Dai Wai Tsun (1999-yil 25-iyulda tugʻilgan), Buyuk Britaniya va Gonkongda Tsun Day nomi bilan ham tanilgan. Gonkongda tugʻilgan xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasi klubi Shenzhen FC va Xitoy terma jamoasida oʻynaydi.

Dai Wai Tsun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dai Wai Tsun
Tavallud sanasi 25-iyul 1999-yil (1999-07-25) (24 yosh)
Tavallud joyi Gonkong
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shenzhen F.C.
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2009 Eastern
2009—2012 Kitchee
2012—2016 Reading
2016—2017 Bury
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 Bury 8 (0)
2018—2019 Oxford United 0 (0)
2019Jong FC Utrecht (Ijara) 12 (0)
2019—2020 Wolverhampton Wanderers 0 (0)
2020- Shenzhen F.C. 36 (4)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Gonkong U15
2018 Xitoy U20
2022- Xitoy 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar 2022-yil uchun)

Yoshlik yillari tahrir

Dai Gonkongda tugʻilgan va bir paytlar Gonkong yoshlar terma jamoasida oʻynagan otasi tomonidan futbol oʻynashga ilhomlantirilgan. U 4 yoshida sport bilan shugʻullana boshlagan va xalqaro futbolchi boʻlish imkoniyati uchun Easter’s yoshlar tizimiga qoʻshilgan. Keyinchalik Dai Gonkong Barselona futbol akademiyasiga qoʻshilgan va 2000-yilda tugʻilgan futbolchilar bilan mashgʻulot oʻtkazgan.

Futbolchilik faoliyati tahrir

Oxford United tahrir

Dai Oxford United bilan 2018-yilning 9-avgustida nomaʼlum toʻlov evaziga ikki yillik shartnoma imzolagan[1]. U bir yildan soʻng yana nomaʼlum toʻlov evaziga „Wolverhempton“ga sotilgan[2].

FC Utrecht tahrir

2019-yilning 30-yanvarida Dai mavsum oxirigacha „Utrecht“ klubiga ijaraga berilgan[3]. U mavsumning ikkinchi yarmida klub safida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. 

Wolverhampton Wanderers tahrir

2019-yil 10-iyulda Dai nomaʼlum toʻlov evaziga Premer-liganing „Wolverhampton Wanderers“ U-23 jamoasiga qoʻshilgan vaikki yillik shartnoma imzolagan[4]. U 2019-yil 13-avgust kuni 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Premer-liga 2-turida „Brayton“ga qarshi oʻyinda 87-daqiqada zahiradan maydonga tushib debyut qilgan.

Shenzhen FC tahrir

2020-yil 16-iyul kuni Wolverhampton Wanderers Dai Xitoy Superligasi vakili Shenchjen FCga oʻtishni eʼlon qilgan[5]. U 2020-yilgi CSLning dastlabki ikki oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2020-yil 29-avgust kuni Dai Guangzhou R&Fga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun birinchi golni urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2018-yilning sentyabr oyida Dai Gonkong terma jamoasiga chaqirilgan[6]. Dastlab u jarohati tufayli Gonkong terma jamoasiga chaqiruvdan bosh tortgani, keyinchalik u Amsterdamda Guus Xiddink boshchiligidagi Xitoyning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasiga mashgʻulot yigʻiniga chaqiruvni qabul qilgan[7]. Lagerdan ikki hafta oʻtgach, Gonkong murabbiyi Gary White yana bir bor Daini 2019-yilgi EAFF E-1 Futbol chempionati saralash bosqichi uchun dastlabki tarkibga kiritgan[8]. Xitoy Superligasidagi yaxshi oʻyinlardan soʻng, 2020-yil avgust oyida Shenzhen FC Daiga Xitoy fuqaroligini olish uchun ariza berishda yordam bera boshlagan va Daining oʻzi Xitoy terma jamoasiga chaqirilish istagi borligi haqida xabar bergan[9]. 2020-yil sentabrida u intervyuda „Agar menda Xitoy terma jamoasi vakili boʻlish imkoni boʻlsa, men juda hursand boʻlardim“ deb taʼkidlagan[10][11].

2022-yilning 27-yanvarida Dai Xitoy terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi JCh- 2022 saralashida 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bury 2017-18 EFL birinchi ligasi 8 0 0 0 1 0 2 1 11 1
Oxford United 2018-19 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Utrecht (ijara) 2018-19 Erste divizioni 12 0 12 0
Wolverhempton U-23 2019-20 PL 2, 1-divizion 5 0 5 0
Wolverhempton U-21 2019-20 PL PDL, Milliy divizion 0 0 2 1 2 1
Shenzhen FC 2020 Xitoy Superligasi 17 1 0 0 17 1
2021 19 3 4 0 23 3
Jami 36 4 4 0 40 4
Karyerada jami 61 4 4 0 1 0 0 0 4 2 70 6

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2022 4 0
Jami 4 0

Manbalar tahrir

  1. „Tsun Dai Joins The U's“. Oxford United F.C. (9-avgust 2018-yil). Qaraldi: 9-avgust 2018-yil.
  2. Edwards, Mark. „Oxford United midfielder Tsun Dai joins Wolverhampton Wanderers for undisclosed fee“. Oxford Mail (10-iyul 2019-yil). Qaraldi: 11-iyul 2019-yil.
  3. „Tsun Dai Joins Utrecht On Loan“. Oxford United F.C. (30-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2019-yil.
  4. „Tsun Dai completes Wolves move“. Wolverhampton Wanderers F.C. (10-iyul 2019-yil). Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  5. „Tsun Dai earns move to Shenzhen F.C.“. Wolverhampton Wanderers F.C. (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  6. „Tsun Dai Gets Hong Kong Call Up“. Oxford United F.C. (26-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2018-yil.
  7. Chan. „The mystery of Tsun Dai: Dropped by Hong Kong but training with China Under-21s?“. South China Morning Post. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  8. White. „Gary White names preliminary Hong Kong squad for crucial EAFF play-off against Taiwan, North Korea and Mongolia“. South China Morning Post. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
  9. [1][sayt ishlamaydi] 新浪新聞 2020-08-24
  10. 写给21岁的戴伟浚:父与子的守望 新浪微博 2020-09-04
  11. „正在辦理轉籍手續 戴偉浚:為中國上陣是榮幸“. 蘋果日報 (4-sentabr 2020-yil). 21-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.