nothumb Düsseldorf nothumb
Tashkil topgan sanasi
1135-yil
Maydoni
217,21 km²
Aholisi
588.735 kishi
Burgomistr Thomas Geisel
Pochta indeksi
40210-40629
Telefon kodi
0049-211
Vebsayt www.duesseldorf.de

Dyusseldorf — Germaniyadagi shahar, Dyussel daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Shim. Reyn-Vestfaliya yerining maʼmuriy markazi, mamlakatning yirik iqtisodiy markazlaridan. Aholisi 568,4 ming kishi (1998). Dyusseldorf tarixiy man-balarda 12-asrdan, shahar sifatida 1288 yildan tilga olingan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Daryo porti, xalqaro aeroport bor. Rurning iqtisodiy-moliyaviy markazi. Poʻlat eritish va prokat ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi, stanoksozlik, elektrotexnika, qora metallurgiya va kon sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish, kimyo, oyna, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Dyusseldorfda Germaniyadagi asosiy banklarning boʻlimlari, koʻpgina konsernlarning boshqaruv organlari joylashgan. Universitet (1965), tib-biyot akademiyasi, BA, maʼmuriy xoʻjalik akademiyasi, kora metallurgiya instituti, Badiiy, iqtisod va Gyote muzeylari, konservatoriya, opera teatri bor. Dyusseldorf — mashhur nemis shoiri Geynening vatani. Shaharda oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorlik koʻp.[1]

Dusseldorf Germaniyadagi bir shahar boʻlib, mamlakatning iqtisodiy markazi hisoblanadi. 586 217 aholisi bor.[2]

Havolalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Stadtgebiet Düsseldorf“. 2008-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-iyul.

Diqqat: "Dusseldorf" boshlang'ich saralash kaliti oldingi "Olmoniya shahar" boshlang'ich saralash kalitini qayta aniqlayapti.