Damat Rustam Posho
Damat Rustam posho (turk tilida - Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 1500—1561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I Qonuniyning kuyovi.
Damat Rustam posho Damat Rüstem Paşa | ||
![]() | ||
| ||
---|---|---|
1544-yildan — 1553-yilgacha | ||
Monarx: | Sulaymon I | |
Oʻtmishdoshi: | Hadim Sulaymon posho | |
Vorisi: | Qora Ahmad posho | |
1555-yildan — 1561-yilgacha | ||
Monarx: | Sulaymon I | |
Oʻtmishdoshi: | Qora Ahmad posho | |
Vorisi: | Semiz Ali posho | |
Tavalludi: | 20-may 1500-yil Sarayevo | |
Vafoti: | 10-iyul 1561-yil (61 yoshda) Istanbul, Usmonlilar imperiyasi | |
Bolalari: | Qosim, Holid, Oysha Humoshoh Sulton | |
BiografiyasiTahrirlash
Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi[1][2][3]. Ammo baʼzi tarixchilar uni[4][5][6] Skradinalik xorvat deydilar[7], shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi[8][9]. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor[10]. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi[9]. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi.[11] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[12]. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.
KinodaTahrirlash
- Turkiyaning “Hurram Sulton (teleserial)” serialida Rustam posho rolini Serhat Narbantǒğlu ijro etgan.
- Turkiyaning “Muhtasham yuz yil” serialida Rustam posho rolini Özan Güven ijro etgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Christine Woodhead: Rüstem Pasha. In: Энциклопедия ислама.
- ↑ Ş. Altundağ, Ş. Turan İslâm Ansiklopedisi
- ↑ Topaloğlu, Aydın. Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi. Rüstem Paşa
- ↑ Lybyer, Albert Howe (1913). The government of the Ottoman empire in the time of Suleiman the Magnificent. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press. OCLC 1562148.
- ↑ Joseph von Hammer-Purgstall. Geschichte des Osmanischen Reiches 10 vols
- ↑ Ibrâhîm Peçevî. Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire
- ↑ John Van Antwerp Fine. When Ethnicity Did Not Matter in the Balkans. A Study of Identity in Pre-Nationalist Croatia, Dalmatia, and Slavonia in the Medieval and Early-Modern Periods. isbn=0-472-11414-X
- ↑ [1]
- ↑ 9,0 9,1 Erhan Afyoncu Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Rüstem Paşa. — Istanbul: TDV Yayınları, 2008. — Т. 35. — С. 288–290.
- ↑ Gülru Necipoğlu The Age of Sinan. Architectural Culture in the Ottoman Empire. — London: Reaktion Books, 2005. — С. 317.
- ↑ TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
- ↑ Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.