Dang — 1) ogʻirlik oʻlchovi yoki pul birligi. Ulugʻbek akademiyasining namoyandalaridan Gʻiyosiddin Jamshid alKoshiy (Koshoniy) oʻzining "Arifmetika kaliti" asarida oʻrta asrlardagi Oʻrta Osiyo va Eron xalqlarining ogʻirlik oʻlchovi va pul birligi boʻlgan D., tassuj va ashoir atamalaridan kasr sonlarni ifodalashda foydalangan. Bunda dinorni 1 ga teng deb olinsa, D. 1/6 ga, tassuj 1/24 ga, ashoir 1/96 ga teng boʻlgan. Chunki bir D. oltin bilan oʻlchansa 1/6 dinorga, kumush bilan oʻlchansa 1/6 dirhamga va ixtiyoriy ogʻirlikdagi 1/6 misqolga teng. Tassuj D. bilan quyidagicha bogʻlangan: 1 tassuj 1/4 D. = 1/24 dinor, dirham yoki misqol. 1 ashoir 1/4 tassuj = 1/16 D.= 1/96 dinor, dirham yoki misqol; 2) rus tilidagi "denga" soʻzining oʻzagi shu "dang" dan olingan, dastlab u pul birligi boʻlib, 1/2 tiyin yoki 1/16 oltinni bildirgan. D. koʻpgina adabiyotlarda, mas, Mirzo Ulugʻbekning "Toʻrt ulus tarixi", B. Ahmedovning "Tarixdan saboqlar"ida dong koʻrinishida ham uchrab turadi.

Dang 1351-1356, Oltin O'rda, xon Jonibek.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil