Sulton Sulaymon I (6 noyabr 1495-yil — 6 sentabr 1566-yil) — Usmoniylar imperiyasining 10-sultoni, 1495-yil 6 noyabrda Trabzon shahrida, sulton Salim I va Krim xoni Mengli Gireyning qizi Oysha Hafsa sulton oylasida tavallud topgan. 1520-yilda sulton Salim I vofotidan song, 26 yoshida imperiya taxtiga o'tiradi. Uning davrida Usmoniylar imperiyasi hududiy jihatdan oʻzining eng yuksak choʻqqisiga yetgan. 1521-yil Belgrad zabt etilgan, Moxach jangi (1526)dan soʻng Vengriyaning katta qismi, 30-yillarda Iroq, Rodos o. va Egey arxipelagining boshqa orollari, Tripolitaniya, Jazoir va boshqa xududlarni bosib olgan. C.I Q. Zakavkazyega egalik qilish uchun Eron bilan uzoq kurash olib borgan. Uning davrida maʼmuriy tuzilish va moliya ishlari, ayrim viloyatlarning mavqei, harbiylar tizimini tartibga solish, yer egaligi shakllari, axolidan olinadigan soliqlar va dehqonlarni yerga biriktirib qoʻyish haqida qonunnoma joriy etilgan. Masjid, saroy, qalʼalar va boshqa qurilishlarga katga eʼtibor bergan. Meʼmor Sinon qurgan binolar ayniqsa mashhur. S. I Q. Vengriyaga qilingan yurish chogʻida vafot etgan.

Sulaymon I
سليمانا اول‎

EmperorSuleiman.jpg
Usmoniylar imperiyasi sultoni Otasi : Selim Yovuz Onasi : Oysha Hafsa sulton Hotinlari :

  • Mukrime Hotun (1510-1522)
  • Fulane Hotun (1511-1521)
  • Gulfem Hotun (1513-1562)
  • Mohidavrom Sulton (1515-1560)
  • Hürram sulton (1521-1566)
Tavalludi 6-noyabr 1494-yil
Vafoti 6-sentyabr 1566-yil(1566-09-06)
(71 yoshda)
Sigetvar Usmoniylar imperiyasi
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Otasi Selim I
Onasi Hafsa Sultan

AdabiyotlarTahrirlash

Li.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963.