Daha (ipak qurti)
Daha — qurt boqishda ipak qurtinnnt toʻrtinchi-beshinchi yoshini anglatuvchi davr. Ipak qurti D. si havoning haro-rati 23—24° va nisbiy namligi 65— 70% boʻlganda 8—9 kunga choʻziladi. Har quti urugʻdan chiqqan qurtlar bu davrda 60—70 m2 joyni egallaydi. Kichik va katta D.lar boʻladi. Kichik D. ipak qurtlarining toʻrtinchi yoshga oʻtgan davri boʻlib, bunda pilla oʻraguncha beriladigan bargning 17% ini yeydi, ogʻirligi 5,5 marta, hajmi 3—4 marta ortadi. Katta D. ipak qurtlarining be-shinchi yoshga oʻtgan davri boʻlib, bunda ular beriladigan bargning 75% ini yeydi, ogʻirligi 4—5 marta, hajmi 2,5— 3 marta ortadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |