Curtis Alexander Nelson (talaffuzi: Kurtis Aleksandr Nelson) (21-may 1993-yilda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Curtis Nelson EFL Chempionati vakili „Cardiff City“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Curtis Nelson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Curtis Alexander Nelson[1]
Tavallud sanasi 21-may 1993-yil (1993-05-21) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Newcastle-under-Lyme, Angliya
Boʻyi 6 fut 0 inches (1.83 m)[3]
Ampluasi markaziy himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cardiff City
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2008 Stoke City
2008—2009 Plymouth Argyle
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2016 Plymouth Argyle 211 (8)
2016—2019 Oxford United 99 (7)
2019- Cardiff City 113 (2)
Milliy terma jamoa
2011

Angliyaning 18 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr uchun)

Curtis Nelson Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etadi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti

tahrir

Curtis Nelson Angliyaning Newcastle-under-Lyme shahrida tugʻilgan[5]. Curtis Nelson sprinter Ashleigh Nelson[6] va Alexander Nelsonlarning[7] amakivachchasi hisoblanadi.

Faoliyati

tahrir

Plymouth Argyle

tahrir

Curtis Nelson 2009-yil „Stoke City“ klubining tarbiyalanuvchilari safidan chiqib, „Plymouth Argyle“ klubiga qoʻshildi[8]. Curtis Nelson oʻzining 2009—2010-yilgi mavsumdagi yoshlar jamoasi safidagi oʻyinlari tufayli klubning asosiy jamoa tarkibidan joy oldi[9]. Curtis Nelson 2010—2011-yilgi mavsumda asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazdi va klub murabbiyi Peter Reidni oʻzining oʻyini bilan hayratda qoldirdi[10].

Curtis Nelson 2012-yilning aprel oyida „Plymouth Argyle“ klubi bilan yangi nomaʼlum muddatli shartnoma imzoladi[11][12]. Mavsum davomida Curtis Nelson klubning asosiy tarkibida 21 ta oʻyinda maydonga tushdi[13]. Curtis Nelson oʻzining birinchi golini sentyabr oyida „Northampton Town“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[14]. „Men golni nishonlash uchun muxlislar oldiga yugurdim, lekin nima qilishni bilmasdim“, dedi Nelson[14]. 2013-yil aprel oyida Curtis Nelson klub jamoasini boshqargan eng yosh jamoa sardoriga aylandi[15]. Curtis Nelson 2012—2013-yilgi mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2014-yilning 7-mayida Curtis Nelson klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[16].

Oxford United

tahrir

2016-yilning 4-iyulida Curtis Nelson birinchi liganing yangi klubi „Oxford United“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[17]. Klubdagi ikkinchi mavsumi boshlanishidan oldin (klubdanJohn Lundstram ketganidan soʻng) Curtis Nelson jamoa sardori etib tayinlandi[18]. Curtis Nelson 2017-yil noyabrida „Northampton Town“ klubiga qarshi oʻyinda oyogʻidan jiddiy jarohat olib, mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi[19]. Jamoadoshi John Mousinho Curtis Nelsonning oʻrniga jamoaga sardorlik qilgan[20]. Curtis Nelson 2018-yilning 14-aprelida jamoa safiga qaytib keldi va unga sardorlik bogʻichi topshirildi[21]. Curtis Nelson klub bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi va 2018—2019-yilgi mavsumdan soʻng „Oxford United“ klubini tark etdi. Curtis Nelson klubdagi uch mavsumi davomida barcha musobaqalarda 121 marta maydonga tushib, 8 marta gol urgan.

Cardiff City

tahrir

Curtis Nelson 2019-yil 27-iyun kuni EFL Chempionati vakili „Cardiff City“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[22]. Curtis Nelson „Cardiff City“ klubi uchun birinchi golini 2019-yilning 2-noyabrida „Birmingham City“ klubi bilan oʻyinda (4:2) kiritdi[23].

