Dajbog — rus-slavyan mifologiyasida Quyosh va oʻt-olov maʼbudi, Svarog oʻgʻli (shundan D.ning boshqa ismi — Svarojich olingan). Rus yilnomalarida juda koʻp marta (birinchi marta 980 yilda, knyaz Vladimir Kiyevda maʼbudlarga, jumladan D.ga sajdagoxlar qurgan paytda) qayd etilgan. Yilnomaga koʻra D. qad. turkiylarning quyosh tangrisi Xorsu bilan aynan tenglashtirilgan. D.ning etimologiyasi toʻgʻrisida turli xil talqinlar mavjud. Baʼzi fikrlarga koʻra u gotlarning "dag" ("kun"), slavyanlarning "dojd" va "dajb" (yaʼni issiqlik va neʼmatlar beruvchi maʼbud) soʻzlaridan olingan.

F. Dadamuhamedov yasagan "Bozband" toʻplami (1993).

"Igor polki jangnomasi"da rus xalqi "D.ning nabirasi" deb nomlangan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil