Cristian Rodríguez
Cristian Gabriel Rodríguez Barotti (talaffuzi: Kristian Gabriel Rodriges Barotti) 1985-yil 30-sentabrda Koloniyada dunyoga kelgan. Urugvaylik futbolchi „Plaza Colonia“ klubining chap yarim himoyachisi. Urugvay terma jamoasida oʻynagan.
Cristian Rodríguez | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Cristian Gabriel Rodríguez Barotti |
Taxallusi | Cebolla [1] |
Tugʻilgan | 30-sentabr 1985-yil[2][3]
(36 yosh)Urugvay |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 178 sm |
Vazni | 81 kg |
Pozitsiyasi | chap qanot yarim himoyachisi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Plaza Colonia |
Raqami | 7 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Faoliyati
tahrirKlub
tahrirU 2002-yilda Urugvay grandi „Peñarol“da professional faoliyatini boshlagan. 2003-yilda mamlakat chempioni bo‘ldi va shu jamoada u bilan afsonaviy paragvaylik darvozabon Xose Luis Chilavert o‘ynadi. 2004-yilda Rodriges asosiy ogʻir jarohat taʼsiridan xalos boʻldi.
2005-yilda Kristian Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubiga oʻtdi, birinchi mavsum unchalik ajoyib boʻlmadi, ikkinchisida esa „Monaco“ darvozasiga gol urib, jamoasiga Liga 1da qolish uchun ruxsatnomani saqlab qolishga yordam berdi.
Jamoa bilan 1-ligada qolish uchun kurashni toʻxtatish uchun Kristian 2007/08-yilgi mavsumda Portugaliya giganti — „Benfica“ klubiga ijaraga oʻtishga qaror qildi.
2008-yildan boshlab Kristian Rodriges „Portu“da oʻynay boshladi. U argentinalik Lucho Gonsales va braziliyalik Xalk bilan birga jamoaning hujumkor triosini tashkil etdi.
2012-yilning 24-martida Rodriges jamoadoshi Xuan Moutino bilan mojaro tufayli jamoa mashgʻulotlaridan chetlashtirildi[4]. 2012-yil 28-mayda Rodriges Atletico Madrid bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[5][6]. U „Atletico Madrid“ safidagi ilk golini 2013-yilning 17-fevralida „Valladolid“ga qarshi oʻyinda urgan.
2015-yilning 20-yanvarida Kristian mavsum oxirigacha „Parma“ga ijaraga berilgani maʼlum bo‘ldi.
2015-yilning 15-iyunida Rodriges „Atletico“ga qaytdi, ammo keyin ijara asosida avval „Parma“, keyin esa Braziliyaning „Gremio“ klubida o‘ynadi. 2015-yilda u Argentinaning Independiente klubiga oʻtdi va u yerda 2016-yil oxirigacha oʻynadi.
Statistika
tahrirJamoa | Mamlakat | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|---|
C. A. Peñarol | Urugvay | 2002-2005 | 50 | 9 |
París Saint-Germain F. C. | Fransiya | 2005-2007 | 50 | 6 |
S. L. Benfica | Portugaliya | 2007-2008 | 35 | 7 |
F. C. Oporto | 2008-2012 | 120 | 23 | |
Atlético Madrid | Ispaniya | 2012-2015 | 98 | 8 |
Parma F. C. | Italiya | 2015 | 6 | 0 |
Grêmio F. P. A. | Braziliya | 2015 | 2 | 0 |
C. A. Independiente | Argentina | 2015-2017 | 35 | 3 |
C. A. Peñarol | Urugvay | 2017-2021 | 126 | 44 |
Plaza Colonia | 2021- hozirgacha | 31 | 4 |
Manbalar
tahrir- ↑ Rodriges: Xalk — bolshoy professional . Data obraщeniya: 27 noyabrya 2013. Arxivirovano 29 noyabrya 2013 goda.
- ↑ CRISTIAN GABRIEL RODRIGUEZ // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
- ↑ Cristian Rodríguez // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Игрок «Порту» Кристиан Родригес отстранён от работы с первой командой“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-mart.
- ↑ „Acuerdo con Cristian Rodríguez por cuatro temporadas“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-may.
- ↑ „Кристиан Родригес перешёл в «Атлетико»“. 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-may.