Cruella de Vil

(Cruelladan yoʻnaltirildi)

Cruella de Vil (talaffuzi: Kruella de Vil) — britaniyalik yozuvchi Dodie Smith qalamiga mansub 101 ta dalmatin romanidagi xayoliy qahramon. Disney studiyasi tomonidan ishlangan 101 Dalmatians (1961), 101 Dalmatians II: Patch’s London Adventure (2002) animatsion filmlarida hamda 101 Dalmatians (1996), 102 Dalmatians (2000), Cruella (2021) filmlarida ushbu personaj ishtirokidagi sahnalar mavjuddir.

Cruella de Vil
Ilk bora koʻringan The Hundred and One Dalmatians (1956)
Muallif(lar) Dodie Smith
Jonlantirgan(lar)
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi
  • Cruella de Vil
  • Cruella Feinberg (Once Upon a Time filmida)
  • Estella von Hellman (Cruella filmida)
  • Estella Miller
Laqablari Estella
Tabaqasi moda dizayneri
Bolalari Carlos de Vil (oʻgʻli; Descendants filmida)
Millati britan

Adaptatsiyalar

tahrir

Animatsion filmlar

tahrir

101 ta dalmatin (1961)

tahrir

Cruella personaji birinchi marta 1961-yilda ishlangan 101 ta dalmatin multfilmida salbiy qahramon timsolida paydo boʻldi. Filmda unga amerikalik aktrisa Betty Lou Gerson ovoz berdi.

2002-yilda Forbes jurnali Disney studiyasi yaratgan Cruella personajini eng badavlat xayoliy qahramonlar roʻyxatida oʻn uchinchi oʻringa loyiq topdi[1].

102 ta dalmatin

tahrir

2003-yilda ishlangan 102 ta dalmatin animatsion filmida ham Cruella ishtirokidagi sahnalar mavjud. Filmda unga amerikalik ovoz aktrisasi Susanne Blakeslee ovoz berdi.

101 Dalmatians: The Series

tahrir

Cuella 101 Dalmatians animatsion serialida ham asosiy salbiy obrazlardan biri sifatida paydo boʻldi. Serialda unga amerikalik aktrsa April Winchell ovoz berdi.

101 Dalmatian Street

tahrir

Cruella 101 Dalmatian Street animatsion serialida ham asosiy salbiy qahramon sifatida paydo boʻldi. Unga shotland aktrisasi Michelle Gomez ovoz berdi. Serial voqealari 80-yillarning oxirlarida yoki 90-yillarning boshlarida boʻlib oʻtadi.

Filmlar

tahrir

101 ta dalmatin (1996)

tahrir

Amerikalik aktrisa Glenn Close 1996-yilda chiqarilgan 101 Dalmatians filmida Cruella de Vil obrazini gavdalantirdi.

102 ta dalmatin

tahrir

2000-yilda 102 ta dalmatin filmi chiqarildi. Unda amerikalik aktrisa Glenn Close film bosh qahramoni — Cruealla jonlantirdi.

Cruella

tahrir

2021-yilda Disney studiyasi Cruealla filmini omma eʼtiboriga havola etdi. Filmga Craig Gillespie rejissorlik qildi. Ssenariyni esa Dana Fox va Tony McNamara yozishdi. Film bosh qahramoni — Cruella rolini amerikalik aktrisa Emma Stone ijro etdi.

Filmda Cruellaning asl ismi Estella Miller boʻladi. Bolaligida onasi Catherine dizayner Baroness von Hellmanga tegishli dalmatinlar tomonidan oʻldiriladi. Qasos ilinjida, Estella oʻzida 'Crueallaʼ personasini yaratadi.

Manbalar

tahrir
  1. „The Forbes Fictional Fifteen“. www.forbes.com (13-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 24-avgust 2007-yil.