Dainis Kūla
Dainis Kūla (1959-yil 28-aprelda Latviya SSRning Tukums shahrida tugʻilgan) – latviyalik sobiq nayza uloqtiruvchi, faoliyati davomida Sovet Ittifoqi sharafini himoya qilgan. Kūla 1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida nayza uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgani bilan mashhur boʻlib, bunga erishgan (Jānis Lūsisdan keyin) ikkinchi latviyalik sportchi boʻlgan. Shuningdek, u jahon chempionati bronza medali sovrindori, uch karra Sovet Ittifoqi[1] va ikki karra universiada chempioni.
Dainis Kūla | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Latviya |
Tavallud sanasi |
28-aprel 1959-yil Tukums, Latviya SSR, SSSR |
Boʻyi | 1,98 m |
Vazni | 90 kg |
Sport | |
Mamlakat | Latviya |
Qaysi sport | Nayza uloqtirish |
1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari
tahrir1980-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarida Kūla 90,30 metrga va olimpiya oʻyinlariga qadar yana ham uzoqroq: 92,06 metrga nayza uloqtirgan. Aprel oyida nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini 96,72 metrga nayza uloqtirgan vengriyalik sportchi Ferenc Paragi oʻrnatgan.
Moskva Olimpiadasining saralash bosqichidan Kūla hech qanday qiyinchiliklarsiz oʻtgan. Ammo finalda oʻzining dastlabki ikki imkoniyatida ham xatoga yoʻl qoʻygan. Faqat oʻn ikki finalchidan sakkiztasigagina toʻliq olti marta nayza uloqtirishga ruxsat berilgan. Hammasi Kūlaning uchinchi urinishiga bogʻliq edi. Uchinchi urinishda uloqtirilgan nayza yon-atrofdagi xonadon hovlilaridan biriga borib tushgan. Musobaqa qoidalariga koʻra nayza belgilangan maydonga sanchilsagina urunish hisobga olinardi. Demak, bu urunish ham hisobga olinmasligi kerak edi[2]. Biroq, uy oldiga borgan hakamlar oq bayroq koʻtarib urunish hisobga olinganini tasdiqlashgan; bu 88.88 metrlik natija uni soʻnggi uch raundga olib chiqish uchun yetarli edi. Toʻrtinchi urunishda Kūla 91,20 metrga nayza uloqtiradi, bu esa musobaqada 90 metrdan oshgan yagona urunish boʻlib, unga olimpiya chempioni nomiga sazovor boʻlish imkonini berdi. Ikkinchi oʻrinni Aleksandr Makarov 89,64 metrlik natija bilan qoʻlga kiritgan. Sharqiy Germaniyalik Wolfgang Hanisch ikki Sovet ittifoqi vakilidan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi. Musobaqa boshlangunga qadar favorit hisoblangan Paragi 88,76 metrlik natija bilan saralash bosqichidan oʻtgan, lekin finalning birinchi uch raundi davomida faqat 79,52 metrga nayza uloqtirishga erishgan va oʻninchi oʻrinni egallagan.
Oʻsha paytlarda eski nayza dizaynidan foydalanilganligi sababli, nayzalar maydonga sanchilgan yoki sanchilmay qolgan, natijada hakamlar taxminiy qarorlar chiqarishga majbur boʻlishgan[3]. Kūlaning urunishi olimpiya oltinini keltirgani uchun mashhurlik darajasiga koʻtarilgan va bunga Sovet rasmiylari oʻz sportchilarini koʻklarga koʻtargani ham katta turtki boʻlgan. Finalda sodir boʻlgan jarayon haqida boshqa iddaolar ham bor edi. Iddaolar sovet sportchilari nayza uloqtirganda stadion darvozalari shamol kirishi va nayza uzoqqa uchishini taʼminlashi uchun ochilganligi va Kūlaning muhim uchinchi urinishi nafaqat notoʻgʻri baholangan, balki notoʻgʻri oʻlchanilganligi haqida boʻlgan. Biroq, bu bahslarning hech biri rasmiy eʼtirozlarga sabab boʻlmagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Soviet Championships“. Athletics Weekly.
- ↑ 2,0 2,1 Siukonen, Markku. Urheilutieto 5 (Finnish). Oy Scandia Kirjat Ab, 1980. ISBN 951-9466-20-7.
- ↑ Erich Bremicker. „Why did the senior javelin specification have to be changed?“. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-dekabr.