Curtis Nelson 2020-yil 7-sentyabrda klub bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi[24].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga FA kubugi Liga kubugi Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Plymouth Argyle 2009-10[25] EFL Chempionati 0 0 0 0 0 0 0 0
2010-11[26] birinchi liga 35 0 1 0 1 0 1 0 38 0
2011-12[27] ikkinchi liga 17 0 2 0 1 0 1 0 21 0
2012-13[28] ikkinchi liga 27 3 1 0 2 0 2 0 32 3
2013-14[29] ikkinchi liga 44 1 5 1 1 0 2 0 52 2
2014-15[30] ikkinchi liga 42 1 2 0 1 0 4 0 49 1
2015-16[31] ikkinchi liga 46 3 1 0 1 0 6 0 54 3
Umumiy 211 8 12 1 7 0 16 0 246 9
Oxford United 2016-17[32] birinchi liga 33 2 4 1 1 0 5 0 43 3
2017-18[33] birinchi liga 20 1 0 0 1 0 2 0 23 1
2018-19[34] birinchi liga 46 4 4 0 1 0 4 0 55 4
Umumiy 99 7 8 1 3 0 11 0 121 8
Cardiff City 2019-20[35] EFL Chempionati 33 1 0 0 1 0 2 1 36 2
2020-21[36] EFL Chempionati 44 1 1 0 1 0 - 46 1
2021-22[37] EFL Chempionati 24 0 1 0 2 0 - 27 0
Umumiy 101 2 2 0 4 0 2 1 109 3
Umumiy 411 17 22 2 14 0 29 1 476 20

Manbalar

tahrir
  1. „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (23-iyun 2016-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2018-yil.
  2. „Curtis Nelson“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  3. „Curtis Nelson“. Cardiff City F.C.. Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  4. Andoza:Hugman
  5. „Curtis Nelson: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  6. „Meet the Plymouth athletes competing at the 2014 Commonwealth Games in Scotland“. The Herald (20-iyul 2014-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  7. Herring, Naomi. „Love Island 2018 link to Oxford United has captain Curtis Nelson particularly interested this series“. Oxford Mail (5-iyun 2018-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2018-yil.
  8. „Curtis Nelson“. Greens on Screen. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  9. „Plymouth 1-2 Peterborough“.
  10. „Plymouth 0-1 Notts County“.
  11. „Signed On“. Plymouth Argyle F.C. (3-aprel 2012-yil). 2012-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2012-yil.
  12. „Curtis Nelson, Luke Young and Jared Sims sign Plymouth Argyle deals“. BBC Sport (3-aprel 2012-yil). Qaraldi: 6-may 2012-yil.
  13. „Curtis Nelson“. Greens on Screen. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.„Curtis Nelson“.
  14. 14,0 14,1 „Curtis Nelson: I didn't know what to do after scoring“. The Herald (3-sentabr 2012-yil). 5-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  15. Errington, Chris. „It was 'a great honour' to be Plymouth Argyle captain, says Curtis Nelson“. The Herald (8-aprel 2013-yil). 10-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  16. „Curtis Signs On“. Plymouth Argyle F.C. (7-may 2014-yil).
  17. „Curtis Nelson: Oxford United sign former Plymouth Argyle captain“. BBC Sport (4-iyul 2016-yil). Qaraldi: 9-iyul 2017-yil.
  18. Pritchard, David. „Curtis Nelson proud to be named Oxford United's new captain“. Oxford Mail (27-iyul 2017-yil). Qaraldi: 27-iyul 2017-yil.
  19. Johnson, Jack. „Oxford United captain Curtis Nelson ruled out for rest of season with ruptured Achilles tendon“. Oxford Mail (13-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  20. Johnson, Jack. „John Mousinho honoured to be named new captain, but Oxford United rocked by Rob Hall injury“. Oxford Mail (17-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  21. Pritchard, David. „Curtis Nelson thrilled to be back in Oxford United shirt“. Oxford Mail. Qaraldi: 16-aprel 2018-yil.
  22. „Done deal: Curtis Nelson joins City!“. Cardiff City F.C. (27-iyun 2019-yil). Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  23. „Cardiff 4-2 Birmingham“. BBC Sport (2-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2019-yil.
  24. „Curtis Nelson signs new City deal“. Cardiff City F.C. (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.
  25. „Games played by Curtis Nelson in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  26. „Games played by Curtis Nelson in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  27. „Games played by Curtis Nelson in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  28. „Games played by Curtis Nelson in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  29. „Games played by Curtis Nelson in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  30. „Games played by Curtis Nelson in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  31. „Games played by Curtis Nelson in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  32. „Games played by Curtis Nelson in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  33. „Games played by Curtis Nelson in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  34. „Games played by Curtis Nelson in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  35. „Games played by Curtis Nelson in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  36. „Games played by Curtis Nelson in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
  37. „Games played by Curtis Nelson in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-avgust 2021-yil.