Dahandam
Dahandam, pudagich (fors.) — puflab dam beradigan naysimon asbob. Ikki xil boʻladi: 1) toʻgʻri D. bilan koʻra (oʻchoq) alangasi yirikroq bezak buyumlariga, minerallarga puflanadi; 2) egri D. bilan (bir tomoni qayrilgan boʻladi) nozik — koʻra alangasi eritib yuboradigan buyumlarga, mas, uzuk bandi, zirak kabilarga, minerallarning juda mayda kristallariga chiroq alangasi puflanadi (shuning uchun Qoʻqon, Margʻilonda chiroq dahandam deb ataladi). Issiqqa chidamli metalldan yasaladi. D.dan metall buyumlarni kavsharlashda, togʻ jinslari yoki minerallar tarkibini oʻrganishda foydalaniladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |