]. Oʻsha yilning yozida Cristian Ramírez Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[14][15][16]. Turnirda u Germaniya, Panama, Burkina-Faso va Braziliya jamoalariga qarshi oʻynagan[17][18].

2013-yilda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Cristian Ramírezs Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[19][20]. Turnirda u Urugvay, Venesuela, Chili, Kolumbiya , Braziliya, Peru va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[21][22][23].

2013-yilning 20-noyabr kuni Gonduras milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Cristian Ramírez Ekvador milliy terma jamoasida debyut qilgan va ikkinchi bo‘limda Renato Ibarra o‘rniga maydonga tushgan[24][25].

2016-yilda Cristian Ramírez AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan[11][26]. Turnirda u AQSh jamoasiga qarshi oʻynagan[27][28].

2016-yilning 6-oktyabr kuni JCh-2018 saralashida Chili terma jamoasiga qarshi o‘yinda Cristian Ramírez milliy terma jamoadagi ilk golini urgan[29][30].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Independiente del Valle 2011 20 0 0 0 20 0
2012 32 0 0 0 32 0
Jami 52 0 0 0 0 0 52 0
Fortuna Düsseldorf 2012—2013 0 0 0 0
2013—2014 16 0 1 0 17 0
Jami 16 0 1 0 0 0 17 0
Nürnberg 2014—2015 7 0 1 0 8 0
Ferencváros 2014—2015 13 0 3 1 16 1
2015—2016 28 4 7 0 3 0 38 4
2016—2017 14 0 1 0 2 0 17 0
Jami 55 4 11 1 5 0 71 5
Krasnodar 2016—2017 11 0 1 0 3 0 15 0
2017—2018 20 0 1 0 4 0 25 0
2018—2019 23 0 4 0 8 0 35 0
2019—2020 26 0 1 0 9 0 36 0
2020—2021 16 0 0 0 8 1 24 1
2021—2022 12 0 1 0 13 0
2022—2023 16 2 4 0 20 2
Jami 124 2 12 0 32 1 168 3
Umumiy faoliyatida 254 6 25 1 37 1 316 8

Manbalar tahrir

  1. „Защитник «Краснодара» Рамирес получил российское гражданство“. РИА Новости (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  2. „Индепендьенте дель Валье VS. Эль Насьональ 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 28-aprel).
  3. „Transferticker: Carlos Eduardo nach Hause - Gekas fündig“ (de). kicker (2013-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
  4. „Düsseldorf vor Verpflichtung von Ramirez“ (de). FOCUS Online (2013-yil 24-yanvar). 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
  5. „Fortuna verpflichtet Cristian Ramírez“ (de). Fortuna Düsseldorf 1895 (2013-yil 9-fevral). 2013-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
  6. „Фортуна Дюссельдорф VS. Энерги 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-iyul).
  7. „Нюрнберг VS. Эрцгебирге 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 3-avgust).
  8. „Эквадор (до 17) VS. Боливия (до 17) 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-mart).
  9. „Эквадор (до 17) VS. Перу (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-mart).
  10. „Эквадор (до 17) VS. Колумбия (до 17) 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 29-mart).
  11. 11,0 11,1 „Эквадор (до 17) VS. Уругвай (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 21-mart).
  12. „Аргентины (до 17) VS. Эквадор (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 7-aprel).
  13. „Аргентины (до 17) VS. Эквадор (до 17) 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 25-mart).
  14. „Эквадор (до 17) VS. Уругвай (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 10-aprel).
  15. „Панама (до 17) VS. Эквадор (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 24-iyun).
  16. „Эквадор (до 17) VS. Парагвая (до 17) 2:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 1-aprel).
  17. „Германия (до 17) VS. Эквадор (до 17) 6:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 20-iyun).
  18. „Бразилия (до 17) VS. Эквадор (до 17) 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 29-iyun).
  19. „Эквадор (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-yanvar).
  20. „Чили (до 20) VS. Эквадор (до 20) 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 23-yanvar).
  21. „Эквадор (до 20) VS. Перу (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 17-yanvar).
  22. „Бразилия (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-yanvar).
  23. „Парагвай (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-yanvar).
  24. „Гондурас VS. Эквадор 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-noyabr).
  25. „Колумбия (до 20) VS. Эквадор (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-yanvar).
  26. „Бразилия (до 17) VS. Эквадор (до 17) 3:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 4-aprel).
  27. „США VS. Эквадор 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-iyun).
  28. „Уругвай (до 20) VS. Эквадор (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-yanvar).
  29. „Эквадор VS. Чили 3:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 6-oktyabr).
  30. „Буркина-Фасо (до 17) VS. Эквадор (до 17) 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 26-iyun).