Daika (ing . dike yoki duke — toʻsiq, tosh devor) — intruziv magmatik jism, parallel tekisliklar bilan chegaralanib, boʻshliqlardagi jinslar orasida yotadi. D. kupincha qattiqroq jinslardan tuzilganligi va atrofdagi jinslarning nurab yoki yuvilib ketishi natijasida joylarda devorga oʻxshab koʻtarilib qoladi. D. effuziv va intruziv jinslar yoki chuqur magma oʻchoklariga bogʻliqboʻlgan alohida mintaqalarni yuzaga keltiradi. D. bir markazdan chiqqan radial va halqa koʻrinishlarida ham boʻladi. Baʼzan D. noyob foydali qazilmalarni topishda belgi hisoblanadi. Chatqol-Qurama, Molguzar, Qizilqum yassi togʻlari va b. togʻlarda uchraydi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil