Cynthia Turner

maltalik ayol pianinochi

Cynthia Turner (1932-yil, Valletta – 1-fevral 2021-yil, Msida) – maltalik ayol pianinochi. U Maltaning eng mashhur pianinochisi va mashhur musiqachilaridan biri boʻlgan[1].

Cynthia Turner
Tavalludi 1932-yil
Vafoti 1-fevral 2021-yil (aged 88)
Mater Dei kasalxonasi, Msida, Malta
Fuqaroligi Malta
Kasbi pianinochi

Cynthia Turner 1967-yil 15-noyabrda, Manoel teatridagi qirollik spektaklida qirolicha Elizabeth II uchun pianinoda musiqa ijro etgan[2].

Cynthia Turner Malta, Italiya, Fransiya, Germaniya va Misr sahnalari, kabel radiosi, radio va televideniyeda pioninoda musiqa ijro etish orqali chiqish qilgan.

Cynthia Turner bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. U L’Order des Palmes Académiques chevalier dans (Akademik qoʻllar ordeni) bilan taqdirlangan va Londondagi Qirollik musiqa akademiyasining aʼzosiga aylangan.

1987-yilda Malta ayollar milliy kengashi Bice Mizzi Vassallo musiqa tanlovini tashkil qilgan vaqtda, Cynthia Turner tashkiliy qoʻmita aʼzosi boʻlgan va tanlovning barcha mavsumlari uchun hakamlar hay’atiga raislik qilgan[3].

2004-yilda Cynthia Turner Malta davlatining eng yuqori darajali mukofotlaridan biri boʻlgan, Milliy xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[1].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Cynthia Turner 1932-yilda Valetta shahrida tugʻilgan. U Muqaddas Yurak monastiri maktabiga tahsil olgan. U Anthony Caruana bilan turmush qurgan. Cynthia Turner va Anthony Caruananing ikki nafar oʻgʻli bor: Nicholas va Christopher. Shuningdek, Cynthia Turnerning besh nafar nabirasi ham bor, ularning ismlari Paul, Philip, James, Michael va Mischka[1].

Vafoti

tahrir

Cynthia Turner Maltadagi COVID-19 pandemiyasi paytida, son va bilagini sinishi sababli davolanayotgan bir vaqtda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanib qolgan. Cynthia Turner 2021-yil 1-fevralda 88 yoshida vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Celebrated pianist Cynthia Turner, 88, passes away“. Times of Malta (2021-yil fevral).
  2. „Memories of the time they performed for the Queen“. Times of Malta (2015-yil 19-noyabr).
  3. „The National Council of Women pays tribute to Cynthia Caruana Turner“ (en). Newsbook (2021-yil 3-fevral). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-mart.