Dafniyalar, suv burgalari (Daphnia) — bargoyoklilar (baʼzi manbalarga binoan shoxdormoʻylovlilar) turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasining uz. 1–3 mm. Tanasi orqa va yon tomonidan shaffof ikki tavaqali chigʻanoq bilan qoplangan, bo-shining old tomoni oʻrdakning tumshugʻiga oʻxshab ketadi. Boshida ikkitadan yirik fasetkasi va oddiy koʻzi bor. Anennulalari mayda, kuchsiz. Antennalari ikki shoxli boʻlib, asosiy hara-kat organi hisoblanadi. D. ob-havo qulay sharoitda partenogenez xususi-yatiga ega. Bir necha oʻn turi qutbdan tashqari hamma yerda uchraydi. D. chuchuk suv havzalarida baliqlarning asosiy ozigʻi, ayrim parazit chuvalchanglar uchun esa oraliq xoʻjayin hisoblanadi.

Dafniyalar
Daphnia pulex
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil