Damjan Krajišnik (Serbiya kirillchasi: Дамјан Крајишник; 1997-yil 29-aprel) – bosniyalik-serb futbolchisi, Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Damjan Krajišnik
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Damjan Krajišnik
Tavallud sanasi 29-aprel 1997-yil (1997-04-29) (26 yosh)
Tavallud joyi Bijeljina, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Toshkent
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Radnik Bijeljina
2012–2015 Partizan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Sarajevo 0 (0)
2016–2017 Podrinje Janja 28 (3)
2017–2018 Zvijezda 09 41 (15)
2019 Næstved 3 (0)
2020 Mladost Lučani 26 (2)
2021–2022 Metalac Gornji Milanovac 51 (8)
2022–2023 Radnički Kragujevac 33 (4)
2023– Železničar Pančevo 8 (0)
2024 Lokomotiv Toshkent
Milliy terma jamoa
15.11.2014. Serbia U19 football team 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 29-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 8-sentyabr uchun)

Klub faoliyati tahrir

Damjan Bosniya va Gersegovinaning Bijeljina shahrida tugʻilgan. Damjan mahalliy FK Radnik Bijeljina akademiyasida faoliyatini boshlagan. Damjan 2012-yilda qoʻshni davlat, Serbiyaning grand jamoasi FK Partizan akademiyasiga oʻtgan. 2017-yilda u ligadagi raqiblari, yuqori ambitsiyali FK Zvijezda 09 jamoasi bilan shartnoma imzoladi va ular bilan Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasiga 2018/2019-yilgi mavsumiga yoʻllanma oldi[1]. Mavsumning qishki tanaffus vaqtida u yana chet elga koʻchib oʻtish taklifini qabul qildi va bu safar Daniya 1-divizioni vakili Næstved Boldklub jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtgach, u sobiq Yugoslaviyaga qaytib keldi va Serbiya Superliga jamoasi FK Mladost Luchaniga qoʻshildi[2].

2021-yil 15-yanvarda Krajishnik boshqa liga klubi FK Metalac Gornji Milanovac jamoasiga oʻtdi[3]. 2024-yil 5-yanvarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan sharttnoma imzolagan[4][5].

Manbalar tahrir