Czesław Miłosz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MILOSH (Milosz) Cheslav (1911.30.6, Sheteynyay) — polyak yozuvchisi; fransuz va ingliz tillarida ham ijod qilgan. 1951 yildan muhojirlikda (avval Fransiyada, 1960 yildan — AQShda). 30—50-yillardagi sheʼr va dostonlarida, "Kunchiqishda va kunbotarda" (1974), "Bepoyon zamin" (1984) sheʼriy kitoblarida hozirgi zamon kishisining halokatli tajribalarini jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan tushunib yetish, inqiroz va mudroq holatlarga qarshi kurashish gʻoyasi aks etgan: M. timsolidagi shoir talafotlardan asrovchi, 20-asrda butun boshli xalq va sivilizatsiyalar xalokatining solnomachisi sifatida namoyon boʻladi. "Hokimiyatni zabt etish" (1953), "Asoratga tushgan akl" (1953) masalqissalari avtoritarizmga qarshi gʻoyalar bilan sugʻorilgan. "Qitʼalar" (1958), "Shaxsiy majburiyatlar" (1972) esse kitoblarida turli madaniyatlarning tayanch maʼnaviy belgilarini, madaniy ong fenomenini tadqiq etadi. M.ning fikricha, hozirgi ong , shuur dramatizmi dunyoning yaxshi va yomon, yovuz tarzida 2 xil namoyon boʻlishi (qarang Moniylik), gunohkorlik va oʻzini ilohiylashtirishni boshdan kechirish, eʼtiqod va aqlning oʻzaro qarshi kurashi bilan belgilanadi, u nafaqat bartaraf etib boʻlmaydigan, balki 20-asr kishisining oʻz takdirini oʻzi belgilashidagi manba hisoblanadi. M. Qadimiy ahd va Yangi ahdni, ingliz sheʼriyatini polyak tiliga, polyak sheʼriyatini ingliz tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureata (1980).[3].
Czesław Miłosz | |
---|---|
Tavalludi | 30-iyun 1911[1] |
Vafoti | 14-avgust 2004[1] |
Ijod qilgan tillari | American English, Fransuz tili, Polyak tili[2], Ingliz tili, Ispan tili va Chex tili |
Fuqaroligi | Polsha, AQSh va Litva |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil