Dala tajribasi
Dala tajribasi — dala sharoitida i.ch. sharoitlariga yaqinlashtirib oʻtkaziladigan eksperimental agronomik tadqiqot; ekin yetishtirishning barcha sharoitlarini hisobga olgan holda tajriba maydonida oʻtkaziladi. Bunday tajribalarda ekinlarni yetishtirishning u yoki bu omillari hamda usul-amallari va bu omillarning birgalikdagi taʼsiri chuqur oʻrganiladi. D.t.da ayrim omillarni batafsil oʻrganish aksariyat tadqiqotning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. D.t. agronomiya fani yutukdarini qishloq xoʻjaligi amaliyoti bilan mustahkam bogʻlaydi. D.t. uslubiyoti qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy darajasiga mos boʻlishi kerak. Chunki tajribaning ilmiy qimmati va i.ch. ga joriy etilishi shunga bogʻliq. D.t. da oʻsimliklar hosili miqdorini hisobga olish, tajribada oʻrganilayotgan sharoitlar yoki ekinlarga taʼsir koʻrsatish usullari bilan hosil miqdori va sifati oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanishi shart. Tajriba fenologik kuzatuvlar bilan birga olib boriladi.
D.t. qisqa muddatli, koʻp yillik va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Qisqa muddatli tajribalar 3 yildan 10 yilgacha, koʻp yillik tajribalar 10—15 yil, uzoq muddatli tajribalar 50 va undan ortiq yil davom etadi. Kup yillik va uzoq muddatli bir yoki koʻp omilli doimiy tajribalar ekinlarni yetishtirishda qoʻllaniladigan yangi texnologik usullarning tuproqdagi suv-fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlarga, tuproq unumdorligi, ekin hosili va uning sifatiga qanday taʼsir kursatishi va qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur oʻrganishga imkon beradi. Paykalning katta-kichikligi va takroriylik D.t.ning aniqligini belgilab beradigan muhim omillardir.
Sugʻoriladigan sharoitlarda agrotexnika tajribalari, odatda, kamida 4 marta takroriylikda oʻtkaziladi, maʼlumotlarni matematik tahlil qilishga imkon beradigan aniq natijalar olishga erishiladi (qarang Tajriba takroriyligi).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |