Dalyonsoy

ojikiston Respublikasi Oʻratepa tumanidagi soy

Dalyonsoy (yuqori oqimida Sarimsoqlisoy) — Tojikiston Respublikasi Oʻratepa tumanidagi soy. Sirdaryoning chap havzasidagi Kattasoyning oʻng irmogʻi. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridan oqib tushadigan 10 ga yaqin irmoqlari bor. Uzunligi 26 km. D. mavsumiy qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 150 l/sek. Yoz va kuzda koʻpincha qurib qoladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil