Daniel Bachmann (talaffuzi: Daniyel Baxmenn) (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi. Daniel Bachmann „Watford“ futbol klubi va Avstriya milliy futbol terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Daniel Bachmann
Bachmann 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel Bachmann[1]
Tavallud sanasi 9-iyul 1994-yil (1994-07-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Wiener Neustadt, Avstriya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Watford
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2003 SV Winzendorf
2003—2004 SV Weikersdorf
2004—2006 Admira Wacker
2006—2007 Rapid Wien
2007—2009 Admira Wacker
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2017 Stoke City 0 (0)
2014—2015Wrexham (ijara) 15 (0)
2015Ross County (ijara) 1 (0)
2015—2016Bury (ijara) 8 (0)
2017 Watford 52 (0)
2018—2019Kilmarnock (ijara) 25 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010

Avstriyaning 16 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (0)
2010

Avstriyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2011

Avstriyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2012—2013

Avstriyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (0)
2015—2016

Avstriyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
16 (0)
2021 Avstriya milliy futbol terma jamoasi 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Daniel Bachmann oʻz faoliyatini 2011-yilda „Stoke City“ futbol klubida boshlagan. „Stoke“ klubidagi faoliyati davomida Daniel Bachmann „Wrexham“, Shotlandiyaning „Ross County“ va „Bury“ futbol klublariga ijaraga berilgan. Daniel Bachmann 2017-yilda „Watford“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan va 2018—2019-yilgi mavsumni „Kilmarnock“ futbol klubida ijara asosida oʻtkazgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Stoke City tahrir

Daniel Bachmann 2011-yilning yozida Avstriyaning „Wien“ futbol klubidan Angliyaning „Stoke City“ futbol klubiga oʻtgan edi. Daniel Bachmann „Stoke“ futbol klubining 18 va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi bilan oʻynadi va 2014-yil 5-avgustda „Wrexham“ futbol klubi jamoasiga ijara asosida qoʻshildi[2][3].

Daniel Bachmann 2015-yil iyul oyida Shotlandiya Premer-ligasining „Ross County“ futbol klubiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi[4]. Daniel Bachmann klub bilan ilk oʻyinini 2015-yilning 8-avgustida oʻtkazdi va jarohat olgan darvozabon Scott Fox oʻrniga „Hamilton Academical“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5]. 2015-yilning 28-oktyabrida Daniel Bachmann „Bury“ futbol klubi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[6].

Daniel Bachmann 2016-yilning iyul oyida „Stoke“ futbol klubi bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekdi[7]. Daniel Bachmann 2016—2017-yilgi mavsum oxirida „Stoke“ futbol klubini tark etdi[8].

Watford tahrir

2017-yilning 1-iyulida Daniel Bachmann „Watford“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9].

2018-yilning 8-avgustida Daniel Bachmann Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Kilmarnock“ futbol klubi jamoasiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[10].

2021-yilning 14-avgustida Daniel Bachmann Premer-ligadagi birinchi oʻyinini „Watford“ futbol klubi tarkibida „Aston Villa“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi va unda „Watford“ klubi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[11].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Daniel Bachmann Avstriyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda Avstriya sharafini himoya qilgan. Keyinchalik Daniel Bachmann Avstriyaning 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoalari tarkibiga chaqirilgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Stoke City 2014—2015 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2015—2016 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Wrexham (ijara) 2014—2015 Premer konferensiya 15 0 0 0 3 0 18 0
Ross County (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 1 0 2 0
Bury (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 8 0 2 0 0 0 10 0
Watford 2017—2018 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2019—2020 Angliya Premer-ligasi 0 0 2 0 0 0 2 0
2020—2021 Chempionat 23 0 1 0 2 0 26 0
2021—2022 Angliya Premer-ligasi 12 0 1 0 0 0 13 0
2022—2023 Chempionat 17 0 0 0 0 0 17 0
Jami 52 0 4 0 2 0 0 0 58 0
Kilmarnock (ijara) 2018—2019 Shotlandiya Premer-ligasi 25 0 2 0 1 0 28 0
Jami 101 0 8 0 4 0 3 0 116 0

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar soni
Avstriya 2021-yil 12 0
2022-yil 1 0
Jami 13 0

Manbalar tahrir

  1. „Squads for 2016/17 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2016-yil.
  2. „Goalkeeper Daniel Bachmann joins Wrexham“. Stoke Sentinel. 28-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  3. „Stoke's Daniel Bachmann extends Wrexham loan to season's end“. BBC Sport. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  4. „Ross County sign Daniel Bachmann and Jackson Irvine“. BBC Sport. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  5. „Ross County 2-0 Hamilton“. BBC Sport. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  6. „Daniel Bachmann: Stoke City keeper joins Bury on loan“. BBC Sport. Qaraldi: 28-oktabr 2015-yil.
  7. „New Deal Pleases Bachmann“. Stoke City. 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
  8. „Potters Submit Retained List“. Stoke City Official Site (26-may 2017-yil). 26-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2017-yil.
  9. „Official: Watford Bag Bachmann“. Watford (1-iyul 2017-yil). 8-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  10. „Daniel Bachmann joins Killie on season-long loan deal“. Kilmarnock (8-avgust 2018-yil). 2018-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2018-yil.
  11. Thomason. „Watford 3–2 Aston Villa“. bbc.co.uk (14-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
  12. „D. Bachmann“. besoccer.com. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.