Dala chumchugʻi (Passer montanus L.) — chumchuqsimonlar turkumi toʻqimachilar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 20—25 g . Boshqa chumchuqsimonlardan boshining ensa qismi qoʻngʻir, oq rangli chakkasida qoramtir dogʻlari hamda qanotlarida ikkitadan oqish yoʻli boʻlishi bilan farq qiladi. Yevrosiyoning deyarli hamma joyida tarqalgan. Asosan oʻtroq yashaydi, faqat arealining shim. qismidan qishda jan.roqqa koʻchadi. Butalar orasiga, bogʻlar va xiyobonlardagi daraxtlar tanasi yoki yerdagi yoriqlarga uya quradi, unga 4—8 ta (odatda 5—6 ta) oq yoki kulrang mayda qoramtir dogʻli tuxum qoʻyadi. D.ch. shim. hududlarda hasharotlar bilan oziqlanib birmuncha foyda keltiradi. Ammo dehqonchilik rivojlangan qududlarda pishib yetilgan donli ekinlar va mevalarni yeb katta ziyon yetkazadi. Soni koʻp boʻlgan joylarda D.ch.ga qarshi kurash olib boriladi.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil