Daila Dameno
Daila Dameno (1968-yil 18-iyunda tugʻilgan)[1] – italiyalik para-kamonchi, para-togʻ changʻichi va para-suzuvchi. U 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida para-suzish, 2006 va 2010-yillardagi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida para-changʻi sporti boʻyicha Italiya shaʼnini himoya qilgan. Birinchi yili u ikkita medal, slalomda kumush va gigant slalomda bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].
Daila Dameno | ||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavallud sanasi |
18-iyun 1968-yil Milan, Lombardy, Italiya | |||||||||||||||||||||||||||||||
Sport | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Mamlakat | Italiya | |||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar | ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Hayoti
tahrirDameno avtohalokatdan keyin tetraplegik holatda qolib ketgan[1].
Sportdagi faoliyati
tahrirPara-suzish
tahrirDaila Dameno 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzish boʻyicha Italiya nomidan ishtirok etgan. U 200 metrga S5 erkin usulda suzish bahslarida 8-oʻrinni, 50 metr masofaga S5 va batterfly usulida 50 metr masofaga suzish bahssslarida 7-oʻrinni egallagan[3][4][5].
Para-togʻ changʻisi
tahrirDaila Dameno, shuningdek, 2006-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida para-changʻi sportida ham qatnashgan. Slalom poygasida u 1:49,53 natijani qayd etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan, shohsupada amerikalik Stephani Victor 1:48,54 natija bilan oltin va yaponiyalik Tatsuko Aoki 1:51,39 natija bilan bronza medaliga sazovor boʻlgan[6]. U gigant slalom poygasida 2:08,08 natija koʻrsatib uchinchi oʻrinni egallagan (Kuniko Obinata 2:05,03 va Lori Stivens 2:05,11)[7].
Para-kamon otish
tahrir2022-yilda Dameno qoʻshma kamon bilan otishni boshlagan va qisqa vaqt ichida ajoyib natijalarga erishgan. U 2022-yilda Lansianoda boʻlib oʻtgan birinchi Italiya chempionatida debyut qilgan. Daila Dameno ham saralash bosqichida, ham W1 toifasida Asia Pellizzari bilan boʻlgan bahslarda 2-oʻrinni egallagan. Faezda oʻtkazilgan Italiya yopiq inshootlardagi chempionatida u saralash bosqichida kumush medalni qoʻlga kiritgan va yopiq inshootlardagi bhahslar boʻyicha Italiya chempioni unvoniga sazovor boʻlgan. 2020-yil iyul oyida milliy terma jamoaga chaqiruv bilan u 2023-yilda Plzenda (Chexiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Pellizzari bilan juftlikda kumush medalni qoʻlga kiritgan, xitoylik raqiblari juftlik W1 toifasida yangi jahon rekordini oʻrnatgan[8]. 2024-yilda ham bir nechta musobaqalarda ishtirok etgan. Novarada u saralash bosqichida oltin, finalda esa Pellizzari bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Daila Dameno“. Italian Paralympic Committee. Qaraldi: 2024-yil 24-avgust.
- ↑ „Daila Dameno“. Paralympic. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Swimming - Women's 200 m Freestyle S5“. Athens 2004 Paralympic Games. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Swimming - Women's 50 m Freestyle S5“. Athens 2004 Paralympic Games. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Swimming - Women's 50 m Butterfly S5“. Athens 2004 Paralympic Games. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Alpine Skiing - Women's Slalom Sitting“. Torino 2006 Paralympic Winter Games. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Alpine Skiing - Women's Giant Slalom Sitting“. Torino 2006 Paralympic Winter Games. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Argento per Daila Dameno ai Mondiali di tiro con l’arco“. Prima la Valcamonica (2023-yil 24-iyul).
- ↑ World Para Archery